1-mavzu: Xorijiy investitsiyalarning mazmun-mohiyati va tasniflanishi
Download 3.09 Mb.
|
xorijiy investitsiya maruza (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- TTX Ining salbiy ta’siri
Yuqori texnologiyalar - boshqaruv va marketing ko’nikmalarining kirib kelishiga ko’maklashadi;
Eksport bozorlarini o’zlashtirish imkoniyatlari kengayadi, chunki ko’pincha TMKdan tovarlarning bir mamlakatdan boshqa davlatlar bozoriga o’tishi kanallari sifatida foydalaniladi; TMK qabul qilayotgan mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan o’z filiallariga tegishli qaltisliklarni to’liq qoplaydilar. Agar filiallar operatsiyalari rentabelli bo’lmasa, daromadlar repartiatsiya qilinadi, demak, kapital qo’yilmalar olingan foyda hisobiga qoplanadi. TTXIning salbiy ta’siri: Mahalliy kompaniyalar tomonidan milliy ishlab chiqarish va rivojlanish strategiyasini tanlash nazoratining yo’qotilishi. Amalda ishlab chiqarishning alohida tarmoqlari ustidan nazorat xorijliklarga berib qo’yiladi, ular esa muayyan rivojlanish strategiyalariga ta’sir o’tkazadilar; TTXI kuchli raqobat asosida milliy kompaniyalarni siqib chiqarishlari mumkin; Agar filiallarning ishlab chiqarishi katta import hajmlarini talab qilsa, TTXI qabul qiluvchi iqtisodiyotning to’lov balansi holatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi (bunda ishlab chiqarish eksport bozorlariga emas, balki ichki bozorga qanchalik ko’p yo’naltirilgan bo’lsa, ushbu salbiy samara shunchalik kuchli bo’ladi). Uzoq muddatli istiqbolda TTXI qimmatga tushishi mumkin, chunki kiritilgan investitsiyalar muddati qanchalik uzoq bo’lsa, repartatsiyalangan daromadlar va “royalti” summalari shunchalik katta bo’ladi (“investitsiyalarning qarishi” yuz beradi, ya’ni olingan daromadlar shaklida kiritilgan kapital hajmi jalb qilingan TTXI hajmidan oshib ketadi). Xorijiy kapital qo’yilmalarining yana bir muhim shakli — portfelli investitsiyalar ham qabul qiluvchi iqtisodiyotga ziddiyatli ta’sir ko’rsatadi. Portfelli investitsiyalar ishlab chiqarishni moliyalashtirish shakli bo’lib, u yoki bu investor-firmaning xususiyatlari va tarmoq afzalliklarini aks ettirmaydi. Ularni xorijiy kompaniyalar va milliy firmalar amalga oshirishi mumkin. Ba’zan portfelli investitsiyalar milliy firmalarning raqobatbardoshligini oshiradi, chunki mavjud resurslar hajmini ko’paytiradi. Download 3.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling