5) Izchilliylik. Ushbu tamoyil mamlakat xavfsizligiga ta'sir qiluvchi barcha omillarni hisobga olishni, uni ta'minlash bo'yicha amalga oshirilayotgan vazifalarga barcha kuch va vositalardan foydalanishni nazarda tutadi -
- Iqtisodiy xavfsizlik tamoyillari sifatida ijtimoiy-iqtisodiy tizim ahvolining quyi chegarasini ifodalovchi ko‘rsatkichlar qo‘llanadi. Mazkur quyi chegaralardan past ko‘rsatkichlarda iqtisodiy tizim uchun tahdidlar vujudga keladi, hatto bu tizimning buzilishi, degradatsiyasi yuz bera boshlaydi.
- Ushbu quyi chegara va uning miqdoriy o‘lchamlarini aniqlash, belgilash uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim bo‘ladi:
- milliy iqtisodiyot va iqtisodiy tizim faoliyatining asosiy sharoitlarini o‘rganish va ularni tavsiflovchi ko‘rsatkichlarni aniqlash;
- milliy iqtisodiyotni tanglik va beqarorlikka olib keluvchi omillarni aniqlash;
- turli tanglik, xavfli holatlar yuzaga kelishining tartibi va imkoniyatlarini baholash;
- xavfsizlik va barqarorlikni saqlashga xavf soluvchi tahdidlarning oldini olish yo‘llarini aniqlash
- 2-rasm. Iqtisodiy xavfsizlikning quyidagi turlari
- L.Abalkinning ta’kidlashicha, mamlakatning o‘z-o‘zidan rivojlanish va taraqqiy etishga qodirligi ayniqsa hozirgi paytda o‘ta muhimdir.
- Investitsiya va innovatsiyalar uchun kerakli muhitni yaratish, ishlab chiqarishni muntazam modernizatsiya qilish, xodimlarnining bilim, kasb-malaka, umumiy madaniy darajasini oshirish kabilar milliy iqtisodiyotning barqarorligining zarur va muhim shartlaridan biri bo‘lib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |