Mintaqaviy investitsion shartnoma — bir mintaqaviy guruhga kiruvchi mamlakatlar hukumatlari o’rtasida investitsiyalarni amalga oshirish xususida imzolanadigan maxsus shartnomadir.
Ko’p tomonlama investitsion shartnomalar — manfaatdor mamlakatlarning investitsion hamkorlikda qatnashishi va a’zolarni keng miqyosda qamrab olishini ko’zda tutuvchi shartnomadir.
Xalqaro investitsiya siyosati – xalqaro investitsiya oqimlari harakatini erkinlashtirishga qaratilgan xalqaro tartibga solish chora-tadbirlari tizimidir.
Xalqaro valyuta-moliya tashkilotlari — jahon valyuta tizimini rivojlantirish va mustahkamlash, jahon moliyaviy resurslar bozorini barqarorlashtirish va kapital aylanishini rag’batlantirish maqsadida tashkil etilgan tashkilotlar.
Investitsiyalarni kafolatlash bo’yicha xalqaro agentlik (IKXA) — 1988 yilda tashkil etilgan bo’lib, uning vazifasi xorijiy investorlarni notijorat xarakterdagi risklar bilan bog’liq yo’qotishlardan kafolatlash orqali a’zo-mamlakatlar iqtisodiyotini rivojlantirish maqsadida investitsiyalar oqimini oshirishga ko’maklashishdir.
Investitsion da’volarni tartibga solnsh bo’yicha xalqaro markaz (IDTSXM) — 1966 yilda tashkil topgan bo’lib, maqsadi xorijiy investitsiyalarni qabul qiluvchi a’zo-mamlakatlar hukumatlari, davlat organlari bilan xorijiy investorlar o’rtasida vujudga keluvchi kelishmovchiliklarni tartibga solish, kelishtirish, arbitraj sudlarida ishni ko’rib chiqish mexanizmlarini yaratish orqali xalqaro investitsiya faoliyatiga ko’maklashishdir.
Investitsion marketing xizmatlari departamenti (IMXD) — agentlikka a’zo bo’lgan rivojlanayotgan va o’tish mamlakatlari iqtisodiyotiga yo’naltirilayotgan to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni qo’llab-quvvatlaydi. IMXDning maqsadi — ri-vojlanayotgan mamlakatlarga iqtisodiy o’sishni rag’batlantirish va kambag’allikka qarshi kurashish uchun jalb etilayotgan to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalar oqimining barqarorligini ta’minlashga yordamlashishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |