1-mavzu. Yangilanish davrida ona tili ta’limini o‘qitishning huquqiy-me’yoriy asoslari. Reja
Download 43.57 Kb.
|
1-mavzu kompitentlik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlat tili haqida”gi Qonun
To‘rtinchisi. Joriy yilning 6-may kuni Davlatimiz rahbari chet tillarni o‘rganish masalalariga bag‘ishlab videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi. Unda “Uchinchi renessans poydevorini mustahkam qilish uchun ham chet tillarini o‘rganishni kuchaytirishimiz kerak... Bu qat’iy talab har bir ta’lim muassasasi rahbari faoliyatining asosiy mezoniga aylanishi lozim. SHuning uchun, joylarda chet tillarini o‘rganishga etarli sharoit yaratish va uni ommalashtirish barcha rahbarlarning asosiy vazifasi bo‘lishi lozim. Zamonning o‘zi bizga shunday talab qo‘yyapti”6, deb ta’kidladi Prezident.
Ayni paytda mamlakatimizdagi 1400ta maktabda chet tili o‘qitish sifati mutlaqo qoniqarsiz ahvolda, maktablardagi 11 ming o‘qituvchidan 49 foizi testdan o‘ta olmagan. Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, “Yhngi O‘zbekiston quryapmiz, lekin tizimga vaqtida e’tibor bermaganimiz uchun bugungi kunda, ta’lim tizimida 2 mingdan ortiq chet tili o‘qituvchilari lavozimi vakant bo‘lib qolmoqda. Shuningdek, 1 ming 400ta maktabda chet tili o‘qitish sifati mutlaqo qoniqarsiz ahvolda. Bu ko‘rsatkich Qashqadaryoda – 380ta, Samarqandda – 287ta, Jizzaxda – 140ta, Toshkent viloyatida – 120ta, Surxondaryoda – 90tani tashkil etadi”7. Tanqidiy ruhda o‘tgan ushbu anjumanning tarixiy ahamiyati shundaki, u yangilanish davrida o‘zbek hamda xorijiy tillarni o‘qitishda beqiyos imkoniyatlar eshigini ochdi. Ona tili va adabiyoti o‘qituvchilarining malakasini oshirish jarayonining sifati va natijadorligini zamon talablari darajasiga ko‘tarish – bugunning dolzarb vazifasidir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6108-son Farmoni hamda uning ijrosini ta’minlash maqsadida shu sanada qabul qilingan “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4884-son Qarorida malaka oshirish tizimini “hayot davomida o‘qish” tamoyili asosida takomillashtirib borish vazifasi qo‘yildi. Prezidentning 2021-yil 25-yanvardagi “Xalq ta’limi sohasidagi ilmiy tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4963-sonli Qarorida esa ushbu tizimda eng zamonaviy, ilg‘or va shaffof tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini tatbiq etish masalalariga alohida e’tibor berildi8. Mazkur hujjat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayoniga yangicha yondashuv uchun huquqiy asos bo‘ldi. Malaka oshirish tizimida eskirgan, “davrini yashab bo‘lgan” andozalardan voz kechildi. Mamlakatimizda til va adabiyot ta’limini o‘qitish, muallimga nisbatan hurmat muhitini yaratish borasida ulug‘vor ishlar amalga oshirilmoqda. Bugun o‘qituvchining mavqei ortib, jamiyatdagi eng obro‘li insonga aylanib borayotgani ayni haqiqatdir. “Davlat tili haqida”gi Qonunni bugungi kun talablari nuqtayi nazaridan takomillashtirgan holda uning yangi tahrirdagi loyihasini ishlab chiqilishi rejalashtirildi. Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashkil etildi. Quyidagilar uning asosiy vazifalari belgilandi: davlat tilini rivojlantirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoringni amalga oshirish, ushbu sohada jamoatchilik nazoratining samarali shakllarini joriy etish; davlat organlari va tashkilotlari, jumladan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining davlat tilini rivojlantirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini tashkil qilish boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish; davlat tilining amal qilishi bilan bogʻliq muammolarni aniqlash va bartaraf etish yuzasidan, shuningdek, uni rivojlantirish sohasida yagona davlat siyosatini yuritish boʻyicha takliflar tayyorlash; oʻzbek tilining yozma nutqi me’yor va qoidalarini ishlab chiqish boʻyicha hamda lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini toʻliq joriy etish borasidagi ishlarni jadallashtirish; davlat tilini rivojlantirish boʻyicha NHHlar loyihalarini ishlab chiqish; davlat tilini rivojlantirish boʻyicha dasturlar va “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish, ularning amalga oshirilishini nazorat qilish, shuningdek, “Oʻzbek tili bayrami kuni”ni nishonlash boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish; ilmiy asoslangan yangi soʻz va atamalarni iste’molga kiritish, zamonaviy atamalarning oʻzbekona muqobillarini yaratish va bir xilda qoʻllanishini ta’minlash, geografik va boshqa toponimik ob’yektlarga qonun hujjatlariga muvofiq nom berilishi borasidagi faoliyatni monitoring qilish va muvofiqlashtirish; davlat tilini rivojlantirishga oid ilmiy-tadqiqot ishlarini qoʻllab-quvvatlash, bu sohada xalqaro hamkorlikni amalga oshirish. 2 oy muddatda ilmiy asoslangan yangi soʻz va atamalarni rasmiy iste’molga kiritish boʻyicha Atamalar komissiyasini tashkil etish vazifasi topshirildi. Shuningdek, 2020-2030 yillarda oʻzbek tilini rivojlantirish hamda til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi va davlat dasturi loyihalarini ishlab chiqilishi rejalashtirildi (hujjatlar loyihalari 2020-yil 1-iyunga qadar tayyor boʻlishi lozimligi qayd etildi). 2017-yilning 15-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 140-sonli Qarori bilan “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida”gi Nizom bevosita umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining faoliyatini amalga oshirishga tegishlidir. “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida”gi Nizom O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta ta’limni tashkil etish va umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining faoliyatini amalga oshirish tartibini belgilaydi. Mazkur Nizom 10 bob 85 banddan iborat bo‘lib, uning talablari barcha umumta’lim muassasalariga nisbatan tatbiq etiladi. Xususan, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining huquqiy maqomi bir vaqtning o‘zida 2 ta qaror bilan tartibga solingan edi (Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 21-noyabrdagi 440-son va 1998-yil 13-maydagi 203-son qarorlari). Shu bilan birga ushbu qarorlarda ayrim normalarning boshqa qonun hujjatlariga zid, shuningdek, unda o‘z kuchini yo‘qotgan Hukumat qarorlariga havolalar mavjud bo‘lgan. Mazkur Nizom tasdiqlangunga qadar ta’lim tizimida bir qator o‘z yechimini kutayotgan masalalar mavjud edi. Jumladan, sinflarda o‘quvchilar sonining me’yordan ortib ketganligi, 6 yoshli bolalarning maktabga qabuli, umumiy o‘rta ta’limga to‘liq qamrab olinishi va o‘quvchilarning harakatini doimiy nazoratga olish uchun har bir umumta’lim muassasasiga ma’lum bir hudud (mikrohudud) biriktirilmaganligi, birinchi sinfga o‘quvchilarni qabul qilish uchun topshiriladigan hujjatlar ro‘yxatiga aniqlik kiritilmaganligi, 8-9-sinflarda jismoniy tarbiya fanidan darslar guruhga bo‘linmay olib borilayotganligi, olis (tog‘li, cho‘lli) aholi punktlarida umumiy o‘rta ta’lim maktablarining filiallari, kam komplektli sinflar tashkil etish tartibi, logopediya shoxobchalari hamda kuni uzaytirilgan guruhlar faoliyatiga oid masalalar mavjud edi. Ushbu Nizom tasdiqlanganligi natijasida yuqoridagi masalalar o‘z yechimini topdi. Birinchidan, barchamizga ayonki, ayrim umumta’lim maktablarida o‘quvchilar soni 40-50 nafarni tashkil etadi. Ushbu jarayonni tartibga solish maqsadida, sinfda o‘quvchilar soni 35 nafardan oshmasligi, dars jarayonida o‘quvchilar bilimini nazorat etishga va sanitariya normalariga amal qilinishiga sharoit yaratildi. Bu esa o‘quvchilarning sifatli ta’lim-tarbiya olishlariga imkon yaratadi. Ikkinchidan, maktab yoshidagi bolalarning ota-onalariga yengillik yaratish maqsadida, 203-sonli Nizomda bolalarni umumta’lim maktabiga qabul qilish tibbiy-psixologiya-pedagogika komissiyasining tavsiyanomalari bo‘yicha 6-7 yoshdan amalga oshirilgan bo‘lsa, mazkur yangi tahrirdagi Nizomda umumta’lim muassasalarining birinchi sinfiga har yili 31 avgustga qadar (shu kuni ham) 6,5 yoshga to‘ladigan barcha bolalar tibbiy-psixologiya-pedagogika komissiyasining tavsiyanomalarisiz faqatgina tibbiy xulosaga muvofiq qabul qilinishi belgilab berildi. Qabul qilinayotgan o‘quvchilar umumta’lim muassasasining birinchi sinfiga tayyorgarlik darajasidan qat’i nazar, tanlovlarsiz qabul qilinadi. O‘qishga qabul qilinayotgan bolalarning ota-onalari umumta’lim muassasasi ustavi, ichki tartib-qoidalari va ta’lim-tarbiya jarayonini tartibga soluvchi boshqa hujjatlar bilan tanishtirilishi lozim. Tegishli yilning 31-avgustiga qadar 6-5-yoshga to‘lmagan, 1-sinfda o‘qish istagini bildirgan bolalarning ota-onalari bilan umumta’lim muassasasining pedagog xodimlari va psixologi tomonidan bolani maktabda o‘qishga jismonan va ruhan tayyorlash bo‘yicha tushuntirish ishlari olib boriladi. Uchinchidan, ota-onalarning sarsongarchiligi va turli qog‘ozbozlikning oldini olish maqsadida, maktabda birinchi sinfga qabul qilish uchun ota-onalar tomonidan taqdim etiladigan hujjatlarning yagona shakli ishlab chiqilib, hujjatlarning aniq ro‘yxati tasdiqlandi. ota-onalar tomonidan umumta’lim muassasasi direktori nomiga ariza: ota-onalarning fuqarolik pasporti (fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi) nusxasi(doimiy propiskasi yoki turgan joyi bo‘yicha hisobga olinganligi haqidagi qayd yozuvi ko‘rsatilgan holda); bolaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi nusxasi; bolaning sog‘lig‘i to‘g‘risida tibbiy ma’lumotnoma; bolaning 3,5x4,5sm hajmdagi 4 dona rangli fotosurati kabilar taqdim etiladi. To‘rtinchidan, maktab yoshidagi bolalarni umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga to‘liq qamrab olish ishlarini samarali tashkil etish maqsadida, tuman (shahar) hokimliklarining qarori bilan maktablarga mikrohududlar biriktirilishi hamda hudud doirasida pedagog xodimlar tomonidan bolalarni birma-bir (uyma-uy yurib) ro‘yxatga olish tartibi belgilab berildi. Umumta’lim muassasasi rahbariyati mazkur muassasaga biriktirilgan hududdagi maktab yoshidagi bolalarni o‘z vaqtida umumta’lim muassasasiga o‘qishga jalb qilish uchun mas’ul hisoblanadilar. Beshinchidan, o‘quvchilarni sinfdan-sinfga, bir umumta’lim muassasasidan boshqasiga o‘tkazishda o‘quvchilar harakati nazoratini kuchaytirish maqsadida, umumiy o‘rta ta’lim muassasasida ish hujjatlarini yuritilishi aniq tartibga solindi. Oltinchidan, 8-9 sinf o‘quvchilarning soni 25 nafar yoki undan ziyod bo‘lganda o‘quvchilarning fiziologik rivojlanishini hisobga olib, ularning sportga bo‘lgan qiziqishini orttirish hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish uchun jismoniy tarbiya fanidan o‘g‘il bolalar va qiz bolalar alohida guruhlarga bo‘linib, mashg‘ulotlar tashkil etilishi belgilandi. Yettinchidan, mazkur qarorda olis hududlardagi maktablarning filiallarini tashkil etish, kam komplektli sinflar bilan ishlash tartibi takomillashtirildi. Maktabda kuni uzaytirilgan guruhlar va logopediya shaxobchalari tashkil etish va ularning faoliyatini olib borish tartibi belgilandi. Olis (tog‘li, cho‘lli) aholi punktlarida yashovchi maktab yoshidagi bolalarning umumiy o‘rta ta’lim olishlarini tashkil etish maqsadida tegishli tuman (shahar) hokimliklarining qarori asosida umumta’lim muassasalarining filiallarida o‘quvchilar soni 100-180 nafar bo‘lganda tashkil etiladi. Davlat umumta’lim muassasalari faoliyatini moliyalashtirish quyidagi manbalar hisobidan amalga oshiriladi: - O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari; - umumta’lim muassasasining tadbirkorlik faoliyatidan, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan shartnoma asosida pullik xizmat ko‘rsatish, bino va inshootlarni, jihoz va anjomlarni ijaraga berishdan olingan daromadlar; - ota-onalarning istaklariga ko‘ra, umumta’lim muassasalarida pulli xizmat asosida 5-6 yoshli bolalarni umumiy o‘rta ta’limga tayyorlov guruhlari ham tashkil etilishi mumkin. Qayd etish joizki, mazkur Nizom Umumiy o‘rta ta’limning 5-9-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi 1-3-kurslarda ta’limni tashkil etishga qaratilgan. Ushbu Nizomdagi talablar bugungi kundagi ta’limning shiddat bilan yangilanayotganini hisobga olgan holda yana tahrirlashni, takomillashtirishni taqozo etmoqda. Download 43.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling