1-Mavzu: yosh davrlari psixologiyasi fanining tadqiqot sohasi va muammolari
Yoshli bolalarning psixologik-pedagogik ko’rigi to’g’risida
Download 0.53 Mb.
|
Yosh davrlari Majmua
6 Yoshli bolalarning psixologik-pedagogik ko’rigi to’g’risida.
6 Yoshli bolalarni maktabga qabul qilish zararli emasmi ? Mustaqil O’zbekiston Respublikasining kelajagi ko’p jihatdan Yosh avlodning qanday tarbiyalanishiga bog’liqdir. Bu o’z navbatida ta`lim tizimining samarali va serqirra usullarini belgilash va ayniqsa, kichik Yoshdagi bolalarimizni boshlang’ich maktab ta`limiga talab darajasida tayYOrlash muammosini ijodiy hal etish vazifasini qo’ymoqda. Barchaga ma`lumki, bolani maktabda muvaffaqiyatli o’qishi maktabgacha tarbiya davridagi tayYOrgarlik darajasiga bog’liq. Bolani maktabda o’qitishga – haYOtning yangi bosqichiga tayYOrlash uning shaxsi rivojlanishining barcha tomonlarini o’z ichiga oladi va maktabgacha tarbiya davrida amalga oshiriladi. Maktab dasturlarining o’zgarishi bilan bog’liq holda maktabga kelaYOtgan bolalarning rivojlanishi darajasiga talablar ortib bormoqda. Bu rivojlanish darajasi maktabda o’qishga tayYOrgarlik bilan belgilanadi. Maktabga borganda, bolaning haYOt tarzi o’zgaradi, unda atrofdagi odamlar bilan yangicha munosabat tizimi paydo bo’ladi, faoliyatning yangi formalari shakllanadi. YAngi haYOt tarzi yangi faoliyat shakllarini amalga oshirish uchun bolada irodaviy tayYOrgarlikni (bolalar o’z xulqini, bilish faoliyatini boshqarishni, uni o’quv malakalariga YO’naltirishni bilishlari lozim) tarbiyalash, o’zida ahloqiy, motivatsion tayYOrgarlikni, o’z-o’zini nazorat qilish malakalarini mujassamlashtirgan psixologik tayYOrgarlikka ahamiyat berishi lozim. SHuningdek, bolalarni maktabda o’qishga tayYOrgarligi ularning bilish faoliyati rivojlanishi darajasiga bog’liq, bilish jaraYOnining rivojlanish darajasi qancha yuqori bo’lsa, bolalar tomonidan o’zlashtirilaYOtgan bilimlar sifati shuncha yaxshi bo’ladi. Bolani maktabda o’qitishga tayYOrlashda uning ahliy jihatdan tayYOrligi 3 ta asosiy komponentdan, ya`ni: uni o’rab turgan tabiat, odamlar haYOti, san`at dunYOsi haqidagi bilimlarni o’zlashtirish; unda xotira, diqqat, nutq va tafakkur kabi ruhiy jaraYOnlarning ma`lum darajada rivojlanganligi va nihoyat bolada o’qituvchilar aytgan o’qish faoliyati elementlaridan iborat. Bolalarga tabiat hodisalari va atrofdagi haYOt haqida bilimlarni berish va ularga tegishli fikrlarni shakllantirish, ularni maktabga tayYOrlashda juda katta ahamiyat kasb etadi. Ma`lum darajadagi bilim mazmuniga fikrlash sifatini tahlil (analiz) qilish, solishtirish, umumlashtirsh qobiliyatlari shakllanadi. Boshqacha qilib aytganda, tegishli bilimlarga ega bo’lmay turib, bola aqliy jihatdan rivojlanmaydi. Ammo ko’pchilik maktabgacha Yoshdagi bolalarning rivojlanishi yuqorida ko’rsatib o’tilgan talablarga javob bermaydi. Bolani maktabda o’qishga tayYOr lashda asosan ota-onalar, yaqinlari,bog’chadagi tarbiyachilar ishtirok etadilar. Bolani maktabga o’qishga tayYOrlashning takomillashtirilgan usullari, YO’llarini ishlab chiqish hozirgi vaqtda alohida ahamiyat kasb etmoqda. Bundan tashqari, hozirgi vaqtda Respublikamizda bog’chadagi bolalarni ng bilimlar darajasini belgilaydigan standartlar ishlab chiqish ko’zda tutil moqda. Bolalarni maktabga o’qishga tayYOrliklari standartlarini ishlab chi qish ularning o’qishga tayYOrliklari turli darajalarini aniqlashga imkon be radi va bolalarni maktabga YO’naltirishga differentsiatsiya qilishga zamin yaratadi. Tekshirish jaraYOnida eksperimentator suhbat, kuzatish, savol-javob, baholash usullaridan foydalanadi. «Ta`lim to’g’risida»gi Qonun, Kadrlar tayYOrlash Milliy dasturi talab lari asosida olti Yoshli bolalarning maktabda o’qishga tayYOrlik darajasini o’rganishga kompleks YOndashish,o’tkaziladigan psixologik - pedagogik tashxis ning samaradorligini taminlaydi. Maktabga psixologik tayYOrlik bolaning ilk o’quv motivlarining shakl langanligi, bilish psixik jaraYOnlarining etarli darajada rivojlanganligi yangi ijtimoiy muxitga moslashuv va jamoaviy xamkorlik ko’nikmalarining mavjudligi, ma`naviy ruxiy salohiyat, shuningdek aqliy imkoniyatlarning ta`lim talablariga mutonosibligi bilan izoxlanadi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1998 yil 13 maydagi «O’zbekiston respublikasida umumiy o’rta ta`limni tashkil etish to’g’risida»gi 203- sonli qarori asosida tashkil etilgan o’quvchilarni kasb – hunarga YO’naltirish va psixologik- pedagogik tashxis Markazlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi, o’quvchilarni kasb-hunarga YO’naltirish va psixologik-pedagogik Respublika tashxis Markazi hamda hududiy tashxis Markazlari to’g’risidagi Nizom talablariga muvofiq ruhiy va jismoniy jihatdan sog’lom bo’lgan olti Yoshli bolalarni maktabga tayYOrlik darajasini aniqlash maqsadida psixologik-pedagogik ko’rik o’tkaziladi. Quyida shu ko’rikni o’tkazish to’g’risidagi Nizomni ko’rib chiqamiz va taxlil qilamiz. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling