1 Mavzu: XXI asrda marketing tushunchasi. Reja


Download 64.76 Kb.
bet4/8
Sana18.06.2023
Hajmi64.76 Kb.
#1555864
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-mavzu

4. Remarketing - tushib borayotgan talabni jonlashtirish. Masalan, oq-qora tasvirdagi televizorlar bilan birga rangli televizorlarning paydo bо‘lishi natijasida, oq-qora tasvirdagi televizorlar oshxonada, dala-hovlida ishlatishga qulay ekanligiga xaridorlarni ishontirishga tо‘g‘ri keladi.
5. Sinxromarketing - tebranib turuvchi talabni nisbatan barqarorlashtirishga va uni tartibga solishga yordam beradi. Bunday talab mavsumiy va boshqa tebranishlar (masalan, modaning, xaridorlar didining о‘zgarishi) bilan xarakterlanadi. Buning natijasida tovar taklifi talabga tо‘g‘ri kelmaydi. Shuning uchun sinxromarketingning strategiyasi talab va taklif marketingining strategiyasi, talab va taklif meyorini tekislashdan iborat.
6. Qо‘llab-quvvatlovchi marketing – tovarlar va xizmatlar assortimentini tо‘ldirish, yangilash va baholarni pasaytirish orqali mavjud talab va ehtiyoj darajasini saqlab qolishga imkon beradi. Masalan, bizda bir vaqtlar gilam va billur buyumlarning narxlari mavjud talabni qо‘llab-quvvatlash uchun pasaytirilgan edi.
7. Demarketing - haddan tashqari yuqori bо‘lgan talabni pasaytirishga xizmat qiladi (masalan, qimmatbaho buyumlarga narxni oshirish, tijorat va kim oshdi savdosi talabni pasaytiradi).
8. Qarama-qarshi harakat qiluvchi marketing - noratsional ehtiyojlarni qondiruvchi talab va xizmatlarga bо‘lgan talabni kamaytirish yoki butunlay yо‘q qilishga xizmat qiladi. Bunga antireklama vositasida erishiladi.
Marketingning maqsadi korxonaning uzoq muddatli (kelajakdagi) va qisqa muddatli (yillik) dasturi bо‘lishi mumkin. Korxonada marketing faoliyati dasturini tuzishning eng muhim qoidasi ishlab chiqarilgan va bozorga sotishga chiqarilgan mahsulotning sifat va miqdor kо‘rsatkichlarining uzviy bog‘liqligidir.
Korxonalar tashkiliy tuzilishida tijorat yutug‘ini va ilg‘or texnika siyosatini ta’minlovchi xizmatlar (bо‘limlar) birinchi о‘ringa chiqadi. Marketingli faoliyatda eng avvalo, korxona ichidagi bо‘g‘inlar, shu bilan birga kо‘ndalang (gorizontal) va tik (vertikal) aloqalarining ishlashini ta’minlash lozim. Bu sharoitda korxona uchun eng qiyin masala - tik (vertikal) integratsiya shakllarini о‘zgartirishdir. Chunki u korxonaning о‘ziga bog‘liq emas. Bu masalani ijobiy hal qilishga maxsus marketing dasturini yaratish imkon beradi. Raqamlar va dalillar yordamida yuqori boshqaruv organlarini korxona uchun bu dasturni bajarish maqsadga muvofiqligini isbotlashga imkon beradi. Yana bir muhim masala - marketing dasturining qiymatini hisoblab chiqishdir. Bizga ma’lumki, rivojlangan mamlakatlarda tovarlar, xizmatlar chakana narxining yarmidan oshig‘ini marketing xarajatlari tashkil qiladi. Bunga butun marketing faoliyatining xarajatlari, transport, mahsulotlarni omborlarda saqlash, assortiment siyosatini ishlab chiqish, marketingli tadqiqot va boshqa xarajatlar kiradi.

Download 64.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling