1 Mavzu: XXI asrda marketing tushunchasi. Reja


Download 64.76 Kb.
bet7/8
Sana18.06.2023
Hajmi64.76 Kb.
#1555864
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-mavzu

1.3. Kursning tarkibi va uni о‘rganish tartibi
Marketingni boshqarish fani marketingni о‘rganuvchi fanlar ichida yetakchisidir. U, marketingni boshqarishning iqtisodiy asoslarini, uning rivojlanish yо‘nalishlari, qonuniyatlari, shakl va usullarini о‘rganadi. Shuning uchun ham bu fanni о‘rganish marketingning mohiyatini, uning nazariy asoslarini о‘zlashtirishdan boshlanadi. Darhaqiqat, har qanday fanni о‘rganishni boshlamoqchi bо‘lgan о‘quvchi yoki talaba, avvalo shu fanni tekshirmoqchi yoki о‘rganmoqchi bо‘lgan sohaning о‘zi bilan tanishmog‘i lozim. Shunday ekan, marketingning umumiqtisodiyot rivojlanish darajasi bilan bog‘liqligi, umuman kengaytirilgan takror ishlab chiqarishdagi, shu jumladan, bozor iqtisodiyotiga о‘tish sharoitida kengaytirilgan takror ishlab chiqarishda tutgan о‘rni va uni rivojlantirishdagi rolini anglash bu fanni о‘rganishda ijobiy ahamiyat kasb etadi. Bu bilimni о‘zlashtirishning ahamiyati yana shu bilan ta’kidlanadiki, u о‘quvchiga marketingni boshqarish qonuniyatlari, tamoyillari, usul va uslubiyatlari haqida tushuncha beradi.
Kursda marketingni boshqarish amaliyotini tashkil etishga bag‘ishlangan qismi alohida о‘rin tutadi. Bunda marketingni boshqarish organlari oldiga qо‘yiladigan talablar, ularning tarkibiy tuzilishini belgilovchi omillar, shuningdek, marketingni korxonada, vazirlikda qanday yо‘lga qо‘yilganligi, ularning bajaradigan funksiyalari, vazifalari aks ettirilgan. Sof marketing firmalarining boshqarish xususiyatlari maxsus kо‘rib chiqilgan. Marketingni boshqarish axborotlarga asoslanadi. Shuning uchun fanda axborotlar tizimi, turlari, ahamiyati, ularni yig‘ish, qayta ishlash, uzatish masalalariga katta e’tibor berilgan. Bunda marketing infratuzilmasi moddiy texnika bazasi haqida ham fikr bildirilgan.
Har bir tarmoq korxonalarini boshqarishda о‘z usul va uslubiyatlari bо‘lgani kabi, marketingni boshqarish ham о‘z texnika va texnologiyasi bilan ajralib turadi. Shuning uchun ham bu masala hamma boblarda ma’lum darajada, uning mohiyatiga monand kо‘rilsada, lekin kitobda maxsus masala sifatida alohida kо‘riladi.
Navbatdagi masala, mantiqan, marketing jarayonini boshqarishdir. Uni bozorni tadqiq qilish jarayonini boshqarishdan о‘rganilgan. Darhaqiqat, marketingni boshqarish, avvalo, bozorni boshqarish, uning sig‘imi, bо‘g‘imlari, xaridorlarni, talab va taklifni boshqarishdir. Bu masalalarni diqqat bilan о‘rganish о‘quvchiga marketingni boshqarish borasidagi bilimlarini shakllantirishda muhim о‘rin tutishi aniq.
Fanni о‘rganishning navbatdagi bosqichi tovarlarga bag‘ishlangan. Ma’lumki, tovarlar marketing haqidagi fanlarning obyektini va negizini tashkil etadi. Shuning uchun ham tovarlar siyosati nazariy asoslari, ularni turkumlash prinsiplarini, tejab-tergab foydalanish yо‘llarini о‘rganish muhim ahamiyatga ega.
Keyingi bosqichda tovarlarni iste’molchilarga yetkazib berish iqtisodiyotini о‘rganish katta ahamiyat kasb etadi. Bunda tovarlarni ishlab chiqaruvchilardan iste’molchilarga tranzit va ombor usulida yetkazish, uzoq muddatli bevosita xо‘jalik aloqalarini о‘rnatish, mayda va ulgurji savdoni tashkil qilish, litsenziya, "nou-xau" va hokazolar, savdolar, ularning ichidan eng samarali va aynan ma’qulini tanlab olish usullarini о‘rganish ayniqsa maroqli. Shu bо‘limda tovarlar raqobatbardoshligini oshirish masalalariga alohida e’tibor berilgan. Unda raqobat usullari, kо‘rsatkichlari, raqobatbardoshlik darajasini hisoblash usuli ham diqqat bilan о‘rganishga loyiq. Bu bо‘lajak tadbirkorlarga katta yordam berishi mumkin.
Marketingda baho siyosatini boshqarish, uning faoliyatida alohida ahamiyatga ega. Bu bо‘limda aks ettirilgan baholarning о‘zgarish sabablari, ularni belgilash strategiyasi, hisoblash metodi kabi masalalar fanni tо‘ldiradi, uning mazmunini mukammallashtiradi va qiymatini oshiradi. Marketingda investitsiyalar, xizmatlar va reklama siyosatini boshqarish о‘z xususiyatlariga ega. Investitsiyalarni chet ellardan jalb qilish, ularni tashqriga chiqarish katta marketing izlanishlarini talab etadi. Investitsiyalar ham kerakli joyda, kerakli miqdorda va zarur vaqtdagina qadrli. Buni aniqlash investitsiya qilinadigan soha (tarmoq, korxona) ning milliy iqtisodiyotda tutgan о‘rni, investitsiyaga muhtojlik darajasi, kelajagi imidji, obrо‘si, holati, bozordagi о‘rni kabi bir qancha kompleks muammolarni о‘rganishni talab etadi. Bular, albatta, marketingda xizmatlar, reklama siyosati bilan bog‘liq bо‘lib, ilmiy ravishda boshqarish, ularning samaradorligini oshiradi.
Fanning bu qismida kо‘rsatilgan masalalar shunchaki yoritilmay, balki ular tadqiq qilinib, о‘quvchini fikrlashga, amaliyotda qо‘llash imkoniyatlarini izlashga undaydi. Marketingni boshqarishda xо‘jalik mexanizmi, uni rivojlantirish, ijtimoiy-axloqiy marketingni qо‘llash, marketingni mukammallashtirish va uning samaradorligini oshirish kabi dolzarb masalalar kursning sо‘nggi boblarida berilgan.
Bozor iqtisodiyotiga о‘tish jarayonida marketingda manfaatdorlik masalasi dolzarb bо‘lib, uni tо‘g‘ri hal qilish amaliyotda marketingning yangi, progressiv usuli va metodlarini qо‘llash, yanada mukammallashtirish, samaradorligini oshirish muammolari bilan chambarchas bog‘lanib ketadi. Kitobda yoritilgan bu masalalar о‘quvchini marketingni ilmiy asosda boshqarish qanchalik samarali, maroqli kayfiyat ekanligini yana bir karra ishontiradi. Shunday qilib, bu fanning tarkibi, unda yoritilgan masalalar mazmuni shuni kо‘rsatadiki, mazkur fan barcha ijtimoiy fanlar bilan uzviy bog‘langan. Ularni о‘zlashtirish о‘quvchidan keng, har tomonlama va chuqur bilimga ega bо‘lishni talab etadi va uni shakllantirishga xizmat qiladi.
Hozirgi kunda bozor iqtisodiyotining rivojlanish qonuniyatlarini bilmay turib marketingni rivojlantirish, uni boshqarish xususiyatlarini bilish mumkin emas. Masalan, mamlakat tarixini yaxshi egallash, marketingni boshqarishni jamiyatimiz tuzilishining har xil bosqichlarida marketing tuzilishining о‘zgarib borish sabablarini tо‘g‘ri anglab olishga imkoniyat beradi. Darhaqiqat, urush davridagi tovarlar taqsimoti, ularni xaridorlarga yetkazib berish, urushdan keyingi tiklash davridagi tovarlar taqsimotidan о‘ziga xos xususiyatlari bilan farq qiladi.
Marketingni boshqarish fani iqtisodiy fan sifatida birinchi navbatda, barcha iqtisodiy fanlar bilan, shu jumladan, statistika, buxgalteriya hisobi, mikroiqtisodiyot, ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish kabi fanlar bilan uzviy bog‘langan. Bu fanlar marketingni anglash uchun bazis va uni iqtisodiy tadqiq qilish uchun qurol bо‘lsa, marketingni boshqarishni tashkil etish va hokazolar haqidagi umumiy tushuncha bersa, "Marketingni boshqarish" fani bu sohani mukammal va maxsus о‘rganadi. Marketingni boshqarishni har bir tarmoqdagi о‘ziga xos xususiyatlari, uning metod va metodologiyalari, ularning rivojlanish xususiyatlari va qonuniyatlari, davlatning marketingni takomillashtirish bо‘yicha kо‘rsatma va qarorlarining amalga oshirilishini, marketing organlarining faoliyatini batafsil о‘rganadi.
Marketingni boshqarishning ayrim masalalari ushbu kitobda umumiy tarzda berilgan. Chunki ular marketing sohasida mutaxassislar tayyorlovchi iqtisodiy institut (universitet)larning о‘quv rejasiga kiritilgan maxsus fanlar tomonidan chuqur va keng yoritiladi. Bunday fanlar jumlasiga "Marketing asoslari", "Biznes marketing", "Korxona marketingi", "Marketing faoliyatini istiqbollash" kabi fanlar kiradi. Masalan, «Korxonalar marketingi» fanida barcha marketing masalalari korxonalar nuqtai nazaridan о‘rganiladi. Hatto, marketingni boshqarish masalasi faqat korxonalarda marketingni tashkil qilish va uning vazifalari yoritiladi. Marketingni boshqarish fanida bu masalalar yanada chuqurroq qо‘rib chiqiladi. Unda korxonalar marketingni tashkil qilish masalasi bilan bir qatorda, uni boshqarish texnikasi, texnologiyasi, meyoriy asoslari, axborot tizimi va boshqalar kompleks ravishda о‘rganiladi. Agar «Korxonalar marketingi» fanida ishlab chiqarish vositalariga bо‘lgan ehtiyojni aniqlashdan tortib, mahsulotni sotish bilan bog‘liq bо‘lgan boshqa jarayonlar konkret kо‘rib chiqilsa, «Marketingni boshqarish» fanida ular qanday boshqarilishi bilan tanishtiriladi. "Marketingni boshqarish" fani bilan "Biznes marketing", "Marketing faoliyatini istiqbollash" kabi fanlar bir-birini tо‘ldiradi. Masalan, agar "Biznes marketing" fanida milliy iqtisodiyotning ayrim tarmoqlarida marketingni tashkil etish, biznes-rejani tuzish kabi masalalar о‘rganilsa, "Marketingni boshqarish" fanida bu muammolar boshqarish nuqtai nazaridan kо‘rib chiqiladi. Shunday qilib, marketingni boshqarish fani oliy ma’lumotli marketologlar tayyorlashda muhim bilim manbai, qurol bо‘lib xizmat qiladi.

Download 64.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling