1 Mavzu: XXI asrda marketing tushunchasi. Reja


Haddan tashqari yuqori bо‘lgan talab


Download 64.76 Kb.
bet3/8
Sana18.06.2023
Hajmi64.76 Kb.
#1555864
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-mavzu

7. Haddan tashqari yuqori bо‘lgan talab. Bozordagi talabni qondirish mumkin bо‘lgan darajadan talab darajasi yuqori bо‘ladi. Bu holda marketingning vazifasi - talabni vaqtinchalik yoki doimiy ravishda pasaytirish yо‘lini izlab topishdir. Bu vaziyatda baholarni kо‘tarish orqali talabni qisqartirishga qaratilgan rag‘batlantirishlar, servisni pasaytirish va boshqa choralar yordamida haddan tashqari yuqori bо‘lgan talabni kamaytirishga harakat qilinadi. Bunday holdada marketingning maqsadi - talabni butunlay yо‘q qilish emas, balki faqat uning darajasini pasaytirishdan iborat.
8. Noratsional talab. Tovarga bо‘lgan talabga qarshi harakat qilish. Sog‘liqqa zararli tovarlarga talabni kamaytirish aniq maqsadli harakatlarni talab qiladi, sigaretlar, spirtli ichimliklarning tarqalishiga qarshi turli tadbirlar о‘tkaziladi. Marketingning vazifasi - mahsulot zarari tо‘g‘risida ma’lumotlar tarqatish, baholarni kо‘tarish, tovarlarga egalik qilishni cheklashlar orqali, iste’molchilarni о‘z odatlaridan voz kechishga ishontirishdir. Shunday qilib, talabning sakkiz holatiga tо‘xtalib о‘tdik. Mana shu holatlarning har biriga tо‘g‘ri keladigan marketing turi mavjud. Bular quyidagilardan iborat:
1. Konversion marketing - salbiy talabni bosib о‘tishga yordam beradi, ya’ni yо‘q joyda talabni vujudga keltiradi, bunga ishontirish va tovar tо‘g‘risidagi yolg‘on ma’lumotlarni inkor etish orqali erishiladi. Masalan, urushdan keyingi yillarda sotuvda, sanoatda ishlab chiqarilgan mayonez paydo bо‘ldi. Xaridorlar buni tezda qabul qilmadilar. Faqat reklama vositasi bilangina unga talab vujudga keltirildi va taklif muvozanatlashtirildi.
2. Rag‘batlantiruvchi marketing - talabni uyg‘ontiradi. Tovarlar xaridorni qiziqtirmasa, bugungi kunda о‘z qiymatini yо‘qotgan bо‘lsa (masalan, gramplastinkalarning bir qancha turlari), tovarlar notо‘g‘ri joylashtirilgan bо‘lsa (masalan, jun etiklar, ya’ni valenkalar janubda kiyishga mos bо‘lmasa) va boshqa bir qancha hollarda talab mavjud bо‘lmasligi mumkin.
3. Rivojlanuvchi marketing - yashirin talabni qamrab oluvchi va uni real talabga aylantiruvchi (masalan, bugungi kundagi video texnika, shaxsiy kompyuterlarga bо‘lgan talab)dir .

Download 64.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling