1-mavzu: Xorijiy investitsiyalarning mazmun-mohiyati va tasniflanishi


Invsstitsiyalar natijasida texnologiyalarni uzatish samarasiii uchta turga ajratish mumkin


Download 3.09 Mb.
bet5/108
Sana15.11.2023
Hajmi3.09 Mb.
#1776812
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   108
Bog'liq
xorijiy investitsiya maruza (2)

Invsstitsiyalar natijasida texnologiyalarni uzatish samarasiii uchta turga ajratish mumkin:
Namoyishli va ko’rgazmali samara - milliy firmalar olib kirilgan yuqori texnologiyalarning texnik yutuqlarini nusxalash yo’li bilan joriy etishlari mumkin.
Ishchi kuchi kadrlarining qo’nimsizligi — tegishli transmilliy korporatsiyalar (TMK) doirasida o’z malakasini oshirayotgan ishchi va xizmatchilar mahalliy firmalarga axborot berishlari yoki o’z kompaniyalarini tashkil etishlari mumkin, bu esa yuqori texnologiyalarning tarqalishiga ko’maklashadi.
Xorijiy va milliy firmalar o’rtasida ishlab chiqarish hamda boshqa aloqalarning o’rnatilishi va kengaytirilishi, bu TMK tomonidan mahalliy tovarlar, xizmatlar, ishlab chiqarish quvvatlariga bo’lgan talabga bog’liq.
Umuman, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni va yuqori texnologiyalarni, boshqaruv ko’nikmalarini jalb qilish milliy firmalarning ishlab chiqarish usullariga muayyan o’zgarishlarni olib kiradi. Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va iqtisodiyotni modernizatsiyalash nuqtai nazaridan TTXI oqimini rag’batlantirish kerak, ularsiz yuqori texnologiyalarni uzatish ham bo’lmaydi. Texnologiyalarning o’zini sotib olish ko’pgina rivojlanayotgan mamlakatlar hamda o’tish iqtisodiyoti davlatlari uchun qimmatga tushadi va ko’pincha buning iloji ham bo’lmaydi. TTXI mahalliy firmalarda mavjud yuqori texnologiyalar paketini oshirishi mumkin. Yangi texnologiyalarni mahalliy sharoitlarda moslashtirish ham muhimdir.
Xorijiy investitsiyalar qabul qiluvchi mamlakatda mehnat unumdorligining o’sishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. So’ngti yillarda ushbu masala bo’yicha turli fikrlar paydo bo’lgan. Ayrim tadqiqotlar ko’rsatishicha, xorijiy investitsiyalar mahalliy firmalarning holatiga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. Xususan, mahalliy firmalar yirik kapital qo’yilmalarsiz ham mehnat unumdorligini oshirishga erishishlari mumkin, buning samarasi esa uzoq istiqbolda ko’rinadi.
Xorijiy investitsiyalar yuqori malakali ishchi kuchiga talabni oshiradi, aholi farovonligi darajasini ko’taradi, chunki TMKlar mahalliy firmalarga qaraganda yuqoriroq maosh to’laydi. Biroq shunga yarasha adolatsiz raqobat tufayli mahalliy firmalarning foydasi ham kamayadi. TMK oraliq mahsulotni ishlab chiqarishni rag’batlantiradi, chunki unga talabni yuzaga keltiradi. Mahalliy firmalar TMKlar tomonidan yaratilayotgan talabga asosan qo’shimcha ishlab chiqarish quvvatlarini yaratishga majburdirlar. Bu rivojlanish darajasi past mamlakatlarga ko’proq xos xususiyat bo’lib, ular o’z sanoat ishlab chiqarish quvvatlariga deyarli ega emas.
To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar oqimining qabul qiluvchi mamlakat iqtisodiyotiga ijobiy ta’siri bilan birga, uning salbiy samaralari ham mavjud.
Ulardan biri — ichki kapital qo’yilmalarning xorijiy investitsiyalar va mahalliy firmalarning yuqori raqobatbardoshlikka ega bo’lgan TMKlar tomonidan siqib chiqarilishi hisoblanadi. Biroq ushbu samara doimiy emas, chunki to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar mehnat unumdorligining ortishi hamda olib kirilgan yuqori texnologiyalardan tashqi samara hisobiga milliy firmalar ekspansiyasiga yordam berishi mumkin. Ma’lumotlar ko’rsatishicha, TTXIning netto oqimini kiritilgan har bir dollarga nisbatan o’sib borishi qabul qiluvchi mamlakat umumiy kapitalining bir dollardan ko’proq hajmda o’sishiga olib keladi (o’zgarishlar 1,5 — 2,3 marta doirasida). Shunday qilib, TTXI qabul qiluvchi mamlakat umumiy kapitalining o’sishi asosida iqtisodiy o’sishga ko’maklashadi.
TTXIning qabul qiluvchi mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishiga ta’sirini baholashning muhim masalalaridan biri xorijiy investitsiyalar oqimi hisobiga umumiy kapital fondlar hajmining ortishi bo’lib, bunda xorijiy investitsiyalarning jalb etilishi yangi kapital qo’yilmalarni rag’batlantiradi, ya’ni TTXI bo’lmaganida, ular ham bo’lmasdi. Bu samara xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hisobiga jamg’arilgan kapitalning ko’payishi nomini oldi. Bunga nisbatan teskari samara milliy investitsiyalarning xorijiy investitsiyalar tomonidan siqib chiqarilishidir.
Umuman olganda, TTXIning kapital jamg’arish darajasiga ta’siri turli mamlakatlardagi milliy iqtisodiy siyosat, xorijiy investitsiyalar shakllari, milliy kompaniyalarning raqobatbardoshligiga qarab turlicha bo’lishi mumkin.
Kapital qo’yilmalarning samaradorligini oshirish uchun qabul qiluvchi mamlakatlarda qator shart - sharoitlar mavjud bo’lishi kerak. Bu - ilgari qabul qiluvchi mamlakatda bo’lmagan va ichki yoki tashqi bozorlarda sotishga mo’ljallangan yangi tovarlar, xizmatlar, texnologiyalarning joriy etilishiga ko’maklashishdir. Bunday investitsiyalar mahalliy ishlab chiqaruvchilar faoliyat yuritayotgan tarmoqlarga kiritiladigan xorijiy kapitalga qaraganda ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Birinchi holda xorijiy investitsiyalar kapital fondlariga ijobiy ta’sir ko’rsatadi, chunki milliy ishlab chiqaruvchilar bunday tovarlar ishlab chiqarish yoki xizmatlarni ko’rsatish uchun tegishli bilim darajasiga, texnik jihozlarga va texnologiyalarga ega emas.
Agar investitsiyalar raqobatbardosh mahalliy kompaniyalar (yoki eksportga yo’naltirilgan kompaniyalar) faoliyat yuritadigan tarmoqlarga yo’naltirilsa, xorijiy investitsiyalarning kiritilishining o’zi TTXIlar paydo bo’lishidan oldin milliy ishlab chiqaruvchilar uchun ochiq bo’lgan investitsiya imkoniyatlarini chegaralishi mumkin.
Boshqacha qilib aytganda, bunday TTXIlarning ichki kapitalni qisqartirishi aniq ko’rinib turibdi, vaholanki, bu kapital mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan kelgusida kiritilishi mumkin edi. Bunday TTXIning umumiy kapital fondlardagi ulushi kiritilgan investitsiyalar hajmlariga qaraganda kamroq bo’ladi.
Shunday qilib, xorijiy investitsiyalarning tarmoq bo’yicha taqsimlanishi ancha tabaqalashgan. Agar xorijiy investitsiyalar qabul qiluvchi iqtisodiyotning rivojlanmagan tarmoqlariga kiritilsa, texnologik omillarga yoki xorijiy bozorlar haqida axborotning yo’qligiga bog’liq holda TTXI va ichki kapital qo’yilmalari o’zaro bir-birini to’ldiradi. Boshqa tomondan, tarmokda turli milliy firmalar faoliyat yuritayotgan bo’lsa, TTXI ichki kiritmalarni siqib chiqaradi. Mahalliy firmalar ilgari xorijiy TMK tomonidan berilgan yuqori texnologiyalardan foydalanish imkoniyatiga ega bo’lsa ham xuddi shunday holat yuz beradi.
Shunday qilib, TTXIning qabul qiluvchi mamlakat iqtisodiyotiga ijobiy ta’sirini quyidagi yo’nalishlarda aniqlash mumkin.
TMK tomonidan shu’ba kompaniyalar va filiallarning tashkil etilishi iqtisodiyotga kapital kiritmalar hajmining o’sishiga, mehnat unumdorligi va bandlik darajasining ortishiga ko’maklashadi;

Download 3.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling