Nazorat savollari:
Deviant xulq profilaktikasi va ijtimoiy nazorat tushunchalarini izohlang.
Oilaviy va maktabdagi ijtimoiy ish: tushuncha, xususiyatlari, metodlarini sanang.
Umumiy va maxsus profilaktika. Ijtimoiy patologiyaning alohida ogohlantirilishi va profilaktikasi (jinoyatchilik, ichkilikbozlik, narkotizm, suistidal xulq va boshqalar).
Dezadaptastiyalashgan o‘smirlarni psixologik-pedagogik qo‘llab-quvvatlash. Xavfli guruhlar oilalarida voyaga yetmaganlar sostializastiyasining buzilishini oldini olish yo‘llarini tushuntiring. O‘smirlar norasmiy guruhlarida kriminalizastiya jarayonini ijtimoiy psixologik va pedagogik prevensiya qilish.
11-mavzu: Shaxs og`ishgan xulqining psixologik korreksiyasi
Ijobiy sabablarni rag`batlantirish. Hissiy holatlarni korreksiyalash usullari.
O`z-o`zini boshqarish usullari. Kognitiv usul.
Istalmagan axloqni so`ndirish usuli. Ijobiy axloqni shakllantirish usullari.
Tayanch tushunchalar: “Nasliy buzuqlik”, “Psixotiklar”, “Organik”, “Axloqsiz bola”, shaxs og‘ishgan xulqining psixologik korrektsiyasi, ijobiy sabablarni rag‘batlantirish. Hissiy holatlarni korrektsiyalash usullari. O‘z-o‘zini boshqarish usullari. Kognitiv usul. Istalmagan axloqni so‘ndirish usuli. Ijobiy axloqni shakllantirish usullari.
Ijobiy sabablarni rag‘batlantirish
Shaxs shakllanishini tabiatdan anatomo-fiziologik shart-sharoitlariga ega bo‘lgan bola ijtimoiylashishi jarayonida insoniyatning yutuqlarini o‘zlashtirib olam bilan o‘zaro ta’sirga kirishadi. Ushbu jarayonda shakllangan qobiliyat va vazifalar shaxsda shakllangan odamning sifatlarini takror ishlab chiqaradi .
Individ - (individium ) − Inson birligining alohida namoyondasi; qurol, belgilardan foydalanuvchi va ular orqali shaxsiy fe’l-atvori va ruhiy jarayonlariga ega bo‘luvchi, tabiiy (biologik) chegaradan tashqariga chiquvchi ijtimoiy mavjudot, ushbu tushuncha bilan individuallik tushunchasi chambarchas bog‘liqdir, u hamda boshqa odamlardan ijtimoiy ahamiyati tomonidan farqlanadigan odamdir, individning shaxsi va o‘ziga xos ruhiyati uning takrorlanmasligidadir.
Yosh inqirozi − keskin psixologik o‘zgarishlar bilan xarakterlanadigan ontogenezni alohida nisbatan uzoq davom etmaydigan davrlaridir. Asabiy va jarohatli xarakterga ega tangliklardan farqli ravishda shaxs rivojlanishining me’yoriy ketma-ketligiga zarur bo‘lgan me’yorlarga taalluqlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |