1-mavzu. Xufyona iqtisodiyotning nazariy va metodologik asoslari


-mavzu. “Ikknnchi” xufyona iqtisodiyotning umumiy tavsifi


Download 0.98 Mb.
bet14/42
Sana04.02.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1163578
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   42
Bog'liq
ma\'ruza matni xufiyona iqtisodiyot lotin

5-mavzu. “Ikknnchi” xufyona iqtisodiyotning umumiy tavsifi.
Xufyona iqtisodiyotning “ok yokali" shaklining umumiy tavsifi. Ma’muriy-boshqaruv iqtisodiyoti sharoitida davlat sektorida xufyona iqtisodiyotning “ok yokali” shakli. Sovet iqtisodiyotining aralash iqtisodiyot ekanligi. “Brejnevizm” xususiyatlari. Bozor xo‘jaligining tijorat soxasida xufyona iqtisodiy faoliyatning “ok yokali” shakllari. O‘zbekistonda xufyona iqtisodiy faoliyatning “ok yokali” shakli va unga qarshi kurash usullari


“Ikkinchi” yashirin iqtisodiyot qonuniy iqtisodiy faoliyatning teskari ko‘rinishi sifatida namoyon bo‘ladi. Ushbu yashirin munosabatlarning asosiy sub’ektlari xo‘jalik rahbarlari bo‘lsada, oddiy fuqarolar ham ularning ishtirokchilari bo‘lishi mumkin. "Oq yoqali" ("ikkinchi") xufyona iqtisodiyoti - "oq" iqtisodiyot xodimlarining ish joylarida yashirin va taqiqlangan iqtisodiy faoliyati bo‘lib, bu qonun tomonidan taqiqlangan, ilgari yaratilgan milliy daromadlarni yashirin ravishda qayta taqsimlashga olib keladi. Asosan bunday ishlarni yuqori martabali xodimlardan ("oq yoqali mansabdorlar") "hurmatli odamlar" olib borishadi, shuning uchun bunday xufyona iqtisodiyoti "oq yoqalar" deb ham ataladi. Xozirgi zamon iqtisodiyotida “ikkinchi oq yoqalilar” xufyona iqtisodiyoti dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida mavjuddir.
Sobiq sotsialistik tuzum sharoitida buyruqbozlik iqtisodiyoti shakllangan bo‘lib, unda ham “ikkinchi oq yoqalilar” xufyona iqtisodiyoti keng miqyosda mavjud bo‘lgan. Sobiq Sovet ittifoqida buyruqbozlik-rejali iqtisodiyoti sharoitida davlat sektoridagi “oq yoqalilar” xufyona iqtisodiy faoliyatining vujudga kelishi va rivojlanishiga quyidagi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar sabab bo‘lgan:

  • markazlashgan rejali iqtisodiyotning tovar va xizmatlarning defitsitligi (taqchilligi) bilan tavsiflanishi. Kishilar tovar va xizmatlar taqchilligi sharoitida o‘z ehtiyojlarini qondirish va qo‘shimcha daromad olish maqsadida noqonuniy faoliyat bilan shug‘ullanishga majbur bo‘lganlar;

  • ishlab chiqarish vositalariga ijtimoiy mulkchilikning mavjudligi natijasida mulk kishilardan begonalashtirilganligi hamda egasiz mulkka aylanganligi. Buning natijasida kishilarda unumli mehnatga rag‘bati susaygan va turmush darajasi erkin bozor munosabatlari rivojlangan mamlakatlardagiga nisbatan ancha past darajada bo‘lgan. Sobiq buyruqbozlik iqtisodiyoti sharoitida kishilarda egasiz mulkni va xo‘jalik sub’ektlaridagi resurslarni va ularda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni ishlab chiqarilgan noqonuniy o‘zlashtirish, tashmachilik yo‘li bilan o‘z moddiy ehtiyojlarini qondirish maqsadida foydalanishga intilish kuchaygan;

  • erkin tadbirkorlik faoliyatining jamiyat uchun yot faoliyat sifatida tugatilganligi hamda unga yo‘l qo‘ymaslik. Buning natijasida kishilar o‘zlarining tadbirkorlik qobiliyatlarini xufyona iqtisodiy faoliyat sohalarida namoyon qilganlar.

Xufyona iqtisodiyot sovet xo‘jalik tizimida uni to‘ldiruvchi hamda muhim iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarni bajaruvchi sektorga aylangan. Uning iqtisodiy vazifasi rasmiy sovet iqtisodiyoti faoliyatidagi kamchiliklarni, ya’ni tovar va xizmatlardagi kamyoblikni ma’lum darajada yumshatishga xizmat qilgan. Xufyona iqtisodiy faoliyat natijasida kishilar qo‘shimcha daromad olish imkoniyatiga ega bo‘lishi va o‘z moddiy ehtiyojlarini qondirish imkoniyalarini ma’lum darajada kengaytirishga erishganlar. Bu uning ijtimoiy vazifasi bo‘lgan.
Buyruqbozlik-rejali iqtisodiyoti sharoitida kishilar faoliyatlarining normalar tizimi surunkali taqchillik, ya’ni resurslarning yetishmasligini o‘zida namoyon etadi. Taqchillikning ma’lum darajada barqarorlashuvi hamda iqtisodiy agentlar ushbu darajaga moslashuvi tizimda normal taqchillik holatini yuzaga keltiradi. Bunda buyruqbozlik iqtisodiyoti uchun xos bo‘lgan taqchil tovar va xizmatlar uchun navbatning normal uzunligi, resurslar va tayyor mahsulotlarning normal zahiralari va hokazolar tushuniladi. Boshqacha aytganda, nafaqat Valras bo‘yicha umumiy muvozanat iqtisodiy tizimning barqaror holati bilan cheklaniladi, balki tizim hatto muvozanatsiz holatda ham barqarorlashishi mumkinligi namoyon bo‘ladi.
Buyruqbozlik iqtisodiyotining normal holatlari uchun zarur bo‘lgan normalardan biri oddiy utilitarizm hisoblanadi. Bunda individ tomonidan o‘z foydaliligini oshirilishi o‘ziga xos ravishda namoyon bo‘ladi. Ya’ni, oddiy utilitarizm - individning samarali faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan holda o‘z foydaliligini oshirishga intilishidir.
Individ iste’mol madaniyatidagi oddiy utilitarizm “kvartira - mashina - dala hovli” uchligida aks etadi. Individda bunday idealning tarqalishi va qulay hayot sharoitlarini ta’minlashga intilish sho‘rolar (sovetlar) jamiyati namunasida XX asrning 70-80-yillardagi o‘ziga xos shaklga ega tendensiyalar bilan tavsiflanadi. Bunda iste’molning ma’lum darajasiga erishish uchun noyob (taqchil) resurslardan foydalanish imkoniyati samarali mehnat bo‘yicha emas, balki ma’lum kasb toifasidagi xodimlar (savdo sohasi, byurokratik apparat, temir yo‘l va havo yo‘li transporti xodimlari, chet elga chiqish imkoniyatidagilar) o‘rtasida bo‘lingan edi.
Buyruqbozlik iqtisodiyoti normalari tizimining ikkinchi unsuri to‘liqsiz ratsional faoliyat bilan izohlanadi. Bunda, birinchi navbatda axborotning cheklanganligi va to‘liqsizligi bilan shartlangan to‘liqsiz ratsionallik tushuniladi. Iqtisodiy agentlar erkin shakllanmagan narx va taqchil resurslar sharoitida narxlardagi mavjud axborotni narxga taalluqli bo‘lmagan - zahiralar hajmi, navbatlarning uzunligi va hokazolar haqidagi ma’lumotlar bilan to‘ldiradilar.
Ishonch normasi ikkita shaklda davlatga ishonch sifatida va bir birini yaxshi bilgan shaxslar doirasi bilan cheklangan mikrodarajadagi ishonch sifatida mavjud bo‘ladi. Bu norma ham uy xo‘jaligida, ham korxonada amal qiladi. Uy xo‘jaligining ijtimoiy va iqtisodiy hayotida og‘irlik markazining oila-qarindoshchilik tarkibiga, do‘stlar va tanish-bilishlarga ko‘chiriladi. Korxonalar xatti- harakatini ham huddi shunday ta’riflash mumkin. Ulardan har biri barqaror sherikchilik doirasiga ega bo‘lib, bunda ushbu korxonalar rahbarlari o‘rtasida shaxsiy darajada ishonchli munosabatlar yo‘lga qo‘yiladi. Ya’ni, direktorlar o‘rtasida o‘zaro yordam va o‘zaro ishonch tamoyillari asosiga qurilgan korporativ munosabatlar shakllanadi.
Buyruqbozlik iqtisodiyotining navbatdagi bazaviy normasi «sen
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling