1-mavzu. Xufyona iqtisodiyotning nazariy va metodologik asoslari
Download 0.98 Mb.
|
ma\'ruza matni xufiyona iqtisodiyot lotin
1100 1000 900 800 700 K щi i 2 Isroil ■ ill 2014 2015 2016 2017 2018 rasm. O‘zbekistondan “ish” safari maqsadi bilan chiqib ketgan fuqarolar soni195. Ish topish maqsadidagi migratsiya geografiyasi so‘nggi 5 yilda o‘zgara boshladi hamda AQSh, Turkiya, Isroil, Janubiy Koreya, BAA va Qozog‘istonga ishchilar oqimi tobora o‘sib borayotgani kuzatilmoqda. Qariyb 95 foiz pul o‘tkazmalari mehnat migratsiyasining “ajoyib yettilik”ka kiruvchi mamlakatlaridan jo‘natilgan (qarang: 10.2.1-jadval). Ish topish maqsadida Rossiyaga ketayotgan o‘zbekistonliklar soni yiliga 850 ming - 1 million kishi bo‘lib turgan paytda boshqa mamlakatlarga ketayotgan mehnat migrantlari oqimi tobora oshib bormoqda. 2018 yilda Rossiyadan yuborilgan pul 2 foiz kamaygan bo‘lsa, qolgan mamlakatlardan jo‘natilgan o‘tkazmalar ulushi ortdi. 10.2.1-jadval O‘zbekistonga jismoniy shaxslarning transchegaraviy pul
Rossiyadan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari dinamikasi alohida e’tiborga loyiq. Ushbu o‘tkazmalarning umumiy miqdori Rossiya fuqarolari va norezidentlar - O‘zbekiston fuqarolari jo‘natgan mablag‘lardan iborat. Pulning aksariyat qismini O‘zbekiston fuqarolari (norezidentlar) jo‘natgani yuqoridagi grafikdan ham ko‘rinib turibdi. O‘tgan 10 yillik dinamikaning ko‘rsatishicha, 2009 yildan 2013 yilgacha pul o‘tkazmalari miqdori barqaror o‘sib, yiliga 6,69 milliard AQSh dollarini tashkil etdi. Lekin undan keyingi 3 yil ichida bu ko‘rsatkich 2,74 milliard dollargacha kamaydi. Bunga Rossiyada yuz bergan iqtisodiy inqiroz va 2014 yilda rublning keskin qadrsizlanishi sabab bo‘ldi. 2016 yildan boshlab 2018 yil oxirigacha Rossiyadan O‘zbekistonga yuborilgan pul o‘tkazmalari miqdori atigi milliard dollarga yetdi197. Endilikda, xalqaro migrantlarning huquqlarini himoya qilish va migratsion jarayonlarni samarali, oqilona va barqaror boshqarish vositalarini shakllantirish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Narkobiznes. Taqiqlangan narkotik moddalar jahon bozori sayyoramizdagi eng katta bozorga aylanib, jahon neft bozori bilan tenglashish darajasigacha bordi. Ekspertlarning baholashlari ko‘ra narkotik moddalari aylanmasi jahon savdo aylanmasining 8 foizini tashkil etadi. Xalqaro narkobiznesning ishtirokchilari bo‘lib transmilliy mafiya uyushmalari namoyon bo‘ladi: Kolumbiya va Meksika narkokartellari “And uchburchagi”dan Shimoliy Amerikaga kokain va geroin eksportini nazorat qilishadi, Xitoy triadalari “Oltin uchburchakdan” geroin eksportini tashkillashtiradi, turk, italyan va alban mafiyalari “Oltin yarimoy”dan geroin eksportini amalga oshiradilar. 17 - mavzu. Xufyona iktnsodiy faoliyat va iqtisodiyotning xufyonalashuv darajasini qisqartirish yo‘llari. Qulay iqtisodiy muhitni yaratish xufyona iqtisodiy faoliyatning ko‘lamini qisqartirish omili sifatida. Qulay iqtisodiy muhit tushunchasining mazmuni va uning tarkibiy kismlari. Biznes va tadbirkorlik uchun qulay iqtisodiy muhitni shakllantirish yo‘llari. Iqtisodiyotni erkinlashtirish. Iqtisodiyotning kriminallashuviga qarshi kurashning xuquqiy asoslari. Iqtisodiyot va iqtisodiy faoliyatning kriminallashuvi xamda xufyonalashuvini nazorat qiluvchi davlat organlarining vazifalari. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI YASHIRIN IQTISODIYOTNI QISQARTIRISH VA SOLIQ ORGANLARI FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISH BO‘YICHA TASHKILIY CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA Mamlakatda pul-kredit, valyuta, soliq va tashqi savdo siyosati sohalarida tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun qulay sharoitlar yaratish va investitsiya muhitini yaxshilashga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. SHu bilan birga, ekspertlarning baholashlari va tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida o‘tkazilayotgan so‘rovlar iqtisodiyotdagi yashirin aylanmaning, ayniqsa, savdo va umumiy ovqatlanish, avtotransportda tashish, uy-joy qurilishi va ta’mirlash, turarjoy xizmatlarini ko‘rsatish kabi sohalarda yuqori darajada saqlanib qolayotganligidan dalolat beradi, bu esa vijdonli tadbirkorlarning iqtisodiy manfaatlariga putur etkazmoqda, ular uchun teng bo‘lmagan biznes yuritish shartlarini yuzaga keltirmoqda. Mamlakatimizda yashirin iqtisodiyot darajasini pasaytirish, tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun, shu jumladan tartibga solish va ma’muriy yukni kamaytirish hisobiga teng raqobat sharoitlarini yaratish, soliq qonunchiligi talablariga rioya qilish tartib-taomillarini avtomatlashtirish va uning tartibini soddalashtirish maqsadida: 1. Belgilansinki, 2021 yil 1 yanvardan: a) 2022 yil 1 yanvargacha bo‘lgan muddatga umumiy ovqatlanish sohasidagi kichik tadbirkorlik sub’ektlarining bank kartalari va kontaktsiz to‘lovlardan foydalangan holda jismoniy shaxslardan olingan daromadlari umum belgilangan soliqlarni to‘lashga majburiy tartibda o‘tish maqsadida umumiy daromadga kiritilmasligi tartibi joriy etiladi; b) rieltorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslar uchun aylanmadan olinadigan soliq stavkasi 25 foizdan 13 foizgacha pasaytiriladi; v) qurilish korxonalariga hisobot davri uchun mehnatga haq to‘lash fondi jami miqdorining 10 foizidan oshmagan hajmda (ijtimoiy soliq summasini hisobga olmaganda) ish haqini naqd pulda to‘lash huquqi bilan shartnoma tuzmasdan muddatli ravishda ishchilar yollashga ruxsat beriladi. Bunda: qurilish tashkilotlari belgilangan tartibda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliqning to‘lanishini ta’minlaydi, shuningdek, har oyda shartnoma tuzmasdan yollangan ishchilarga to‘langan naqd pul miqdorini ko‘rsatgan holda ularning reestrini davlat soliq xizmati organlariga taqdim qilib boradi; davlat soliq xizmati organlari qurilish tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan reestrlar asosida soliq to‘lovchilarni avtomatik ravishda identifikatsiya qiladi va to‘langan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliq hisobga olinishini ta’minlaydi. Belgilansinki, shartnoma tuzmasdan ishga yollangan shaxslarga ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar ro‘y bergan taqdirda xodimlarni ijtimoiy himoya qilishni nazarda tutuvchi qonun hujjatlari normalari tatbiq etiladi. 2. Quyidagilar ma’lumot uchun qabul qilinsin: xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga korporativ bank kartalaridan foydalangan holda tovarlarni (xizmatlarni) shartnoma tuzmasdan sotib olishga ruxsat beriladi, biroq bunda elektron schyot-fakturalar yoki onlayn-kassa mashinalarining cheklari majburiy ravishda olinishi shart; 2022 yil 1 yanvargacha shunday tartib o‘rnatilganki, unga muvofiq, davlat soliq xizmati organlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soliq auditi tayinlanganligi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilni xabardor qiladi; sayyor soliq tekshiruvlari davlat soliq xizmati organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilni xabardor qilgan holda amalga oshiriladi. Davlat soliq qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda soliq tekshiruvlarining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash hamda uning tartib-taomillarini tubdan soddalashtirish, shuningdek, tekshiruvni amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarning javobgarligini oshirishni ko‘zda tutgan holda soliq tekshiruvlarini o‘tkazish tartibini belgilash bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 3. YAshirin iqtisodiyotni qisqartirish bo‘yicha maxsus komissiya (keyingi o‘rinlarda — Maxsus komissiya) 1-ilovaga muvofiq tarkibda, yashirin iqtisodiyotni qisqartirish bo‘yicha hududiy komissiyalar (keyingi o‘rinlarda — hududiy komissiyalar) 2-ilovaga muvofiq namunaviy tarkibda tashkil etilsin. YAshirin iqtisodiyotga qarshi kurashish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, shu jumladan quyidagilar Maxsus komissiyaning asosiy vazifasi etib belgilansin: biznesning «soyadan» chiqishini rag‘batlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, soliq rejimini soddalashtirish hamda naqdsiz to‘lovlarni kengaytirish choralarini ko‘rish; qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarni shakllangan biznes yuritish amaliyotiga moslashtirish; soliq va bojxona ma’muriyatchiligi vositalari hisob va tushumlarning to‘liqligiga, shu jumladan soliqlardan bo‘yin tovlagan jismoniy va yuridik shaxslarni aniqlash va javobgarlikka tortishga qaratilishini ta’minlash; yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish faoliyatini «pulni yuvish»ga qarshi kurashish sohasidagi tashkilotlar faoliyati bilan muvofiqlashtirish; ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashishga keng jamoatchilikni, ommaviy axborot vositalarini jalb qilish, jamiyatda yashirin iqtisodiyotga murosasizlik hissini shakllantirish, legal biznes yuritishning nufuzini oshirish. 4. Joylarda quyidagi tadbirlarni muvofiqlashtirish hududiy komissiyalarning asosiy vazifalari etib belgilansin: tadbirkorlarga faoliyatini qonuniylashtirishda va zarur ruxsatnomalarni olishda yordam berish, shuningdek, ular bilan profilaktika ishlarini olib borish; yashirin iqtisodiyotning shakllanishiga olib keladigan sabablar va omillarni aniqlash, ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish; noqonuniy olib kirilgan yoki kontrafakt tovarlarni, shuningdek, yuk tashish hujjatlarisiz mamlakat ichida harakatlanayotgan tovarlarni sotishga qarshi kurashish; birinchi navbatda aksizosti mahsulotlarni noqonuniy ishlab chiqarish, sotish va saqlash holatlarini aniqlash orqali davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan tadbirkorlik faoliyatini yuritish va daromadlarni yashirishning oldini olish; avvalo qurilish ob’ektlarida va xizmat ko‘rsatish sohasidagi norasmiy mehnat faoliyatini yuritish, shuningdek, ish haqini «konvertda» to‘lash holatlarini aniqlash va bartaraf etish. 5. Hududiy komissiyalar: ikki hafta muddatda har bir tuman va shaharning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan va mas’ul organlar hamda tashkilotlarni belgilagan holda «yo‘l xaritalari»ni ishlab chiqsin va kutilayotgan natijalarni ko‘rsatgan holda ularni Maxsus komissiyaga tasdiqlash uchun taqdim etsin; har chorakda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashishni takomillashtirish bo‘yicha takliflarni Maxsus komissiyaga ko‘rib chiqish uchun kiritsin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga «yo‘l xaritalari»da nazarda tutilgan vazifalar o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishi hamda hududlar darajasida yashirin iqtisodiyotni qisqartirish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklatilsin. 6. Maxsus komissiya (J. Qo‘chqorov) 2021 yil 1 fevralga qadar mas’ul vazirlik va idoralarning ishi sifatli tashkil etilishini ta’minlab hamda biznes hamjamiyati, xorijiy va mahalliy ekspertlarni jalb qilgan holda 2021 — 2025 yillarda yashirin iqtisodiyotni qisqartirish strategiyasini ishlab chiqsin va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin. 7. YAshirin iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi kurashishda vazirlik va idoralarning faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish hamda soliq va bojxona ma’muriyatchiligini takomillashtirish bo‘yicha «yo‘l xarita»si 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Maxsus komissiya yashirin iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha, shu jumladan «yo‘l xaritasi»da ko‘zda tutilgan chora-tadbirlarga doir takliflar muhokama qilinishini ta’minlasin, shuningdek, har oy erishilgan natijalar bo‘yicha hisobotlarni eshitib borsin. Vazirlik va idoralarning rahbarlariga «yo‘l xaritasi»ning o‘z vaqtida va to‘liq ijro etilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklatilsin. 8. Markaziy bank tijorat banklari bilan birgalikda 2021 yil 1 yanvarga qadar: o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar va hunarmandlar tomonidan hamda umumiy ovqatlanish punktlarida sotiladigan tovarlar va xizmatlar uchun aholi tomonidan to‘lovlarni amalga oshirishda kontaktsiz texnologiyalarning joriy etilishini ta’minlasin; bankomatlar va ko‘p funksiyali o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish terminallari tarmog‘ini kengaytirsin va ularning sonini 10 mingtaga etkazsin; xalqaro moliya institutlarining texnik yordamini jalb qilgan holda, naqdsiz hisob-kitob tizimini rivojlantirishning uzoq muddatli strategiyasini ishlab chiqsin. 9. Davlat soliq qo‘mitasi va Moliya vazirligining onlayn kassa mashinalarining cheklarida aks ettirilgan QR-kod yoki fiskal belgi asosida sovrinli o‘yinlarni o‘tkazish bo‘yicha Toshkent shahrida amalga oshirilgan eksperimentni, ko‘zda tutilgan byudjet ajratmalari doirasida 2020 yilda respublikaning barcha hududlarida amalga oshirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 10. Davlat soliq qo‘mitasi: a) bir oy muddatda shunday tartib joriy qilsinki, unga muvofiq, nazorat-kassa mashinalari va to‘lov terminallaridan foydalanish bo‘yicha sayyor tekshiruvlar soliq to‘lovchilar kesimidagi choraklik reja-jadval asosida amalga oshirilishi mumkin hamda tekshiruv natijalari va ular bo‘yicha soliq nizolarini ko‘rib chiqish natijalari e’lon qilib boriladi; b) ikki oy muddatda: Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga kiruvchi davlatlarning soliq idoralari o‘rtasida soliq ma’lumotlarining avtomatlashtirilgan almashinuviga O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi bo‘yicha «yo‘l xaritasi»ni ishlab chiqsin va tasdiqlasin; Davlat soliq qo‘mitasi raisining yashirin iqtisodiyotni qisqartirish masalalari bo‘yicha doimiy maslahatchisi — chet ellik mutaxassisni tanlov asosida jalb qilish bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin; O‘zbekiston Respublikasi hududida sotilayotgan tovarlar va xizmatlarni tasniflash tartibini ishlab chiqsin hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin; v) tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida to‘lov terminallari va onlayn nazorat-kassa mashinalaridan foydalanmasdan faoliyatni amalga oshirganlik uchun javobgarlik choralari to‘g‘risida muntazam ravishda, shu jumladan ommaviy axborot vositalari orqali tushuntirish ishlarini olib borsin. 11. Quyidagilar Hisob palatasining qo‘shimcha vazifalari sifatida belgilansin: yashirin iqtisodiyotni qisqartirishga qaratilgan chora-tadbirlarning bajarilishini nazorat qilish; hududiy komissiyalar tomonidan 2021 — 2025 yillarda yashirin iqtisodiyotni qisqartirish strategiyasi hamda qabul qilingan «yo‘l xaritalari» amalga oshirilishini nazorat qilish; davlat boshqaruv organlarida, shuningdek, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan muassasa va tashkilotlarda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha samarali ichki nazorat tizimlari joriy qilinishini ta’minlash choralari amalga oshirilishini nazorat qilish; yashirin iqtisodiyotni qisqartirishga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va kiritib borish. 12. Hisob palatasi tuzilmasida boshqaruv xodimlari shtat birliklari doirasida Iqtisodiyotda yashirin aylanmani kamaytirish va byudjet daromadlarining qo‘shimcha manbalarini aniqlash sho‘‘basi tashkil etilsin. 13. Davlat soliq qo‘mitasi 2021 yil 1 aprelgacha 4-ilovaga muvofiq real vaqt rejimida qo‘shimcha ma’lumotlar almashinuvini ta’minlaydigan idoralararo apparat majmuasini foydalanishga topshirsin. Oldingi tahrirga qarang. 14. Davlat soliq qo‘mitasining Ma’lumotlarni qayta ishlash markazini (keyingi o‘rinlarda — Markaz) zamonaviy server uskunalari va tegishli dasturiy ta’minot bilan ta’minlashni tezlashtirish va birlamchi qo‘shimcha jihozlash maqsadida Moliya vazirligi 2020-2021 yillarda Davlat soliq qo‘mitasiga O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjetining qo‘shimcha mablag‘lari hisobidan 100 milliard so‘mgacha bo‘lgan miqdorda mablag‘ ajratsin. (14-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 8 iyundagi PF-6243-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2021 y., 06/21/6243/0540-son — 2021 yil 1 avgustdan kuchga kiradi) Davlat soliq qo‘mitasi va Moliya vazirligi Markazni modernizatsiya qilish, yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va soliq organlari xodimlarining malakasini oshirish uchun Jahon bankining imtiyozli kreditini jalb qilishni tezlashtirsin. Markazni jihozlash uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatga muvofiq olib kiriladigan, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan uskunalar, dasturiy va moddiy-texnik vositalar 2022 yil 1 yanvarga qadar bojxona bojidan ozod qilinsin. Davlat soliq qo‘mitasiga, istisno tariqasida, Markazni jihozlash uchun uskunalarni, dasturiy va moddiy-texnik vositalarni loyihalashtirish, etkazib berish va o‘rnatish, shuningdek, dasturiy ta’minotni ishlab chiqish bo‘yicha eng yaxshi takliflarni tanlab olish yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish yo‘li bilan shartnomalar (kontraktlar) tuzishga ruxsat berilsin. Davlat soliq qo‘mitasi raisi SH. Kudbiev zimmasiga Markazni jihozlash uchun zarur uskunalar, dasturiy va moddiy-texnik vositalar xaridi jarayonining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, xarid jarayonlari natijalarini e’lon qilish yuzasidan javobgarlik yuklatilsin. 15. Tegishli vazirlik va idoralarning umumiy shtat birligi doirasida: a) Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tarkibida — YAshirin iqtisodiyotni tahlil qilish boshqarmasi tashkil etilsin, tahlillar o‘tkazish va yashirin faoliyat darajasi yuqori bo‘lgan iqtisodiyot sohalarini aniqlash uning asosiy vazifalari etib belgilansin; b) Davlat soliq qo‘mitasi tarkibida: Soliq nazorati departamenti tashkil etilsin, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan soliq qonunchiligiga rioya etilishini nazorat qilish, qo‘shilgan qiymat solig‘i bilan bog‘liq firibgarlik sxemalarini aniqlash va agressiv soliq rejalashtirishga qarshi kurashish uning asosiy vazifalari etib belgilansin; 2021 yil 1 iyuldan boshlab maxsus tarkibiy bo‘linma tashkil etilsin, soliq huquqbuzarliklarining oldini olish va aniqlash, shuningdek, qo‘shilgan qiymat solig‘i zanjirini shakllantirishda kontragentlar o‘rtasida hisob-kitoblarni tahlil qilish uning asosiy vazifalari etib belgilansin; v) Moliya vazirligida — yashirin iqtisodiyotni qisqartirish ishlarini tashkil etish bo‘limi tuzilsin, unga Maxsus komissiyaning ishchi organi vazifalari ham yuklansin. 16. 2020 yil 1 noyabrdan davlat soliq xizmati organlari boshqaruv xodimlari soni 1 154 shtat birligiga yoki 10 foizga qisqartirilsin. Davlat soliq xizmati organlari boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 10 512 shtat birligi, shu jumladan Davlat soliq qo‘mitasining markaziy apparatida — 498 shtat birligi etib belgilansin. Keyingi tahrirga qarang. 17. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi markaziy apparatining tuzilmasi 5-ilovaga muvofiq; Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasining tuzilmasi 6-ilovaga muvofiq; Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalarining tuzilmasi 7-ilovaga muvofiq; tumanlar (shaharlar) davlat soliq inspeksiyalarining tuzilmasi 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 18. Davlat soliq qo‘mitasi raisiga quyidagi huquqlar berilsin: zarur hollarda markaziy apparat va hududiy bo‘linmalarning, shuningdek, Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasining tasdiqlangan tuzilmalariga boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni va ish haqi fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritish; bo‘ysunuvidagi xo‘jalik hisobidagi tashkilotlar xodimlari sonini belgilash, ularning tuzilmasini, shtat birliklarini, shu jumladan boshqaruv xodimlarining shtat birliklarini, ish haqi fondini, xarajatlar smetasini, transport vositalarining limitini tasdiqlash, shuningdek, ularning mol-mulkini tasarruf etish. 19. Belgilansinki, davlat soliq xizmati va bojxona xizmati organlarining mansabdor shaxslari nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan faqat soliq, bojxona va valyuta qonunchiligiga rioya qilishga doir tekshiruvlarni o‘tkazish uchun haftasiga 16 ish soatidan ko‘p bo‘lmagan muddatga jalb qilinishi mumkin. 20. Maxsus komissiya (J. Qo‘chqorov) O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda tadbirkorlar va aholini qonuniy biznes yuritishning nufuzini oshirish va noqonuniy tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslarga nisbatan murosasizlik hissini targ‘ib qilishga jalb etish bo‘yicha «media-reja»ni ishlab chiqsin va tasdiqlasin. 21. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga 9-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 22. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling