1-Mavzu: yosh davrlari psixologiyasi fanining tadqiqot sohasi va muammolari
Xo’sh, matematikaga qobiliyatli bo’lgan o’quvchilarning aqliy faoliyati nima bilan xarakterlanadi?
Download 0.53 Mb.
|
Yosh davrlari Majmua
Xo’sh, matematikaga qobiliyatli bo’lgan o’quvchilarning aqliy faoliyati nima bilan xarakterlanadi?
O’quvchilarning matematikaga bo’lgan qobiliyatlarining komponentlari nimalardan iborat? Avvalo shu narsani ta`kidlash kerakki, matematikaga bo’lgan qobiliyatlar matematik masalalarni (tom ma`nodagi masalalarni) idrok qilish xarakteriga ta`sir ko’rsatadi. Qobiliyatli o’quvchilar masalani idrok qilar ekanlar, masalaning muayyan tipi uchun muhim bo’lgan ko’rsatkichlarni va muayyan tipi uchun muhim bo’lmagan, lekin mazkur konkret variant uchun muhim bo’lgan miqdorlarni darhol ajrata oladilar. Bu hol masalalarni idrok qilish paytida qobiliyatli o’quvchilarga bu masalaning barcha konkret qimmatlaridan holi bo’lgan va konkret ma`lumotlar orasidan xuddi ko’zga tashlanib turgan «skeletini» ko’rish imkonini beradi. Boshqacha qilib aytganda matematikaga qobiliyatli bo’lgan o’quvchilar uchun matematik materialni, matematik ob`ektlarni, (nisbatlar va harakatlarni) formallashgan idrok qilish xarakterlidir, bu idrok qilish ularning formal strukturasini konkret masalada tez anglab olish bilan bog’liqdir. Qobiliyatli o’quvchilarning matematik faoliyat jaraYOnidagi tafakkuri: a) tez va keng umumlashtirish bilan (har bir konkret vazifa namunaviy masala sifatida hal qilinadi): b) tugal xulosa chiqarishlar tendentsiyasi bilan (mantiqiy jihatdan juda aniq asoslangan negiz mavjud bo’lganda); v) fikrlash jaraYOnlarining zo’r harakatchanligi, masalalarni echishga YOndoshishdagi nuqtai nazarlarning xilma-xilligi, bir aqliy faoliyatdan ikkinchisiga oson va erkin o’tish bilan, to’g’ridan-to’g’ri fikrlashdan teskari fikrlashga o’tish bilan; g) masalani echishda aniqlikka, oddiylikka, ratsionallikka, tejamlilikka (ixchamlikka) intilish bilan xarakterlanadi. O’quvchilarning adabiy qobiliyatlari strukturasidagi alohida komponetlarni ham ajratib ko’rsatish mumkin. (V. P. YAgunkovaning tadqiqotlari.) Bu komponentlarga quyidagilar kiradi: a) poetik idrok qilish, u YOrqin va aniq obrazli ko’rishda, idrokni emotsional tarzda boshdan kechirishda (ta`sirchanlik), poetik sergaklikda, (badiiy detallarni, tafsilotlarni ko’rish), ko’zatuvchanlikda o’z ifodasini topadi; b) obrazli xotira; v) estetik; g) obrazli tafakkur; d) ijodiy xaYOl, u yangi obrazlarni improvizatsiya qilishda, yaratishda, syujetni tez to’za bilish va xaYOldan qechirish qobiliyatida o’z ifodasini topadi; e) aniq va ta`sirchan adabiy tilni egallash qobiliyati (so’z assotsiatsiyalarning boyligi, til tuyg’usi, tilning emotsionalligi va ta`sirchanligi). Maktabda mehnat ta`limi berish psixologiyasi yuzasidan olib borilaYOtgan tadqiqotlar psixologlar ishining alohida bo’limini tashkil etadi. Bu sohadagi asosiy problema texnik tafakkurni rivojlantirishning psixologik asoslarini hamda umumtexnika va umummehnat ko’nikmalarini (o’z ishini planlashtirish ko’nikmasini, o’z-o’zini nazorat qilish malakasini va shu kabilarni) tadqiq qilishdir. Bu problemaning ahamiyati hozirgi vaqtdagi ishlab chiqaruvchiga (ishchi, texnik, injener) qo’yilaYOtgan yuksak texnika talablari bilan, ijodiy faoliyat elementlarini hozirgi ishlab chiqarish mehnatiga ko’proq joriy qilish va aqliy mehnat bilan jismoniy mehnatning tobora bir-biriga yaqinlashuvi bilan belgilanadi. Pirovardida shuni ta`kidlash kerakki, ta`lim protsessida va ta`limning ta`siri ostida o’quvchining shaxsi tarkib topadi. Bu faqat dunYOqarash, qiziqishlar, qobiliyatlar (ta`limning ularga ta`sir ko’rsatishi aniq ko’rinib turibdi) kabi shaxsiy xususiyatlargagina emas, balki ma`naviy qiYOfaga, emotsional irodaviy sifatlarga, xarakterga ham taalluqlidir. To’g’ri ta`lim hamisha o’quvchilarning ma`naviy jihatdan o’sishini, ular shaxsining vujudga kelishini,maqsadini tarkib toptirishni bildiradi. SHu ma`noda ta`lim kishini tarbiyalaydi, bu esa bizga tarbiyalovchi ta`lim to’g’risida gapirish huquqini beradi. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling