1-mavzu: Xorijiy investitsiyalarning mazmun-mohiyati va tasniflanishi


Xorijiy investorlarga maslahat berish agentligi


Download 3.09 Mb.
bet52/108
Sana15.11.2023
Hajmi3.09 Mb.
#1776812
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   108
Bog'liq
xorijiy investitsiya maruza (2)

Xorijiy investorlarga maslahat berish agentligi — Umumjahon bankining bo’linmasi bo’lib, a’zo-mamlakatlar hukumatlarini xorijiy investitsiyalar masalalari bo’yicha konfidentsial maslahatlar bilan ta’minlash maqsadida tashkil etilgan tashkilotdir.
Xorijiy investitsiyalarni axborot bilan ta’minlash va ko’maklashish “O’zinfoinvest” agentligi — 2007 yilda tashkil etilgan bo’lib, maqsadi xorijiy ishbilarmon doiralarni respublikamizdagi mavjud investitsiya muhiti haqida atroflicha axborot bilan ta’minlash, ularga loyihalarni amalga oshirishda har tomonlama ko’maklashishdan iboratdir.
O’zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi — 2006 yilda tashkil etilgan bo’lib, maqsadi O’zbekiston iqtisodiyotining muhim, etakchi tarmoqlarini modernizatsiya qilish va texnik jihatdan qayta jihozlash bo’yicha investitsion loyihalarni amalga oshirishga ko’maklashishdir.
6-mavzu. Xalqaro moliya institutlari tomonidan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish

6.1. Investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda xalqaro moliya institutlarining o’rni.


6.2. Xalqaro Valyuta Fondining kreditlash shartlari. Umumjahon banki guruhining faoliyati.
6.3. Evropa tiklanish va taraqqiyot bankining O’zbekiston bilan hamkorligi.
6.4. Osiyo Taraqqiyot bankining investitsiya loyihalarini moliyalashtirishdagi o’ziga xos xususiyatlari.
6.5. Islom Taraqqiyot bankining investitsiya faoliyati.


6.1.Investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda xalqaro moliya institutlarining o’rni.

Jahon moliyaviy resurslar bozorini barqarorlashtirish va kapital harakatini rag’batlantirish maqsadida ko’p sonli moliya-kredit institutlari tashkil etilgan. Bular qatoriga Xalqaro valyuta fondi (XVF) Umumjahon banki, Evropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB), Islom taraqqiyot banki (ITB), Osiyo taraqqiyot banki (OTB) Xalqaro Xisob kitoblar banki (XHB) va boshqalarni kiritish mumkin.


Oxirgi o’n yilliklarda xalqaro moliya-kredit institutlari kredit operatsiya turlarini kengaytirish va jahon ssuda bozorlaridan qarz olish hajmini oshirish hisobidan kreditlash miqdorini ko’paytirmokdalar.
Xalqaro moliya tashkiloti xalqaro moliya sohasidagi davlatlararo (xalqaro) shartnomalar asosida tashkil etilgan, ikki yoki undan ortiq davlatlar va nodavlat tashkilotlari ishtirok etadigan tashkilot hisoblanadi.
Xalqaro moliya tashkiloti xalqaro moliya sohasidagi davlatlararo (xalqaro) shartnomalar asosida tashkil etilgan, ikkala davlat va nodavlat tashkilotlar ishtirok etadigan tashkilotdir.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning asosiy shakllarini tartibga soluvchi davlatlararo tashkilotlar tuzish g'oyasi jahon iqtisodiy inqirozi ta'siri ostida 1929-1933 yillar oralig'ida paydo bo'ldi. Xalqaro moliya tashkilotlarini tashkil etishdan maqsad, ishtirokchi mamlakatlarning moliyaviy resurslarini birlashtirish orqali jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishda dolzarb masalalarni hal qilish zarurati bo'ldi.
Xalqaro moliya tashkilotlari qatoriga quyidagilar kiradi:
1. Xalqaro valyuta jamg'armasi;
2. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki;
3. Osiyo taraqqiyot banki;
4. Islom taraqqiyot banki;
5. Xalqaro iqtisodiy hamkorlik banki;
6. Ko'p tomonlama investitsiyalarni kafolatlash agentligi;
7. Bank nazorati bo'yicha Bazel qo'mitasi;
8. Kredit va kafolatli sug'urtalash xalqaro assotsiatsiyasi va h.k.
Xalqaro moliya tashkilotlarining hozirgi bosqichdagi vazifalari hamkorlikni rivojlantirish, mamlakatlar va dunyoda murakkab vaziyatlarni barqarorlashtirish, shuningdek, jahon iqtisodiyotidagi qarama-qarshiliklarning kamaytirishdir.
Xalqaro pul-kredit tashkilotlarining vazifalari quyidagilardan iborat:
- jahon iqtisodiyotining rivojlanishining bugungi holatini, dinamikasini va omillarini tahlil qilish;
- jahon iqtisodiyotini tartibga solish, xalqaro savdoni rag'batlantirish;
- investitsiya faoliyati va xalqaro yordam dasturlarini moliyalashtirish;
- ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirish;
- hayriya tadbirlari.
O'zbekiston Respublikasi suveren va mustaqil davlat sifatida e'tirof etilgandan so’ng xalqaro tashkilotlar, millatlararo tinchlik va xavfsizlik tizimlari, shuningdek, davlatlararo tashkilotlarga qo'shilish huquqini amalga oshirdi.
Ko'plab xalqaro tashkilotlar - BMT, XVF, Jahon banki, Yevropa taraqqiyot va tiklanish banki, Evropa komissiyasi va boshqalar mamlakatimiz bilan faol hamkorlik, mamlakat uning mintaqaviy ofislari ochildi.
O'zbekiston Respublikasi uzoq muddatli va dolzarb ustuvor masalalar yuzasidan 37 dan ortiq xalqaro tashkilotlarning a'zo bo’lgan. Mazkur xalqaro tashkilotlar bilan O'zbekistonning uzoq muddatli sherikchilik qilishining asosiy maqsadi - O'zbekistonning barcha xo'jalik yurituvchi subyektlarining tashqi dunyo bilan o'zaro hamkorligini keng yo’lga qo’yish va rivojlantirishdir.
Aksariyat rivojlanayottan mamlakatlar uchun xalqaro moliya-kredit institutlari tomonidan berilayotgan kreditlar xususiy kapitalga nisbatan arzon kredit resurslari hisoblanadi. Jahon banki mutaxassislarining fikricha, xalqaro moliya-kredit institutlarining kreditlash tizimi va mexanizmini o’zgartirish zarur. Hozirgi vaqtda kreditlash asosiy resurslar va maxsus operatsiyalar fondlaridan amalga oshiriladi. Birinchi fond rivojlanayotgan mamlakatdagi nisbatan yuqori to’lov qobiliyatiga ega bo’lgan qarz oluvchiga yo’naltirilgan kreditlarga mo’ljallangan bank mablag’laridan tashkil topadi. Ushbu fonddan moliyalashtirishning sharti ko’proq bozor shartlariga yaqinlashtirilgan. Maxsus operatsiyalar fondidan esa kam rivojlangan mamlakatlarga imtiyozli shartlarda kreditlar ajratiladi.
A.Meltser rahbarlik qilgan xalqaro moliyaviy muassasalar bo’yicha Komissiya xulosasiga ko’ra, xalqaro kredit-moliya institutlari asosiy resurslar fondidan kreditlar ajratishni to’xtatishlari lozim. Shu bilan birga ular institutlar sifatida yo’qolib ketishlari kerak emas, balki kam taraqqiy etgan mamlakatlarga imtiyozli moliyalashtirish rejimlaridan foydalanib iqtisodiy yordam, grantlar ajratuvchi rivojlanish agentliklariga aylanishlari zarur. Natijada, XTTB va boshqa banklar dunyoda kambag’allikni kamaytirish maqsadlariga to’liq moslashadilar. Ammo kam daromadli mamlakatlar yagona qarz oluvchilar sifatida ushbu kreditlarga umid qilishlari mumkin. 2006 yidda 12 ta xalqaro moliya-kredit institutlarining kredit portfeli 107,8 mlrd. dollarni tashkil etgan. Bu esa nochor mamlakatlar uchun katta hajmdagi mablag’ sanaladi.
Xalqaro moliya-kredit institutlarining rivojlanish istiqbollari moliyalashtirilayotgan loyihalarning samaradorligiga bog’liq.

Download 3.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling