1-mavzu.“Iqtisodiy xavfsizlik” faniga kirish, fanning predmeti, maqsadi va vazifalari


Download 1.92 Mb.
bet1/3
Sana16.06.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1517690
  1   2   3
Bog'liq
1-Mavzu (2)

1-MAVZU.“IQTISODIY XAVFSIZLIK” FANIGA KIRISH, FANNING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI

  • “Iqtisodiy xavfsizlik” tushunchasi o‘zbek iqtisodiyoti boshqaruv organlari leksikasida yangi. Xorijiy mamlakatlar amaliyoti uchun esa avvaldan qo‘llanib kelinayotgan tushuncha bo‘lib, juda keng sharhlanadi.
  • “Iqtisodiy xavfsizlik” tushunchasi ilk bor resurslarni chegaralanganligi to‘g’risidagi masala keskinlashgan bir paytda yuzaga keladi. “Iqtisodiy xavfsizlik” tushunchasining ta’riflari ko‘p. Ularni umumlashtirgan holda oladigan bo‘lsak, iqtisodiy xavfsizlik – bu, davlat iqtisodiy tizimiga ta’sir qiluvchi va uning eng kam chiqim bilan, bosqichma-bosqich barqaror rivojlanishi, shu asosida jamiyatning potensial imkoniyatlarini har tomonlama amalga oshirish uchun, milliy manfaatlar eng ko‘p ifodalanishiga imkon beruvchi (ichki va tashqi) shart va omillar yig’indisi, shuningdek, davlatning turli xil xavflari va yo‘qotishlariga qarshi turish qobiliyatidir.
  • Kuchsiz va samarasiz iqtisodiyot davlat xavfsizligini ta’minlashi mumkin emas. Bu ijtimoiy nizolarga to‘la jamiyatda, ayniqsa yaqqolroq namoyon bo‘ladi.
  • “Iqtisodiy xavfsizlik” fanining maqsadi
  • Davlat, jamiyat va shaxsning muhim hayotiy manfaatlarini tan olgan holda mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash-ning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlar berish.
  • “Iqtisodiy xavfsizlik” fanining vazifalari:
  • milliy xavfsizlik asoslari va ustuvorliklarini tushuntirish;
  • iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashning asosiy yo‘nalishlari va yo‘llarini ko‘rsatib berish;
  • O‘zbekistonning iqtisodiy manfaatlariga bo‘ladigan tahdidlarni hisoblash va tahlil qilish imkonini beradigan bilimlarni shakllantirish va h.k.
  • “Iqtisodiy xavfsizlik” tushunchasining mazmuni ilmiy adabiyotlarda turlicha talqin qilinadi.
  • А.Proxojev va M.Kornilovlar mazkur tushunchani iqtisodiyotning progressiv rivojlanishi va normal darajada amal qilishining muhim sharti, iqtisodiyot sohasida shaxs, jamiyat va davlatning hayotiy muhim manfaatlarining ichki va tashqi tahdidlardan himoyalanishi deb tavsiflaydilar.
  • Ularning fikricha, iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash hayotiy muhim manfaatlar, shaxs, jamiyat va davlat mavjudligi hamda ularning progressiv rivojlanish imkoniyatlarini ishonchli tarzda ta’minlaydigan ehtiyojlarning qondirilishi demakdir
  • T.E.Kochergina “iqtisodiy xavfsizlik” tushunchasiga iqtisodiy tizimning o‘zini-o‘zi o‘zgarmas hajmlarda, doimiy miqdoriy va sifat tavsiflarda takror ishlab chiqarish imkoniyatlariga ega bo‘lgan holati deb ta’rif beradi
  • D.V.Gordienkoning fikricha, iqtisodiy xavfsizlik milliy xo‘jalikning ichki va tashqi tahdidlardan himoyalanish holati bo‘lib, bu holat jamiyatning izchil rivojlanishini, ichki va tashqi salbiy omillar ta’sir ko‘rsatayotgan sharoitda ham iqtisodiy va ijtimoiy barqarorligini ta’minlaydi
  • E.Buxvald esa iqtisodiy xavfsizlikni iqtisodiy tizimning aholi hayot faoliyatini normal sharoitlarini yaratish, xalq xo’jaligini resurslar bilan barqaror ta’minlash hamda milliy davlat manfaatlarini amalga oshirishga qodirligini ifodalaydigan sifat ko’rsatkichi deb ta’riflaydi.
  • Rus iqtisodchi olimlaridan L.I.Abalkin fikricha, ushbu tushuncha mohiyatini quyidagi uch element ko’rsatib beradi:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling