1-mavzu: Xorijiy investitsiyalarning mazmun-mohiyati va tasniflanishi
Xalqaro kapital migratsiyasi: sabablari, omillari va ko’rsatkichlari
Download 3.09 Mb.
|
xorijiy investitsiya maruza (2)
1.3. Xalqaro kapital migratsiyasi: sabablari, omillari va ko’rsatkichlari
Xalqaro kapital migratsiyasi jahon xo’jaligini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega, chunki u mamlakatlarning tashqi iqtisodiy va siyosiy aloqalarining mustahkamlanishiga olib keladi, ularning tashqi savdo aylanmalarini oshiradi, iqtisodiy rivojlanishni jadallashtiradi, ishlab chiqarish hajmlarini ko’paytiradi, ishlab chiqarilayotgan tovarlarning jahon bozoridagi raqobatbardoshligini, importyor-mamlakatlar texnik salohiyatini o’stiradi va mamlakatdagi bandlikni oshiradi. Kapital migratsiyasining asosiy sabablari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: kapitalning foiz stavkasi bilan belgilanadigan turli chegaraviy unumdorligi; firmalarning o’z faoliyatini xalqaro diversifikatsiyalashga intilishlari; tovarlarni import qilishga xalal beradigan va xorijiy ta’minotchilarni bozorga kirishi uchun kapital olib kirishga undaydigan boj to’siqlarining mavjudligi; barqaror siyosiy vaziyat va umuman qulay investitsiya muhiti. Kapital migratsiyasi jarayonlariga quyidagi omillar ta’sir qiladi: ishlab chiqarishning rivojlanishi va iqtisodiy o’sish sur’atlarining barqaror saqlab turilishi; jahon iqtisodiyoti va alohida mamlakatlar iqtisodiyotida kuzatilayotgan chuqur tarkibiy o’zgarishlar; ishlab chiqarishning xalqaro ixtisoslashuvi va kooperatsiyasining chuqurlashuvi; jahon iqtisodiyotining transmilliylashishi; ishlab chiqarishning baynalmilallashuvi va integratsiyaviy jarayonlarning rivojlanishi; bozorlarning o’ta to’yinishi ishlab chiqarishni kengaytirish imkoniyatlarini cheklaydi; rivojlangan mamlakatlarga xos sotuvchilar o’rtasidagi keskin raqobat; milliy bozorning yirik moliya-sanoat guruhlari tomonidan monopollashtirilishi; harakatdagi texnologiyalarni takomillashtirish imkoniyatlarining qolmasligi; sanoati rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiy o’sish sur’atlarini, bandlik darajasini, ilg’or sanoat tarmoqlarining rivojlanishini saqlab turish uchun salmoqli miqdorda kapitallarni jalb qilishga yo’naltirilgan iqtisodiy siyosati; xalqaro tashkilotlar tomonidan xalqaro investitsiyaviy bo’shliqni erkinlashtirish siyosatining yuritilishi, investitsiyaviy sheriklikning universal me’yorlarini ishlab chiqish; mamlakatlar o’rtasida daromadlar va kapitalning ikki yoqlama soliqqa tortilishiga yo’l qo’ymaslik to’g’risida xalqaro kelishuvlar, ular savdo-sotiqning rivojlanishi va investitsiyalarning jalb qilinishiga ko’maklashadi. Xorijiy investitsiyalar jahon iqtisodiyotiga va uning yuragi hisoblangan xalqaro biznesga quyidagi tarzda jiddiy ta’sir ko’rsatadi: kapital ekspansiyasi xo’jalik hayotini baynalminallashtirish missiyasini bajaradi; kapital ekspansiyasi yangi texnologiyalar va “nou-xau”larni butun dunyoga tarqatib, jahon bozorlarining diversifikatsiyasini yanada chuqurlashtiradi, tegishlicha ishlab chiqarish hajmiga erishish jahon bozorining umumiy samaradorlik darajasini, uning raqobatbardoshligini oshiradi; kapital ekspansiyasi va uning jahon iqtisodiyotining daromadli o’sish nuqtalariga ko’chib o’tishi uzoq istiqbolda ishlab chiqarish shart-sharoitlarini tenglashtirish, milliy narxlarning jahon narxlariga yaqinlashishi, ish haqi va foiz stavkalarida milliy farqlarning yo’qolishi tendentsiyasini yuzaga keltiradi; o’zi uchun bevosita yoki uchinchi mamlakatlar bozorlariga chiqish uchun tramplin sifatida barqaror bozorni ta’minlash; xalqaro korporatsiyalarning turli mamlakatlarda o’z “ichki bozor”larini, u yoki bu tarmoqlarini yaratishi natijasida ishlab chiqarish kapitalning baynalminallashuvi jarayoni bilan to’ldiriladi; o’z manfaatlarini mintaqaviy va yanada yuqoriroq xalqaro darajadagi davlatlararo munosabatlarga kiritish; sherik mamlakatlarning ichki ishlari va davlatlararo munosabatlariga aralashmaslik, tenglik, o’zaro manfaatlarni hisobga olish, investitsiyalarni qabul qiluvchi mamlakatlar milliy an’analari va madaniy qadriyatlarini, mehnatkashlar huquqlarini hurmat qilish bo’yicha umum e’tirof etilgan tamoyillarga rioya qilgan holda xalqaro hamkorlikning muhim omili sifatida xalqaro investitsiyalarni e’tirof etish. Mamlakatning xalqaro kapital migratsiyasidagi ishtirok darajasi qator ko’rsatkichlarda ifodalanadi. Birinchi ko’rsatkichlarga quyidagi mutlaq ko’rsatkichlar kiradi: kapital eqsporti va importining hajmi, kapital eksporti-importi soni qoldig’i, mamlakatdagi xorijiy kapitalli korxonalar va ulardagi bandlar soni va h.k. Kapital eksporti-importi qoldig’idan kelib chiqib, jahon mamlakatlari kapital eksport qiladigan (Yaponiya, Shveytsariya), kapital import qiladigan (AQSh, Buyuk Britaniya) hamda eksport va import hajmi taxminan bir xil bo’lgan mamlakatlarga (Germaniya, Frantsiya) ajratishadi: Boshqa guruh ko’rsatkichlar nisbiy ko’rsatkichlar bo’lib, ular xalqaro kapital migratsiyasining markazlari va mamlakatning kapital importi-eksportiga bog’liqligini aks ettiradi: 1) kapital importi koeffitsienti - import qilingan xorijiy kapitalning mamlakat YaIMdagi ulushini ko’rsatadi: bu erda: IK — import qilingan xorijiy kapital hajmi; YaIM — yalpi ichki mahsulot. Evropa mamlakatlari o’rtasida bu koeffitsientning eng yuqori darajasi Belgiya va Lyuksemburgga tegishli hisoblanadi. 2) kapital eksporti koeffitsienti — eksport qilinadigan kapitalning YaIMdagi ulushini aks ettiradi: Bu erda: EK — eksport qilinadigan xorijiy kapital hajmi; YaIM — yalpi ichki mahsulot. Evropa mamlakatlarida ushbu ko’rsatkichning maksimal miqdori Niderlandiyada qayd etilgan. 3) xorijiy kapitalning mamlakat kapital qo’yilmalariga bo’lgan ichki ehtiyojidagi ulushini aks ettiruvchi kapital: Bu erda: Keh — ehtiyoj koeffitsienti; XK — xorijiy kapital; D(K) — mamlakatda kapitalga bo’lgan talab, AQShda barcha kapitalga bo’lgan ichki ehtiyojlarning 33 %i xorijiy kapital hisobiga qondiriladi. 4) boshqa nisbiy ko’rsatkichlar: xorijiy yoki qo’shma kompaniyalarning milliy ishlab chiqarishdagi ulushi, kapital eksporti/importining oldingi davrga nisbatan o’sish sur’atlari, mamlakat aholisi jon boshiga to’g’ri keladigan xorijiy investitsiyalar summasi. Download 3.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling