1-mavzu. Xufyona iqtisodiyotning nazariy va metodologik asoslari
Download 0.52 Mb.
|
1-mavzu. Xufyona iqtisodiyotning nazariy va metodologik asoslari-fayllar.org
menga, men - senga», yoki o‘zaro xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi kelishuvdir. Taqchil resursni olishning keng tarqalgan variantlaridan biriga ko‘ra, iste’molchi va yetkazib beruvchi vaqti vaqti bilan vazifalarini almashtirib turadi, ya’ni “bugun men po‘lat berib turaman, sen esa ertaga boltdan yordam qilib turasan”.
Har qanday o‘zaro munosabatning davlat nazorati ostida bo‘lishiga qaramay buyruqbozlik iqtisodiyoti doirasida qonunlar partiya manfaatlariga bo‘ysungan. Buning uchun rasmiy asos bo‘lmasa-da, partiya qarorlari de fakto qonun kuchiga ega bo‘lgan. Hatto e’lon qilingan de yure umumxalq mulkchilik shakli ham de fakto mulkchilik shakli bilan, xususan, byurokratik organlar - «idoralar» (vazirliklar va idoralar) mulki bo‘lgan. Byurokratiyaning bunday o‘zboshimchaligi oddiy fuqarolarning qonunga nisbatan munosabatiga aks ta’sir o‘tkazgan. Boshqacha aytganda, buyruqbozlik iqtisodiyotida iqtisodiy sub’ektlarning xatti-harakati qonunga tilda buysunish normasi sifatida tavsiflanadi50. S.Kordonskiy sovet iqtisodiyotidagi faoliyat darajalari va xufyona iqtisodiy faoliyat tarkibining tavsifini ishlab chiqqan (4.1.1-jadval). Sobiq SSSR dagi iqtisodiy makonning tarkibi. Umuman olganda “ikkinchi oq yoqalilar” xufyona iqtisodiyoti avj olgan tizimlardan biri, rejali iqtisodiyotning sovet tipidagi iqtisodiyotni yoppasiga hisob va nazorat tizimi to‘g‘risidagi tasavvurni hosil qilsada, bu tasavvur amaliyotga to‘liq mos kelmaydi. Rejali iqtisodiyotda davlat keng qamrovli rejalashtirish va bir markazdan barcha iqtisodiy jarayonlarni qat’iy rejalashtirish va limitlashtirishni amalga oshirishga intiladi. Amaldagi ho‘jalik mexanizmi ko‘plab norasmiy komponentlarning mavjud bo‘lishini taqazo etadi. Unga quyidagilar kiradi: norasmiy an’analar iqtisodiyoti - bu normativ xujjatlarda qayd etilmagan, hammaga amaliyotda yaxshi ma’lum bo‘lgan, umum qabul qilingan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zaro munosabatlar (korxona rahbarlarining shaxsan kelishuvi asosida fondlashtirilgan materiallarni norasmiy tarzda ayirboshlash, «shabashniklarga» va xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlariga norasmiy qo‘shimcha xaq to‘lashni misol sifatida keltirish mumkin); qo‘shib yozishlar iqtisodiyoti (fiktiv iqtisodiyot) quyi bo‘linmalarning nazorat qiluvchi tashkilotlarga iqtisodiy axborotlarni buzib taqdim etishi (ishlab chiqarilgan mahsulotlarning miqdori va sifatini oshirib ko‘rsatish, resurslarni yashirish); shaxsiy suist’emol iqtisodiyoti (poraxo‘rlik iqtisodiyoti) - kamyob resurslarni (ishlab chiqarilgan xomashyolar, ish o‘rinlar, uy- joy va h.k.) qayta taqsimlashga mas’ul shaxslar korrupsiyasi (qarang :4.1.1 -rasm). 1970-1980-yillarda «sotsialistik» mamlakatlardagi “ikkinchi” chuqur va keng rivojlandi. Xufyona iqtisodiyot umum miqyosga chiqdi. Amalda barcha korxonalar u yoki bu darajada noqonuniy faoliyat bilan shug‘ullangan. G‘arb sovetologlari SSSR iqtisodiyoti aralash iqtisodiyotning o‘ziga xos modifikatsiyasi-total rejalashtirilgan iqtisodiy shirmasida xufyona bozor munosabaatlari yashiringan, degan xulosaga kelganlar. Bu xufyona iqtisodiy munosabatlar markazlashtirilgan nazoratga antiteza, islohotlarga to‘sqinlik qiluvchi, uni bo‘g‘uvchi klapan, bozor surrogati hisoblanadi. rasm. Sobiq Sovet Ittifoqidagi xufyona iqtisodiyot komponentlari Bu xufyona iqtisodiy munosabatlar markazlashtirilgan nazoratga antiteza, islohotlarga to‘sqinlik qiluvchi, uni bo‘g‘uvchi “klapan”, bozor surrogati hisoblanadi. V. Nayshul, o‘z kuzatishlarini umumlashtirib, “Brejnev” davrini byurokratik bozor deb nomlagan. Chunki, bu davrda nafaqat kamyob tovarlar, balki korxonalar uchun tuzatilgan reja, mansab-lavozimlar, mukofotlar, unvonlar, horijiy komandirovkalar va boshqalar ham tovarga aylangan. Bu sovet totalitarizmi rejimini rad etadigan bir qator tushunchalarni keltirib chiqardi. "Sotsializm" tizimi ostida xufyona iqtisodiy faoliyatining umumiyligini (Sovet Ittifoqi buni kamroq noqonuniy deb bilgan) kashf etib, G‘arb sovetolog olimlari shunday xulosaga kelishdi. Sobiq Sovet Sotsialistik respublikalari misolida Slovakiya respublikasi tahlil qilingan va ushbu mamlakat iqtisodiyoti allaqachon yashirin ko‘rinishga kelgan, yashirin xufyona bozor munosabatlarini yashirishning keng qamrovli rejasi ostida aralash iqtisodiyotning boshqacha uslubini paydo qilgan degan xulosaga kelishgan edi. Ushbu iqtisodiy munosabatlar nafaqat markazlashtirishning antitesi, balki islohotchining, bozor o‘rnini bosadigan, yashirin harakati bosimi ostidagi o‘ziga xos shart bo‘lishi mumkin. Ushbu umumiy kuzatishlar to‘g‘risida rus eko-iqtisodchisi V. Nayshul “Brejnev” davrida tovarlar kam yoki kam bo‘lgan "byurokratik bozor" to‘g‘risida xulosa chiqaradi. «Brejnevizm» nafaqat byurokratik bozor, shu bilan birga “Klan sotsializmi” deb ham nomlangan bo‘lib, u shaxsiy sadoqatga, yaqinlikka, bog‘liqlikka asoslangan. Sovet xufyona iqtisodiyoti ma’muriy-qo‘mondonlik tizimi tamoyili asosida amal qilgan. Bu yondoshuv tarafdorlari sovet tizimidan keyingi Rossiyada “klanli sotsializm” “klanli kapitalizm” ga transformatsiyalashdi deb hisoblaydilar. Buning oqibatida biznesni tashkil etish jarayonida tijoriy iqtisodiy huquqbuzarlik keng tarqaldi (masalan, soliqlarni yig‘ib olmaslik ba’zi baholashlarga ko‘ra 40%ga yetgan). Davlat huquqlarining buzilishi - daromadlarni soliqdan yashirish, ekologik qonunchilikni buzish kabilar. Bozor xo‘jaligining tijorat sohasida xufyona iqtisodiy faoliyatning “oq yoqali” shakllari 1949 yilda amerikalik kriminolog Edvin Saterlend “oq yoqalilar orasida jinoyatchilik” konsepsiyasini shakllantirgan edi. Ushbu konsepsiyaga binoan xufyona, qonunchilikka qarshi faoliyat “yirik biznes” kundalik amaliyotining ajralmas tarkibiy qismidir. Saterlend AQShdagi 70 ta yirik nomoliyaviy korporatsiyalarni iqtisodiy qonunchilikni buzish aylovi bo‘yicha sud jarayonlari statistikasini tahlil qilib, quyidagi xulosaga keldi: sud tomonidan jami 980 ta ayblov hukmi chiqarilgan bo‘lib (shu jumladan, savdo erkinligini buzganlikda ayblash bo‘yicha - 307 ta, majburiyatlarni buzganlikda ayblash bo‘yicha - 222 ta, mehnat qonunchiligini buzganlikda ayblash bo‘yicha - 158 ta), o‘rtacha har bir korporatsiyaga 14 tadan hukm to‘g‘ri keladi52. Shunday ekan, yirik firmalarni “ideal jinoyatchi” sifatida tasavvur qilish mumkin: ular ataylab, uyushgan va tizimli ravishda (retsidivistlar kabi) keng miqyosda huquqiy me’yorlarni buzishadi, lekin bu ularni tadbirkorlik olamida o‘z o‘rnini saqlashga xalal bermaydi. Rivojlangan mamlakatlarda biznesning soyadagi jihatlari yanada chuqurroq tahlil qilinishi natijasida jinoyatchilik va qonunchilikka asoslangan faoliyat o‘rtasidagi chegara muntazam ravishda qalqib turishi aniqlandi. Iqtisodiy jinoyatning quyidagi asosiy turlari mavjud (qarang: 4.2.1-rasm). rasm. Iqtisodiy jinoyatning asosiy turlari Raqobat qoidalarini buzish - tijorat borasidagi poralar, monopoliyaga qarshi qonunchilikni buzish, sanoat sohasidagi josuslik. Narx belgilashni kelishib olish bo‘yicha (til biriktirish). Konunlarga murojaat qilinadigan bo‘lsa, ularda narxni muqim qilish g‘ayriqonuniy ekanligi ta’kidlangan. Narx tizimi bo‘yicha barcha nayrangbozliklar qonunlar bilan qat’iy taqiqlangan. Ammo, raqiblar o‘rtasida narxni muqim qilish bo‘yicha kelishuvlar jinoyat hisoblanadi. Beixtiyor bir xil narxlar ham belgilangan bo‘lishi mumkin va bu yerda qonun buzilmagan bo‘ladi. Qoidaga muvofiq narxni muqim qilish (agar ular qonuniy foyda olishga qaratilgan bo‘lsa) bo‘yicha kombinatsiyalar jinoiy javobgarlikka tortish uchun asos bo‘la oladi. Har qanday holda ham narxning birligi sun’iy yuzaga keltirilgan deb hisoblanadi. Narx bo‘yicha kelishuvlarning isboti bo‘lib, odatda raqobatchilarning uchrashuvlari, narx ro‘yxatlari hamda boshqa hujjatlarning mavjudligi va bu hujjatlarni bir-biriga taqdim etishlari xizmat qiladi. Narxlarni muqim qilish bo‘yicha operatsiyalarning maqsadi - u yoki bu tovarni sotish bilan shug‘ullanuvchilar o‘rtasidagi raqobatni yo‘qotishdir. Raqobatlashayotgan firmalar tovarlarni kelishgan narxda sotishga ahd qiladilar. Bunday kelishilgan narxlar, odatda, raqobat kurashi sharoitidagidan yuqori bo‘ladi. Narxni muqim qilishning yana bir keng tarqalgan ko‘rinishi - bu ularni sun’iy pasaytirish yoki ko‘tarishdir. Bunday holatda raqib kompaniyalar o‘zaro nima bilan savdo qilish va qaysi narxda mahsulotni sotishni kelishib oladilar. Mustaqil faoliyat yurituvchi tadbirkorlar, iste’molchilarning manfaatlariga zid bo‘lsa ham, albatta, qonunlar doirasida narxlarni o‘zlariga foyda keltiradigan miqdorda belgilashlari mumkin. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling