1-mavzu. Xufyona iqtisodiyotning nazariy va metodologik asoslari


Qonuniy jahon xo‘jaligi institutlari


Download 0.98 Mb.
bet38/42
Sana04.02.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1163578
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
Bog'liq
ma\'ruza matni xufiyona iqtisodiyot lotin

Qonuniy jahon xo‘jaligi institutlari

Jinoiy jahon xo‘jaligi institutlari

jahon xo‘jaligining asosiy sub’ekti bo‘lib transmilliy korporatsiyalar va mamlakat hukumatlari hisoblanadi

asosiy sub’ekt kelib chiqishi milliy, lekin faoliyat miqyosi bo‘yicha transmilliy xalqaro jinoiy guruhlar (italiya mafiyasi, kolumbiya narkokartellari, xitoy triadalari va boshq.) hisoblanadi

internatsiyalashuv hududiy bloklarni (G‘arbiy Yevropada YeI, Shimoliy Amerikada

milliy jinoiy guruhlarni kooperatsiyasi natijasi Janubi- Sharqiy Osiyodagi “Oltin

  1. kokain - koka bargidan olinadigan, og‘riqni qoldiradigan modda, alkoloid

  2. geroin - kuchli narkotik modda, dori

  3. Mualliflar tomonidan tuzilgan.


uchburchak” yoki Lotin Amerikasidagi “And uchburchagi” kabi uyushmalar vujudga keladi
Transmilliy jinoiy faoliyatni ikki blokka ajratish mumkin. “Boy Shimol” (rivojlangan mamlakatlar) va “kambag‘al Janub” (rivojlanayotgan mamlakatlar) o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar katta ahamiyatga egadir. Ammo shunday transmilliy jinoiy faoliyatlar mavjudki, ular asosan faqatgina rivojlangan mamlakatlar bilan bog‘liqdir.

  1. Shimol va Janubning o‘zaro munosabatlaridagi jinoiy global muammolar

Xalqaro jinoiy faoliyatning paydo bo‘lishi va rivojlanishi dunyoni “boy Shimol” va “kambag‘al Janub”ga bo‘linishining qo‘shimcha oqibatidir. Bir tomondan G‘arbning rivojlangan mamlakatlari (Shimoliy Amerika, G‘arbiy Yevropa, Yaponiya)ning yetarli darajada boy aholisi “to‘qlikka - sho‘xlik” qilib, odob-ahloqqa to‘g‘ri kelmasa ham, eng nozik iste’mol ehtiyojlarini qondirishadi. Xippi va san’at ahli uchun narkotiklarga, burjua oliftalari uchun san’at buyumlariga, farzandsiz oilalar uchun yosh bolalarga talab shu mamlakatlardan chetdagi kapitalizmning jinoiy guruhlari tomonidan qondirilib kelinmoqda. Ikkinchi tomondan, chet (pereferiya)dagi kapitalizm mamlakatlari g‘arb sivilizatsiyasining ko‘pgina mahsulotlariga (nufuzli iste’mol tovarlari, zamonaviy qurollar) ehtiyoj sezadilar, lekin ularni qonuniy bozorlarda sotib olish uchun yetarli mablag‘ga ega emaslar. Ushbu tovarlarni endi rivojlangan mamlakatlardagi jinoiy tashkilotlar taklif etadilar.
Natijada rasmiy jahon bozoriga parallel ravishda, asosan chet (pereferiya)dagi kapitalizm mamlakatlari tomonidan nazorat qilinadigan, noqonuniy jahon bozori shakllanib boradi. Noqonuniy jahon bozoriga taqiqlangan tovarlar (narkotiklar, qurol-yarog‘) kontrabandasi, va umuman qonuniy (olmos, sigareta, avtomobil), hamda qalbaki tovarlarning qonuniy savdosi va noqonuniy migratsiya kiradi.
Qurol-yarog‘ni noqonuniy sotish. 1990-yillarda yashirin qurol- yarog‘ bozorining o‘rtacha yillik aylanmasi “noqulay” (tinchlik) yillari 1-2 mlrd.AQSh dollari miqdorida, yuqori o‘sish cho‘qqisi (masalan sobiq Yugoslaviyadagi urush davrida) vaqtida 5-10 mlrd.AQSh dollari miqdorida bo‘lgan. Taqqoslash uchun aytish lozimki, AQShdan (jahon qurol-yarog‘ bozorining yetakchisi) oddiy qurol-yarog‘ni turlarining rasmiy eksporti taxminan 10 mlrd.AQSh dollarini tashkil etadi.
Noqonuniy qurol-yarog‘ bozori ikki turga bo‘linadi: jinoiy, mafiyali (“qora”), va kvazi-jinoiy (“kul rang”). Birinchi bozorda asosan yengil qurol-yarog‘ bilan va kichik partiyalarda savdo qilinadi; katta va kuchli qurollarni (raketalar, zambaraklar va ularning o‘qlari, vertolyotlar) ulgurji savdosida asosan hukumatlarning maxsus xizmatlari yoki yirik qonuniy biznes ishtirok etadi (qarang:10.2.1- rasm).





Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling