1-mаvzu: xulq-аtvоr iqtisоdiyoti nаzаriyasining shаkllаnishi


Xulq-atvor fanining nanoiqtisodiy asoslari


Download 406.21 Kb.
bet15/89
Sana08.11.2023
Hajmi406.21 Kb.
#1756554
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   89
Bog'liq
1-mаvzu xulq-аtvоr iqtisоdiyoti nаzаriyasining shаkllаnishi-fayllar.org

Xulq-atvor fanining nanoiqtisodiy asoslari

Hozirgi vaqtda ilmiy tadqiqotlarda darajadali yondashuv keng tarqalgan. Iqtisodiyot fanida tarkibiy darajalar tushunchasi iqtisodiy tizimga kiruvchi elementlarning kattaligiga, masshtabiga nisbatan qo‘llaniladi. Odatda mikro, mezo va makro darajalar mavjud bo‘lib, ular zamonaviy darsliklarda iqtisodiy nazariya kursi strukturasini shakllantirishda (qurishda) keng qo‘llaniladi. Zamonaviy sharoitda globallashuv va iqtisodiyotni axborotlashtirish ta'siri ostida tadqiqotlarning murakkablashuvi, evolyutsion kengayishi va yangi analitik yo'nalishlarining paydo bo'lishi kuzatilmoqda: makroiqtisodiyotdan megaiqtisodiyotga va mikroiqtisodiyotdan nanoiqtisodiyotga. "Nano" atamasi 1959 yilda fizik Richard Feynman tomonidan "U dunyoda joy ko'p" ma'ruzasida kiritilgan. Nano (n) (qadimgi yunon tilidan tarjima qilinganda nanos - "mitti, gnom" yoki nano – mikroning ekstremal versiyasi) bir butunning milliarddan bir qismini anglatadi. Nano prefiksi - birliklar tizimida (SI) 10-9 ko'paytmasini bildiradi.


Gʻarb ilmiy adabiyotlarida “nanoiqtisodiyot” tushunchasi birinchi marta 20-asr oxirida paydo boʻlgan va ilmiy muomalaga taniqli iqtisodchi K. Erou tomonidan kiritilgan. 1987 yilda nashr etilgan “Esse haqida mulohaza” maqolasida muallif nanoiqtisodiyotni bozor va nobozor sharoitlarda alohida iqtisodiy agentlarning iqtisodiy xatti-harakatlari nazariyasi sifatida tushunadi.
"Nanoiqtisodiyot" ta'rifini aniqlashga kontseptual yondashuvlarning xilma-xilligi jadval 2 da aks ettirilgan.
Jadval 2

    Nanoiqtisodiyotni ta’riflar kontseptual yondashuvlar




Muallif


Tushuncha (kontseptsiya) ta'rifi


G’arb mualliflari

K. Errou (C.


Arrow)

Bozor va nobozor sharoitida alohida iqtisodiy agentlarning iqtisodiy xatti-harakatlari nazariyasi






G. Simons


Yuqori tartibli tahlil darajasida hodisalarni o'rganish nazariyasi (chuqur daraja)


R. Lukas


Bozor ishtirokchilari tomonidan qarorlarni shakllantirishda bittalik tranzaktsiyalar (bitimlar) nazariyasi


J. Kornai


Iqtisodiy munosabatlarning submikro darajasi nazariyasi







Download 406.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling