Psixoanalitik yondashuv
Mazkur nazariyaning asoschisi Zigmund Freyddir. U tajovuzkor xulq tabiatiga ko‘ra instinktiv bo‘ladi va bundan qochib qutulib bo‘lmaydi, deb hisoblagan. Insonda ikkita o‘ta kuchli instinkt mavjud: jinsiy (seksual (libido)) va o‘limga chorlovchi instinkt (tanatos). Birinchi turdagi energiya hayotni mustahkamlash, saqlash va qayta ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan. Ikkinchi turdagi energiya esa, hayotni buzish va tugatishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Uning ta’kidlashicha, insonning xulq-atvori mazkur instinktlar o‘rtasidagi murakkab o‘zaro aloqadorlikning natijasi bo‘lib, ular o‘rtasida doimiy zo‘riqish mavjud bo‘ladi. Hayotni saqlash (eros) va uni yemirish (tanatos) o‘rtasida kuchli ziddiyat borligi sababli, boshqa mexanizmlar tanatosning energiyasi “Men” tomonga emas, balki boshqa tomonga, umuman tashqariga yo‘naltirish maqsadiga xizmat qiladi. Agar tanatosning energiyasi tashqariga yo‘naltirilmasa, individning o‘zini yemirilishiga olib keladi. Shu tariqa, tanatos agressiyaning tashqariga chiqishiga va boshqalarga yo‘naltirilishiga sababchi bo‘ladi. Bu nazariyani quyidagi chizmada ifodalash mumkin:
Yemirilish Saqlanish
Tanatos---------------------- Men ------------------------- Eros
Energiya yo‘nalishining o‘zgarishi Agressiya, boshqalarga yo‘nalgan xavfli xatti-harakatlarning paydo bo‘lish ehtimolini kamaytirishi mumkin bo‘lgan hodisa – agressiyaga olib keluvchi hissiyotning tashqi namoyon bo‘lishidir.
Ijtimoiy o‘rganish nazariyasi (bixevioral model)
Boshqalardan farqli ravishda, mazkur nazariyaga ko‘ra, og‘ma xulq-atvor ijtimoiylashuv jarayonida kuzatish orqali mos xulq-atvor shakllarini o‘zlashtirilishi va mustahkamlanishi natijasida yuzaga keladi. Ya’ni, biron bir insonning namunaviy xulqini o‘rganish jarayoni ketmoqda. Ushbu nazariya Bandura tomonidan taklif etilgan bo‘lib, quyidagi jadvalda tajovuzkor xulqni o‘zlashtirilishi, yuzaga keltirilishi va boshqarilishi tushuntirilgan.
Banduraning ijtimoiy o‘zlashtirish nazariyasi
Do'stlaringiz bilan baham: |