1-Mavzu: yosh davrlari psixologiyasi fanining tadqiqot sohasi va muammolari
Ikkinchidan, go’dak qatnashadigan har qanday favquloddiy holat va muammoli vaziyatda kattalar markaziy siymoga aylanadilar. Uchinchidan
Download 0.53 Mb.
|
Yosh davrlari Majmua
Ikkinchidan, go’dak qatnashadigan har qanday favquloddiy holat va muammoli vaziyatda kattalar markaziy siymoga aylanadilar.
Uchinchidan, go’daklik davrining oxirida hamkorlikdagi o’yin faoliyati individual o’yin faoliyatiga aylanadi. SHunday qilib, go’daklik davrida kattalar bilan faol aloqaga kirishish ehtiYOji tug’iladi va bu aloqa nutq davrigacha muloqotning o’ziga xos yangi shakli sifatida bolaning o’sishida muhim rol o’ynaydi. Bir Yoshgacha davrda paydo bo’lgan ehtiYOjning tobora chuqurlashuvi bilan nutq davrigacha muloqot cheklanganligini munosibligi bir Yoshdagi inqirozni keltirib chiqaradi. Vujudga kelgan qarama-qarshilik o’z echimini nutq orqali muloqot davrida topadi va bola o’sishning bir bosqichidan ikkinchi bosqichga o’taYOtganini ifodalaydi. Go’dakning nutq faoliyati takomillashgan sayin muloqotning mazmunini boyib, ko’lami kengayib borali. Natijada haqiqiy ma`nodagi shaxslararo munosabat vujudga keladi, go’dakning shaxsga aylanishi va ijtmoiylashuviga keng imkoniyatlar yaratadi. Mazkur davrda go’dakning o’sishini ta`minlovchi ob`ektiv sharoitlar yaratilishi – bolaning faolligi ortish uchun psixologik negiz bo’ladi. Mohir tadqiqotchi N. M. Askarinning fikricha, katta Yoshdagi odamning tabassumi YOki YOqimli ovozidan boshqa xech qanday qo’zg’atuvchi go’dakda shunchalik quvonch va shodlik his-tuyg’usini vujudga keltira olmaydi. SHu sababli quvonch tuyg’usini uyg’otish va mustahkamlash uchun tarbiyachilar go’dak bilan tez-tez muloqotda bo’lishi, YOqimli ohangda, samimiy suhbatlashib turishi lozim. Harakatning psixologik xususiyatlari va mexanizmlarini qator tajribalar asosida o’rgangan olimlardan D. B. El`konning ishonch bilan ta`kidlashicha 2-3 haftalik go’dakda ko’z konvergentsiyasi vujudga kelsa ham, o’z nigohini turli jismlarga qaratib turish jaraYOni juda qiyin kechadi, haYOtining 3-5 haftalarida esa uning nigohi oz fursat bo’lsa-da, muayyan ob`ektga to’plana boshlaydi. 4-5 haftalik go’dakda 1-1,5 metr naridagi jismlarni kuzatish ko’nikmasi hosil bo’ladi. Ikki oylik bola 2-4 metr uzoqlikdagi narsani kuzatishni o’rganadi, u uch oyligida 4-7 metr oraliqdagi jismlarni ham payqay oladi, nihoyat, 6-10 haftalik go’dak hatto, aylanaYOtgan predmetlarni harakatini idrok qilish imkoniyatiga ega bo’ladi. Keyinchalik hissiy organlarining ko’z bilan turli funktsional aloqalar o’rnatishi qaror topadi. Go’dak to’rt oyligida uning jismga tikilish va uni tomosha qilishi nisbatan barqaror bo’ladi. YUqoridagi fikrlarga qaramay, mazkur Yoshdagi bolalarda qo’l harakati hali beihtiYOr xususiyatga ega bo’lib, jismlarni maqsadga muvofiq harakatlan tirishdan ancha uzoqdir. Go’dak 4 oyligidan boshlab narsaga qo’lini YO’naltiradi, asta-sekin unda paypaslash uquvi namoYOn bo’la boshlaydi, 5-6 oyligida predmetni ushlash va uni o’ziga tortib olish (qo’ldan yulib olish) ko’nikmalari shakllanadi. Bola 6 oyligida unda o’tirish, turish, emaklash, yurish, gapirish ko’nikmalari shakllanadi. D. B. Elkonin o’z tadqiqotlarida ko’zning rivojlanishi 4 oylik go’dakda yarim harakatlarni va harakatlanuvchi ob`ektlarni kuzatish imkonini yaratadi, degan xulosa chiqaradi. Mazkur Yosh davrida predmetning harakati ko’z harakatini vujudga keltiradi. Uning rivojlanishi qo’l bilan paypaslash harakati paydo bo’lishi bilan boshlanadi. Go’dakning harakati o’z qo’lini silash va ushlab ko’rishdan boshlanib, choyshab va ko’rpachalarni paypaslashga borib etadi. Odatda, bola qo’lini uzoq vaqt ko’rpacha va choyshab ustida harakatlantiradi. Tashqi ta`sirga javob sifatida paydo bo’lgan psixik jaraYOnning mazmunini qo’lni predmet ketidan emas, balki predmet bo’ylab harakat qilishidan iboratdir. D. B. Elkonin va V. S. Muxinalarning fikricha, bolada 5 oyligidan jismlarni ushlash harakati boshlanadi: unda predmetni paypaslash uchun qo’lini uzatish va uzatilgan qo’llarini ko’zdan kechirish YOki tekshirish vujudga keladi. Bunda ushlab olish sodir bo’lmasa-da, ushlashga intilish bo’ladi; vaholanki, go’dakning qo’l barmoqlari narsani ushlab turish imkoniga ega bo’lmaydi. Go’dak bir necha marta natijasiz harakat oqibatida kaft va barmoqlarini yaqinlashtirib, shunday qulay holat yaratadiki, qo’lining uchi jismga tegishi bilanoq uni ushlab oladi. Qo’l ushlash harakatining vujudga kelishi ham go’daklik davrining muhim rivojlanish pallasi hisoblanadi. CHunki qo’l bilan ushlash harakati, birinchidan, ko’rish harakatini muvofiqlashtirsa, ikkinchidan, mazkur psixologik holat birinchi YO’naltirilgan harakatni ifodalaydi, uchinchidan, jismlarni ushlashga intilishning o’zi predmet bilan turli harakatlarni bajarish (manipulyatsiya) ning eng qulay shartidr. Ko’pgina psixologlarning fikricha, olti oylik go’dak YOtgan joyidan turib o’tirishga harakat qiladi. CHunki bunda predmetni tutib turgan qo’lning harakatini kuzatish imkoni tug’iladi, o’tirganda qo’l harakatlari bilan ko’ruv idrok maydoni o’zaro mutanosiblashadi. 7 oylikdan bolada predmetni idrok qilish va ushlab olish harakati o’rtasida uzviy aloqa vujudga keladi. Masalan, bola o’yinchoqni ko’rishi bilanoq uni olish uchun qo’lini cho’zadi. N. L. Figurin va M. P. Denisovalarning fikricha, yarim Yoshgacha davrida go’dakka jismlarga takroriy intilishning paydo bo’lishi harakatning rivojini yangi bosqichga ko’taradi. Malliflar mazkur holatni chuqurroq o’rganish maqsadida sinaluchilar har xil rangli va hajmli kub, tsilindir, prizma kabi geometrik jismlarni ko’rsatishgan. Har qaysi jism bolada faol orientr (chamalash, mo’ljal) refleksini vujudga keltirgan: bola avval jismni ko’zdan kechirgan, keyin uni qo’liga olgan, u bilan mashg’ul bo’lgan, so’ngra unga uzoq termilgan, qaytadan ushlab ko’rgan, u qo’lidan bu qo’liga bir necha marotaba olib o’ynagan. Jism 15-25 daqiqa go’dakning qo’lida turgan, olingan va undan farqli yana bitta jism bilan qo’shib, go’dakning oldiga qo’yilgan. Tajribada bola tanish jismga mutlaqo e`tibor qilmay, «yangi»siga talpinavergan. Tadqiqotchilarning ta`kidlashlaricha, «yangilik» alomati bola uchun muhim ahamiyat kasb etgani sababli unda orientr refleksi borgan sari faollashib borgan. SHuning uchun «yangi»lik alomatining qo’zg’atuvchilik xususiyati bolaning faoliyatida uchraydigan takroriy va uzluksiz harakat mexanizmlarini tushunishga, idrok qilinaYOtgan narsalarga faol ko’z yugurtirish va predmet bilan turli harakatlarni bajarishning psixologik mohiyatini ochishga xizmat qiladi. R. YA. Abramovich - Lextman go’dakning bir Yoshgacha davrida predmetlar bilan harakat qilishini o’rganib, oltita rivojlanish bosqichidan iborat ekanligini aytadi. Bular: faol sergaklik (tetiklik) - 2 haftalikdan 4-5 haftalikkacha; sensor faollik – 1,5 oylikdan 2,5-3 oylikkacha; 3 harakatoldi – 2,5-3 oylikdan 4-4,5 oylikkacha; sodda «sermahsul» harakat – 4 oylikdan 7 oylikkacha; o’zaro bog’langan (uyg’un) harakat – 7 oylikdan 10 oylikkacha; funktsional harakat – 10-11 oylikdan 12-13 oylikkacha. Predmetning xususiyatiga qarab bola harakatidagi o’zgarishlarni M. YU. Kistyakovskaya, D. B. Elkonin, E. A. Arkin, V. S. Muxina, N. A. Menchinskaya va boshqalar, retseptor faoliyat mexanizmlarni I. P. Pavlov va uning shogirdlari F. R. Dunaevskiy va boshqalar o’rganishgan. Ularning talqinicha, emaklash – go’dakning fazoda mustaqil holda o’rin almashtirishi, harakat qilishning dastlabki ko’rinishidir. Mustaqil yurish – go’dakning insonlarga xos YO’sinda fazoda siljish, joyidan qo’zg’alishni amalga oshirish uchun muayyan darajada tayYOrgarlikni taqozo qiluvchi harakatlarning yangi ko’rinishidir. SHunday qilib, go’dakning jismlar bilan bevosita amaliy aloqaga kirishuvi va ular YOrdamida harakatlanish narsalarning yangi xossa va xususiyatlarini bilib borishi, ular bilan munosabatini yanada kengaytirishi uchun imkon yaratadi. SHuning uchun katta Yoshdagi odamlar bu davrda go’dakning ehtiYOjlarini to’la qondirishga harakat qilishlari kerak. SHundagina ularning bola psixik dunYOsiga muntazam va maqsadga muvofiq ta`sir etishi bola bosh miya katta yarim sharlari po’stining faoliyatini takomillashtiradi. Go’dak haYOtining dastlabki oylaridan boshlaboq, o’yin faoliyati uning haYOtida muhim o’rin egallaydi va go’dakda ko’rib va eshitib idrok qilish uquvini o’stiradi, jismlarning rangi, shakli, katta-kichikligini ajrata olish qobiliyatini rivojlantiradi. O’yin faoliyati go’dakning borliqni bilishida va uni aks ettirishida muhim rol o’ynaydi. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling