1-mavzu. Xufyona iqtisodiyotning nazariy va metodologik asoslari
Download 0.98 Mb.
|
ma\'ruza matni xufiyona iqtisodiyot lotin
B.X.Umrzoqovning so‘zlariga ko‘ra, bu boradagi ishlar 2019 yilning aprel oyida boshlangan. Har bir norasmiy fuqaro ishlayotgan korxona, muassasa, tashkilotlarga ogohlantirish berilgan. 2019 yil 1 sentyabriga qadar ana shu toifadagi insonlarni rasmiylashtirish, rasmiy jihatdan to‘lovlarni belgilash masalasi qo‘yilgan. 2019 yili qisqa muddatda 480 ming kishini norasmiydan rasmiyga o‘tkazildi. Norasmiy band bo‘lgan aholini rasmiy bandga o‘tkazish tezlik bilan hal bo‘ladigan masala emas. Buni 3-4 yilda, ko‘rsatkichlarni asta- sekin oshirgan holda amalga oshirish mumkin. Shu boisdan 2020 yilda taxminan 550 ming, keyingi 2021 yili 1 millionga yaqin kishini [rasmiy sektorga] o‘tkazish tadbirlarini belgilab qo‘yilgan. Bundan ko‘rinib turibdiki, norasmiy sektorda ish bilan band bo‘lgan kishilarni rasmiy sektorga o‘tkazish chora-tadbirlarini amalga oshirish asosida xufyona iqtisodiyot ko‘lamini kamaytirishga erishiladi. Xufyona iqtisodiyot ko‘lamlarining kattaligi unga qarshi kurash masalalarining naqadar dolzarb ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.
Nazorat savollari: Xufyona iqtisodiyot miqyosini o‘lchash nima uchun kerak? Xufyona iqtisodiyot miqyosini o‘lchash usullari qanday guruhlardan iborat? Xufyona iqtisodiyotni o‘lchashning mikrousullarini tushuntirib bering. Xufyona iqtisodiyotni o‘lchashning mikrousullariga qanday usullar kiradi? Xufyona iqtisodiyotni o‘lchashning makrousullarini tushuntirib bering? Xufyona iqtisodiyotni o‘lchashning makrousullariga qanday usullar kiradi? Xufyona iqtisodiyotni baholashning turli usullarini taqqoslang. Xufyona iqtisodiyot miqyoslarini ko‘rsatib bering. Nima uchun rivojlangan mamlakatlarda xufyona iqtisodiyot miqyoslari rivojlanayotgan va o‘tish iqtisodiyoti mamlakatlariga qaraganda kamroq? O‘zbekistonda xufyona iqtisodiyot miqyoslari to‘g‘risida qanday ma’lumotlarga egasiz? Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling