1-mavzu. Xufyona iqtisodiyotning nazariy va metodologik asoslari


Download 0.98 Mb.
bet39/42
Sana04.02.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1163578
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
Bog'liq
ma\'ruza matni xufiyona iqtisodiyot lotin

Noqonuniy qurol savdosi
















Jinoiy, mafiyali “qora” bozor




Kvazi-jinoiy (“kul rang”)

1










asosan yengil qurol-yarog‘ bilan va kichik partiyalarda savdo qilinadi




Rasmiy maxsus xizmat va biznes ishtirokida katta va kuchli qurollarni (raketalar, zambaraklar va ularning o‘qlari, vertolyotlar) ulgurji savdosi

10.2.1-rasm. Noqonuniy qurol savdosi turlari192




Bu hol, “qora” bozorni “kul rang” bozordan xavfsizroq degan fikrga olib kelmasligi kerak, masalan, yadro materiallari kontrabandasi nihoyatda xavfli hisoblanadi.
Noqonuniy qurol-yarog‘ning sotib oluvchisi sifatida ko‘pincha “uchinchi dunyo” davlatlari va tashkilotlari namoyon bo‘ladi, sotuvchilar esa rivojlangan mamlakatlar vakillari hisoblanadi.
Qonuniy xom ashyo resurslari kontrabandasi. Shimol va Janub o‘rtasida kontrabanda ob’ekti bo‘lib narkotik va qurol- yarog‘dan tashqari yana “uchinchi dunyo” mamlakatlarining qimmatli tabiiy resurslari - birinchi navbatda, qazilma boyliklari (olmos, oltin, neft) namoyon bo‘ladi. Masalan, 1990-yillar oxirlarida olmos kontrabandasi j ahon olmos bozorining 20 foizini tashkil etar edi (ularning taxminan 10 foizi - “qonli olmoslar” - Afrika mamlakatlaridagi urushlarda tortib olingan olmoslardir). Nomineral tabiiy resurslar bilan noqonuniy savdoga to‘xtaladigan bo‘lsak, bu kontrabandaning umumiy miqyosi (qimmatli yog‘och va baliq mahsulotlari) yiliga 5-8 mlrd.AQSh dollarini tashkil etardi, yana 6-10 mlrd.AQSh dolari hajmda noyob hayvonlardan olingan xom ashyolar (fil suyagi, karkidonning burun shoxi, oq quyruq shoxlari va boshq.) tashkil etardi.
Tovar markalarini qalbakilashtirish. Hisob-kitoblar bo‘yicha mashhur, katta talabga ega tovar markalarini qalbakilashtirish jahon savdosining 8 foizini tashkil etadi - bu taxminan har yili 200 mlrd.AQSh dollarini tashkil etadi. Arzon qalbaki mahsulotlarning asosiy qismi “uchinchi dunyo” mamlakatlariga (Xitoy va boshqa Sharq mamlakatlari) to‘g‘ri kelib, ular shu faoliyat orqali jahon bozoriga chiqishning qo‘shimcha imkoniyati sifatida foydalanishadi.
Noqonuniy migratsiya. 1990-yillarda BMT tomonidan tadqiqotlar bo‘yicha noqonuniy migratsiyaning jahon tizimi orqali har yili taxminan 4 mln.kishi o‘tgan, va ushbu jinoiy biznes tashkilotchilariga 7 mlrd.dollar hajmda daromad keltirgan. “Uchinchi dunyo” mamlakatlaridan kelgan noqonuniy migrantlar rivojlangan mamlakatlarda to‘planib, juda kuchli “maxfiy birlashma”ni tashkil etadilar, va ushbu birlashmalar qonuniy xo‘jalik tizimiga juda past sur’atlarda integratsiyalashib borishadi. AQShning migratsiya va boshqa fuqarolikka o‘tkazish xizmatining ma’lumotlariga ko‘ra 1996 yilda ushbu mamlakatda hujjati yo‘q bo‘lgan chet el fuqarolari taxminan 5 mln.kishini tashkil etib, bu ko‘rsatkich mamlakat aholisining taxminan 2 foizni tashkil etadi. Noqonuniy
migratsiyaning alohida turi sifatida xalqaro ayollar savdosi hisoblanadi (1990-yillar oxirida ushbu savdoning hajmi yiliga 700­800 ming kishini tashkil etgan).
Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT) iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bo‘yicha departamentining ma’lumotlariga ko‘ra, 2019 yilda jahonda xalqaro migrantlar soni 272 million kishiga yetdi. Bu esa 2010 yilga nisbatan 51 million kishiga ko‘pdir. Xalqaro migrantlar butun dunyo aholisining 3,5%ni tashkil etadi. Bu ko‘rsatkich 2000 yilda 2,8%ni tashkil etgan36. Xalqaro migrantlar sonining o‘sib borishiga sabab, bir tomondan rivojlanayotgan (Janub) mamlakatlaridagi ishsizlik darajasining yuqoriligi bo‘lsa, ikkinchi tomondan rivojlangan (Shimol) mamlakatlarida ish kuchining yetishmasligi va malakasiz hamda kam malakali ishchi kuchlariga talabning ortib borayotganligidir. Xalqaro migrantlarning katta qismi norasmiy, noqonuniy migrantlar tashkil etadi. Buning natijasida odam savdosi ham kuchayib bormoqda.
Bu muammo O‘zbekistonga ham tegishli bo‘lib, migrantlar soni yildan -yilga ko‘payib bormoqda. 2020 yil boshida O‘zbekistonda mehnat bozorida 13,6 million kishi ish bilan band bo‘lib, ulardan 5,6 million nafari rasmiy va 7,9 million nafari norasmiy sektorda, shu jumladan, 2,6 million kishi mehnat migranti sifatida faoliyat yuritmoqda. Migratsiya koeffitsiyenti taxminiy hisob-kitoblarga ko‘ra, 7%ni tashkil qiladi. Migratsiya koeffitsiyenti O‘zbekistonda jahondagi o‘rtacha ko‘rsatkichlardan (3,2%) va aholi jon boshiga o‘rtacha darajadagi daromad to‘g‘ri keladigan boshqa mamlakatlardagi ko‘rsatkichlardan (2,7%) ikki barobar yuqori. Vizasiz tartib, tarixiy o‘zaro aloqa va rus tilini bilishi tufayli o‘zbek migrantlarining katta qismi Rossiyaga to‘g‘ri kelmoqda37 (qarang:
10.2.2-rasm).


Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling