2-ma’vzu: Polimerlarning kimyoviy tuzilishi, sinflanishi va nomlanishi.
RЕJA:
1. Polimеrlarning kimyoviy tuzilishi. 2. Polimеrlarning sinflanishi va nomlanishi.
1. Polimеrlarning kimyoviy tuzilishi. Yuqori molekulyar birikmalar makromolekulasida monomer zvenolarining bir-biri bilan bog‘langanligiga ko‘ra chiziqli, tarmoqlangan va fazoviy (to‘rsimon) tuzilishda bo‘ladi. Yuqori asimmetrik darajali uzun zanjirsimon makromolekulalardan iborat polimerlar chiziqli polimerlar deyiladi va ularni quyidagi sxema bilan ifodalash mumkin: – M – M – M – M – M – M – M –
Yon tarmoqlarga ega bo‘lgan va bu tarmoqlar soni hamda uzunligi juda katta oraliqda o‘zgarishi mumkin bo‘lgan zanjirsimon strukturali polimerlar tarmoqlangan polimerlar deyiladi. Bir-biri bilan fazoda ko‘ndalang kimyoviy bog‘lar bilan bog‘langan uzun zanjirsimon makromolekulalardan iborat polimerlar fazoviy yoki to‘rsimon polimerlar deyiladi :
Asosiy zanjirning tuzilishiga ko‘ra barcha yuqori molekulyar birikmalar gomozanjirli va geterozanjirli polimerlar guruhlariga bo‘linadi:
1.1.Funksional guruhlarni monomer zvenosida joylashishiga ko’ra sinflanishi
Makromolekulasini tashkil qilgan funksional guruhli monomer zvenosining joylashish holatiga qarab tartibli (regulyar) va tartibsiz (noregulyar) polimerlar guruhlariga bo‘linadi.
Agar funksional guruh makromolekulani tashkil qilishda 1, 2 yoki holatida biriksa tartibli polimer deyiladi:
Aks holda esa tartibsiz polimer deb ataladi:
Tartibli va tartibsiz polimerlar xossalariga ko‘ra bir-biridan tubdan farq qiladi. Funksional guruhlarning makromolekula bo‘ylab fazoviy joylashishiga qarab yuqori molekulyar birikmalar xossalari bilan bir-biridan farq qiladi va quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
a) optik faol polimerlar – polimer zanjirida asimmetrik uglerod
atomlari mavjud bo‘lib, L- va D – izomeriyadir. Asimmetriya uglerod atomi bilan turli xil o‘rindoshlarning bog‘lanishidan kelib chiqadi.
b) izotaktik polimerlar
v) sindiotaktik polimerlar
Agar funksional guruhlar betartib joylashgan bo‘lsa, bunday polimerlar ataktik polimerlar deyiladi. Izotaktik va sindiotaktik polimerlar stereotartibli polimerlar deyiladi. Stereotartibli polimerlar juda yaxshi xususiyatlarga ega bo‘ladi. Masalan, izotaktik va sindiotak polipropilendan nihoyatda yupqa parda va juda ingichka tola olinadi, ammo ataktik polipropilen bunday xossalarga ega emas.
Quyida izotaktik, sindiotaktik, akatik tuzilishli PVX makromolekulasiyb ko’rib chiqamiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |