1-mavzu.“MA’naviyatşunoslik” fanining ob’ekti, predmeti, maqsadi va vazifalari reja


Download 113.55 Kb.
bet1/2
Sana12.10.2023
Hajmi113.55 Kb.
#1699201
  1   2

1-MAVZU.“MA’NAVIYATŞUNOSLIK” FANINING OB’EKTI, PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI


Reja:
1. “Ma’naviyatşunoslik” fanining ob’ekti va predmeti
2. “Ma’naviyatşunoslik” fanining maqsadi va vazifalari
3.Ma’naviyatning tarkibiy qisimlari va uning inson kamolotidagi o’rni
4. Ma`naviyat va madaniyat, ularning ŏzaro munosabati.
5. Ma`naviy meros - ma`naviyat rivojlanişining asosi.
6. Axloq va ma’naviyat nisbati

Ma`naviyat jamiyat taraqqiyoti, millat kamoloti va şaxs barkamolligini belgilab beruvçi asosiy mezonlardan biri hisoblanadi çunki, ma`naviyat rivojlangandagina jamiyatda iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy barqarorlik vujudga keladi hamda mamlakat va millat taraqqiy etadi. Bu ŏz navbatida şaxsning barkamol rivojlanişi uçun zarur bŏlgan zamin bŏlib xizmat qiladi. Buni çuqur his qilgan va ŏz qalbidan ŏtkazgan Islom Karimov mamlakatimiz ŏz mustaqilligini qŏlga kiritgandan keyin ona zaminimizda demokratik jamiyatni qurişning nazariy kontseptsiyasini işlab çiqar ekan, iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy hayotni qayta qurişni milliy-ma`naviy tiklaniş bilan uyǧun holatda bŏlişi kerakligini ham ilmiy asoslab berdi. U ŏzining hajmi jihatdan kiçik bŏlsa ham, ammo mamlakatimizda yangi jamiyat qurişning ilmiy-nazariy asoslarini aks ettirilişi jihatdan mukammal, fundamental dastur bŏlgan «Ŏzbekistonnnig ŏz istiqloli va taraqqiyoti» nomli asarida mustaqillikdan keyin Ŏzbekistonni rivojlantirişning ma`naviy sohasidagi strategik vazifalarini ham belgilab berdi. Umuman bu asar Ŏzbekistonda yangi jamiyat qurişning ilmga asoslangan dasturi hisoblanadi. Çunki unda iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy hayotni qayta quriş sohasida ilgari surilgan barça ǧoyalar ŏtgan davrda ŏzining ifodasini topdi va jamiyatimiz tubdan yangi bosqiçga kŏtarildi.


Islom Karimov uşbu asarida mustaqil Ŏzbekistonni rivojlantirişning ma`naviy-ahloqiy negizlarini belgilab berar ekan, «Ŏzbekistonni yangilaş va rivojlantirişning ŏz yŏli tŏrtta asosiy negizga asoslanadi» – deb kŏrsatadi va quyidagilarni belgilab beradi.

  • umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;

  • xalqimizning ma`naviy merosini mustahkamlaş va rivojlantiriş;

  • insonning ŏz imkoniyatlarini erkin namoyon qilişi;

  • vatanparvarlik1.

Asarda ana şu negizlarning mohiyati ham oçib berilgan. Jumladan, Islom Karimov şunday yozadi: «Mustaqil Ŏzbekistonning kuç-qudrati manbai – xalqimizning umuminsoniy qadriyatlarga sodiqligidir.
Xalqimiz adolat, tinçlik, ahil-qŏşniçilik va insonparvarlikning nozik kurtaklarini asrlar oşa avaylab – asrab kelmoqda. Ŏzbekistonni yangilaşning oliy maqsadi ana şu an`analarni qayta tiklaş, ularga yangi mazmun baǧişlaş, zaminimizda tinçlik va demokratiya, farovonlik, madaniyat, vijdon erkinligi va har bir kişini kamol toptiriş uçun zarur şart-şaroitlar yaratişdir»2.
Kŏrinib turibdiki, Prezidentimiz ŏz asarida ma`naviyatimizni rivojlantiriş vazifalarini belgilab bergan.
Muallif xalqimizning ma`naviy ildizlari çuqur ekanligini alohida ta`kidlaydi, ularni qayta tiklaş va yangi mazmun bilan boyitiş zarurligini strategik vazifa sifatida belgilaydi. Bu masalaga alohida e`tibor beriş zarurligini ta`kidlayotganimizga asosiy sabab şuki, muallif keyingi asarlarida ham ma`naviy merosimizni qayta tiklaş ǧoyasini ijodiy rivojlantiradi va uning millatimiz ma`naviy taraqqiyoti uçun asosiy yŏnaliş bŏlişini asoslab beradi.
Islom Karimov xalqimizning buyuk fazilatlari haqida tŏxtalib insonparvarlikning ŏzbeklarga xos qirralarini kŏrsatib berişga e`tiborni qaratadi. Jumladan, «Insonparvarlik bu ŏzbek xalqi milliy ruhiyatining ajralmas fazilatidir. Şafqatsizlik va zŏravonlik uning tabiatiga yotdir».
Xuddi mana şu fazilatlarimizning mohiyatini talabalarga etkaziş muallimning diqqat markazida bŏlişi zarur. Çunki milliy ma`naviyatimizning asosiy manbalari ana şunga borib taqaladi. Bugungi yoşlarimiz buning mohiyatiga etib borişlari zarurdir.
Ma`ruzani ŏqiş jarayonida muallim talabalarga bugungi kunda milliy ma`naviyatni rivojlantiriş davlat siyosatida ustivor vazifa sifatida belgilanganligini Prezidentning yuqoridagi ǧoyalarini çuqur tuşuntiriş orqali asoslab berişi lozim.
Islom Karimov ŏz asarida mamlakatimizda milliy ma`naviyatni tiklaş va rivojlantiriş davlat siyosatida ustivor vazifa ekanligiga e`tiborni qaratib quyidagi kontseptual ǧoyani ilgari suradi. U şunday yozadi: «Oldin odamlarga moddiy boylik beriş, sŏngra ma`naviyat tŏǧrisida ŏylaş kerak deydiganlar haq bŏlmasa kerak. Ma`naviyat – insonning, xalqning, jamiyat, davlatning kuç-qudratidir. U yŏq joyda heç qaçon baxt-saodat bŏlmaydi...»
Islom Karimovning milliy-ma`naviy tiklanişga baǧişlangan kontseptsiyasida vatanparvarlikning şaxs ma`naviyatining ajralmas qismi ekanligini asoslab beriş alohida ŏrinni egallaydi. Haqiqatan ham ŏz Vatanini sevmagan, uning har qariç eri uçun mas`ulligini his etmagan har bir inson ma`naviy jihatdan qaşşoq hisoblanadi. Muallim talabalar diqqatini xuddi mana şu ǧoyaning mohiyatini tuşunib etişga qaratişi lozim.
Islom Karimovning mazkur asardagi milliy-ma`naviy tiklaniş vazifasini amalga oşirişga baǧişlangan kontseptsiyalarini ŏzining boşqa asarlarida ijodiy rivojlantirgan, yangi mazmun bilan boyitgan, taraqqiyotimizning yangi bosqiçida yuzaga kelayotgan muammolarni hal qiliş ehtiyojlariga mos ravişda uning yangi yŏnalişlarini belgilab bergan.
Xususan, ular «Ŏzbekiston iqtisodiy islohatlarni çuqurlaştiriş yŏlida», «Ŏzbekistonnning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari», «Amir Temur – faxrimiz, ǧururimiz», «Ŏzbekiston XXI asr bŏsaǧasida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik şartlari va taraqqiyot kafolatlari», «Barkamol avlod Ŏzbekiston taraqqiyotining poydevori», «Tarixiy xotirasiz kelajak yŏq», «Jamiyatimiz mafkurasi xalqni – xalq, millatni – millat qilişga xizmat etsin», «Ŏz kelajagimizni ŏz qŏlimiz bilan qurmoqdamiz («Turkiston» gazetasining muxbiri savollariga javoblar)», «Olloh qalbimizda, yuragimizda («Turkiston press» axborot agentligi muxbirining savollariga javoblar)», «Ŏzbekiston XXI asrga intilmoqda», «Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot – pirovard maqsadimiz», «Milliy mafkura – kelajak poydevori», «Donişmand xalqimizning mustahkam irodasiga işonaman («Fidokor» gazetasi muxbiri savollariga javoblar)» kabi asarlari, nutqlari va muxbirlar savollarida ŏz ifodasini topgan.
I.Karimovning yuqoridagi asarlarida ilgari surilgan kontseptual ǧoyalarni umumlaştiradigan bŏlsak, ular quyidagi yŏnalişlarni ŏz içiga oladi:

  • ma`naviy meros va diniy qadriyatlarni çuqur ŏzlaştiriş, millatimizning ŏz-ŏzini anglaşiga erişiş, milliy ǧurur va iftixor tuyǧularini izçillik bilan mustahkamlaş;

  • mustaqillik şaroitida milliy ǧoya va milliy mafkurani şakllantiriş hamda uni xalqimiz dunyoqaraşiga aylanişiga erişiş;

  • ta`lim tizimini isloh qiliş, kadrlar tayyorlaşning milliy dasturini amalga oşiriş asosida barkamol avlodni şakllantiriş, soǧlom avlod dasturini amalga oşiriş asosida jismonan baquvvat, ruhi, fikri soǧlom, iymon-e`tiqodi butun, bilimli, ma`naviyati yuksak, mard va jasur vatanparvar avlodimizni şakllantiriş;

  • milliy-ma`naviy salohiyatimizning jahon tsivilizatsiyasidagi ŏrnini tiklaş va bugungi kunda ma`naviyat, ma`rifat, fan, texnika, texnologiya yutuqlarini çuqur ŏzlaştiriş asosida hozirgi zamon umumjahon ma`naviyati tizimi rivojiga hissa qŏşiş;

  • yoşlar ma`naviyatini milliy istiqlol ǧoyalari bilan boyitib boriş, ular ongida mafkuraviy immunitetni kuçaytiriş;

  • insoniyatning asrlar davomida yaratgan va umumjahon mulkiga aylangan barça boyliklarini milliy-ma`naviy salohiyatimizning ajralmas qismiga aylantiriş kabilardir. Ma`ruzaçi Prezidentimiz asarlarida ilgari surilgan ana şu kontseptual ǧoyalarni asarlar bŏyiça mukammal bayon qilib berişi zarur bŏladi.

Ajdodlarimizdan qolgan meros har bir millatning nafaqat ŏtmişi, şuning bilan birga istiqboli uçun ham kuç, fidoyilik va ilhom manbai hisoblanadi. Şuning uçun ham Prezidentimiz «Hozirgi Ŏzbekiston deb ataluvçi hudud, ya`ni bizning Vatanimiz nafaqat Şarq, balki umumjahon tsivilizatsiyasi beşiklaridan biri bŏlganligini butun jahon tan olmoqda. Bu qadimiy va tabarruk tuproqdan buyuk allomalar, fozilu-fuzololar, olimu-ulomolar, siyosatçilar, sarkardalar etişib çiqqan.
Diniy va dunyoviy ilmlarning asoslari mana şu zaminda yaratilgan, sayqal topgan.
Ota-bobolarimizning asrlar davomida tŏplagan hayotiy tajribalari, diniy, axloqiy, ilmiy qaraşlarini ŏzida mujassam etgan bu nodir qŏlyozmalarni jiddiy ŏrganiş davri keldi»3 - deb ta`kidlaydi. Uning «Ŏzlikni anglaş tarixni bilişdan boşlanadi. Inson uçun tarixdan judo bŏliş hayotdan judo bŏliş demakdir»4 – degan ǧoyalarida har bir vatandoşimizning, ayniqsa yoşlarimizning ma`naviy merosimizni çuqur ŏrganiş zarurligi milliy ma`naviy tiklanişimizning boş vazifasi ekanligini tuşunib etişga qaratilgandir.
Milliy-ma`naviy tiklanişimizda yoşlarimiz ma`naviyatini yuksak darajaga kŏtariş, ularning hozirgi zamon fan, texnika va texnologiya yutuqlarini çuqur ŏzlaştirişlari katta omil ekanligi Prezidentimiz tomonidan ilmiy asoslangan.
Haqiqatdan ham jahonning rivojlangan mamlakatlari tajribalari kŏrsatib turibdiki, qaysi mamlakat yoşlari zamonaviy fan, texnika va texnologiya yutuqlarini qançalik mukammal egallasa, mamlakat taraqqiyotiga qŏşadigan hissalari şunçalik samarali bŏladi, ma`naviyat yuksaladi va mamlakatning hozirgi zamon jahon tsivilizatsiya tizimiga kirib borişi tezlaşadi.
Ma`naviyatning inson va millat kamolotidagi hamda jamiyat taraqqiyotidagi ŏrnini aniq bilib oliş hamda şu asosda uni rivojlantiriş, uning mohiyatini hamda mazmunini ilmiy tahlil qilişni taqozo etadi.
Avvalo şuni ta`kidlaş lozimki, sobiq şŏrolar tizimi şaroitida ma`naviyat bugungi holatda ŏrganilmagan. U ma`naviy madaniyatning tarmoǧi sifatida yoki olimlar asarlarida tilga olingan xolos.
Bu juda murakkab masalaga şu darajada «e`tiborsizlik» ataylab qilingan. Çunki u şaxs va millatning içki ruhiy salohiyati bilan boǧliq bŏlgan omildir, şuning uçun şaxsning ruhiy olamiga kirib boriş, uni mustaqil fikr yuritişga, millatning esa ma`naviy-ruhiy olamini yuzaga çiqariş, uning ŏzini ŏzi anglaşga, ŏz mustaqilligini qŏlga kiritiş va ŏzi xohlagan taraqqiyot yŏlidan borişiga yŏl qŏymaslik davlatning rasmiy siyosati darajasiga kŏtarilgan edi.
Tŏǧri, milliy madaniyat haqidi kŏp yozilgan va kŏp gapirilgan, ammo nomi aytilsa ham amalda «yagona» sovet adabiyoti, san`ati, axloqi va hakozolar şaklida aks ettirilgan. Bundan kŏzlangan maqsad şaxs va millatni ma`naviy qaşşoq qiliş, uni totalitarizm tuzumiga xizmat qildiriş va itoatda uşlab turiş edi.
Şŏrolarning xuddi mana şu jirkanç maqsadlarini talaba yoşlarga keng tuşuntirib berişga ma`ruzaçi e`tiborini qaratişi zarur.
Ma`naviyatni şaxs, millat, davlat va jamiyatning qudratli kuçi sifatida ŏrganiş faqat mamlakatimiz ŏz mustaqilligini qŏlga kiritgandan keyingina boşlandi. Uni bu şaklda ŏrganiş esa heç mubolaǧasiz aytiş mumkinki, mustaqillik şaroitidagi milliy tafakkur taraqqiyotimizda yangi yŏnalişdir. Bu ma`naviyatni mustaqil omil sifatida ŏrganiş uçun katta ahamiyatga ega bŏldi. Çunki har qanday ilgari surilayotgan ǧoyalarning mohiyati oçib berilmas ekan, uning jamiyat taraqqiyotida millat va şaxs kamolotidagi rolini belgilaş mumkin bŏlmaydi.
Ma`naviyat ŏz-ŏzidan şakllanadigan narsa emas, u avvalo har bir insonning içki ma`naviy salohiyatini şakllantiriş yŏlida barça moddiy va ma`naviy boyliklarni ŏzlaştiriş, Vatan va millat manfaatlari yŏlida halol, fidoyilik bilan mehnat qiliş jarayonida şakllanadi.
Ŏzbek xalqi 130 yilça mustamlakaçilik istibdodi ostida yaşadi. Bu davr mobaynida uning milliy-ma`naviy merosi paymol etildi, tarixi soxtalaştirildi, ilmiy, madaniy binobarin ma`naviy merosga niglistik qaraş hukm surib çeklab qŏyildi. Xalqimizning ongi sal bŏlmasa ijtimoiy adolatsizlik, ma`naviyatsizlik, nopoklik va yovuzlikka qarşilik kŏrsatolmay yuvvoş yaşayverişga kŏnikib qolayozgan edi. Uzoq yillar mobaynida mustamlaka iskanjasida kun keçirgan xalqimiz ŏz tarixiy-ma`naviy merosidan tŏlaqonli, erkin-emin foydalaniş imkoniyatidan mahrum bŏlib keldi.
Mustaqillikka erişişimizdan avval: kim Imom al-Buxoriy, Xŏja Ahmad Yassaviy, Imom at-Termiziy, Najmiddin Kubro, Abu Mansur Matrudiy, al-Marǧinoniy, Ǧazzoliy, Naqşband kabi allomalarimizning nomini tilga olar, ular qoldirgan boy ma`naviy merosni ŏrganiş imkoniyatiga ega edi?;
Kim Qur`oni Karimni, Hadislarni, dinu-islomni erkin ŏqiy va ŏrgana olardi?;
Kim Amir Temur, Mirzo Uluǧbek, Bobur Mirzo singari ma`naviy madaniyatimizning yulduzlari bŏlgan buyuk zotlar nomini erkin-emin tilga olar edi?;
Kim Abdulla Qodiriy, Çŏlpon, Usmon Nosir, Fitrat, Behbudiy kabi ma`rifatparvar, millatparvar bŏlgan uluǧ zotlarni eslay olardi?;
Bu kabi savollarning son-sanoǧi yŏq. Mana şularning ŏzi ham milliy ma`naviyatimizning naqadar toptalganligini ta`kidlovçi misollardir.
Faqat mustaqillikni qŏlga olişimiz şarofati tufayligina ma`naviy merosimizni, kŏhna va navqiron tariximizni ŏrganiş, jahon tsivilizatsiyasidagi munosib ŏrnimizni tiklaş va demokratik jamiyat qurişdek baxtga muşarraf bŏldik.
Bunday imkoniyatlarni qŏlga kiritişimizda xalqimizning sevimli farzandi, ulkan davlat va siyosat arbobi, etuk olim, vatanparvar va millatparvar inson Islom Karimovning etakçilik va rahbarlik roli asosiy rol ŏynadi.
Mustaqillikni qŏlga kiritganimizdan keyingi yillar içida iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ma`naviy sohalarda katta muvaffaqiyatlar qŏlga kiritildi. Mamlakatimizda siyosiy barqarorlik vujudga keltirildi, bozor munosabatlariga ŏtib bormoqdamiz, milliy ma`naviy poklaniş va tiklanişimizning murakkab vazifalarini vazminlik bilan amalga oşirmoqdamiz.
Mustaqillik yillari Qur`oni Karim ŏzbek tiliga tarjima qilinib kŏp nusxada çop etildi. Imom al-Buxoriyning tŏrt jildlik hadislarini çop etiş tugallandi. Xoja Ahmad Yassaviyning «Hikmatlar» tŏplami çop etildi. Kŏplab Qur`oni Karim şarhlariga oid kitoblar ham çop etilganligini va ulardan xalqimiz bahramand bŏlayotganligining guvohi bŏlib turibmiz.
Mustaqillik yillari Iydi Ramazon va Qurbon Hayit kunlari diniy qadriyatlarimizning bayrami sifatida nişonlanmoqda. Navrŏz umumxalq bayrami sifatida xalqimiz hayotidan mustahkam ŏrin oldi. Har yili 3000 dan ortiq vatandoşlarimiz muborak haj safarlarini ado etmoqdalar. Mustaqillik yillari kŏplab masjid va madrasalar ta`mirlandi.
Amir Temur, Mirzo Uluǧbek, Bobur Mirzolarning nomi qayta tiklandi. Amir Temur tavalludining 660 yilligi, Mirzo Uluǧbekning esa 600 yilligi keng nişonlandi va şu munosabat bilan yurtimizda beqiyos ma`naviy-ma`rifiy işlar amalga oşirildi.
Mustaqillik tufayli milliy istiqlolimiz kuraşçilari Abdulla Qodiriy, Çŏlpon, Fitrat, Usmon Nosir, Behbudiy va boşqalarning nomi tiklandi, asarlari çop etildi, ular tavallud topgan kunlar umummilliy bayram sifatida nişonlandi.
Qataǧon yillarida millatimiz mustaqilligini ta`minlaş yŏlida qurbon bŏlgan xalqimizning ana şu sevikli farzandlarining muborak nomlarini abadiylaştiriş maqsadida Vatanimiz poytaxti Toşkent şahrida Şahidlar hiyoboni barpo etildi.
Uzoq tariximiz, boy madaniyatimiz, serqirra ma`naviyatimizdan guvohlik beruvçi Xiva va Buxoro şaharlarining 2500 yillik tŏylari 1997 yilda katta tantanalar bilan nişonlandi.
Vazirlar mahkamasining qaroriga binoan xalqimizning milliy qahramoni buyuk vatanparvar Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi, xalqimizning buyuk merosi hisoblangan «Alpomiş» dostonining 1000 yilligi, milliy-ma`naviyatimiz rivojiga ulkan hissa qŏşgan buyuk davlat arbobi, fan homiysi Muhammad Rizo Erniyozbek ŏǧli Ogahiyning 190 yilliklari 1999 yilda keng nişonlandi.
Bu yil esa ilohiyot ilmining darǧasi Abu Mansur al-Moturidiyning muborak yubileyi, kelgusi yil yana bir ulkan merosimiz hisoblangan «Avesto»ning 2700 yilligini nişonlaşga qizǧin tayyorgarliklar ketmoqda.
Ŏzbek tilining davlat tili darajasiga aylanişi borasida bir qator ijodiy işlar amalga oşirildi. Jumladan, davlat idoralarida iş yuritiş, şaharlarda kŏçalar va joylarni nomlaşda tarixiy haqiqat tiklanmoqda. Ma`naviy merosimiz sanalgan kŏplab asarlar ŏzbek tiliga tarjima etilmoqda. Xullas, mustaqillik yillari biz uçun ŏzbek tilining xalq va davlat hayotidagi asosiy ahamiyati va ŏrnini tiklaş borasida sezilarli işlar amalga oşirildi. Şu tariqa millatning qadr-qimmati, mustaqil davlatimizning qadr-qimmati mustahkamlandi, maktablar va oliy ŏquv yurtlarida ŏzbek tilini rusiyzabon yoşlarning ŏrganişi uçun ham katta imkoniyatlar yaratib berilmoqda.
Bu haqiqat. Bundan heç kim, xatto muxoliflarimiz ham kŏz yumolmaydi. Bu muvaffaqiyatlarimiz ŏtmişda faqat orzu edi, xolos. Qilingan işlar, ma`naviy merosimizni ŏzlaştiriş, milliy ŏzligimizni anglaş va boşqa kŏplab ma`naviy hayotimizda sodir etilgan ŏzgarişlar mustaqilligimizning mevasi hisoblanadi.
Mazkur mavzuda ma`ruza ŏqilganda yuqorida keltirilgan har bir ǧoyaning mohiyati va mazmunini tuşuntirişda muallim masalani har tomonlama kengaytirgan holda talabalarga etkazişga e`tiborini qaratişi lozim bŏladi. Eng muhimi, talabalar ŏqilgan ma`ruzadan kelib çiqqan holda, kŏtarilgan masalalarni kengroq, çuqurroq ŏrganib, amaliy maşǧulotlarda, referat yozişda mustaqil fikr yuritiş hamda çuqur ŏzlaştirişlari lozim.Ŏqituvçi ma`naviyat tuşunçasini bayon etar ekan, oxirgi yillar mobaynida kŏpçilik ziyolilarimiz ma`naviyat nima degan savolga javob izlab, qizǧin izlaniş işlari olib borayotganliklarini aytiş joiz bŏladi. Bunga sabab ma`naviyatning kŏp qirrali tuşunça ekanligidir. U inson faoliyatining barça qirralarini, uning yaqqol kŏzga taşlanuvçi zohiriy va yaşirin, içki ruhiy - botiniy tomonlarini ham qamrab olganligidadir. Hozirda matbuotda uşbu mavzuga baǧişlab kŏplab maqola va mulohazalar e`lon qilinmoqda, kitoblar çop etilmoqda. Oçiǧini aytiş kerak, bu sŏz, bu tuşunça «sovetlar tuzumi davrida» kŏp ham tilga olinmas, muhokama qilinmas edi. Albatta, bu holatning ŏz sabablari mavjud bŏlgan. Bular haqda keyingi ma`ruzalarimizda alohida tŏxtaymiz.
Ŏqituvçi, avvalo, ma`naviyat - insonni jamiki boşqa mavjudotlardan ajratib turişini alohida uqdirib ŏtişi lozim. Inson - tabiatning, barça mavjudotning gultoji deyilganda uning uşbu xislati, ya`ni yuksak ma`naviyat egasi bŏla oliş imkoniyati nazarda tutiladi. Bu imkonni boşqa jonzotlarda kŏrmaymiz.
Moddiy narsalar odamga jismoniy oziq va quvvat bersa, ma`naviyat unga ruhiy oziq va qudrat baǧişlaydi. Faqat moddiy jihatdan ta`minlaniş bilan kifoyalaniş - ongsiz va ruhsiz maxluqotlarga xos. Ma`naviyatga intiliş esa ruh va ong egasi bŏlmiş odamzotgagina xos fazilatdir. Ma`naviyat odamning ruhiy va aqliy olami majmui kabi murakkab ijtimoiy hodisadir.
Yuqorida aytganimizdek, ma`naviyat juda keng qamrovli tuşunça bŏlib, uni bir jumlada ifodalaş nihoyatda muşkul.
Ma`naviyat kŏproq inson qalbiga, botiniy tomoniga qaratilganligi bilan ajralib turadi. Şu ma`noda ma`naviyat inson qalbidagi ilohiy bir nur sanaladiki, bu ilohiy nur heç bir jonzotda yŏq. Ma`naviyat şunday sehrli tilsimki, uni tugal eçişga başar qudrati etmaydi. Şunday ekan, ŏqituvçi dars davomida «ma`naviyat» tuşunçasiga bir yŏla mukammal ta`rif berişga urinmasligini, mavzuga muqaddima tarzida yondaşib, uning ba`zi jihatlarini aks ettiruvçi ta`riflarni berib ŏtişini maslahat beramiz.
Keyingi paytlarda ma`naviyatga oid e`lon qilinayotgan maqolalarda, ŏtkazilayotgan anjumanlarda «Ma`naviyat» tuşunçasiga ta`rif beriş, uning jamiyat, inson va millat taraqqiyotidagi ŏrniga katta e`tibor qaratilmoqda. Xususan, taniqli faylasuf A.Jalolov «Mustaqillik ma`suliyati» asarida «Ma`naviyat - insonning zot belgisi, uning faoliyatining ajralmas tarkibiy qismi, ongi, aql-zakovatining mahsuli»5, - deb ta`riflagan. «Hayot falsafasi va falsafa hayoti» maqolasida bu ta`rifni yanada kengaytirib, mukammalroq tarzda quyidagiça ta`riflaydi: «Ma`naviyat – inson faoliyatining ruhiy mazmuni bŏlib, kişilar uning vositasida ŏzlarini anglaydilar, jamiyatni, tabiatni, ularning mavjudligi hamda taraqqiyoti xususiyatlarini ŏrganadilar, qonunlarini kaşf etadilar va ularga tayanib, ŏz turmuş şaroitlari, amaliy faoliyatlari muammolarini hal etadilar»6. Muallif ŏz fikrini davom ettirib, ma`naviyatsiz hayotni qoronǧi bir xonaga ŏxşatadi.
Kŏrinadiki, bir muallifning ŏzi ma`naviyatni ta`riflaşga turliça yondaşadiki, bu ham ma`naviyatning kŏp qamrovli tuşunça ekanligini kŏrsatadi.
«Vatan tuyǧusi» kitobining mualliflari «Ma`naviyat - jamiyatning, millatning va yoki ayrim bir kişining içki hayoti, ruhiy keçinmalari, aqliy qobiliyati, idrokini mujassamlaştiruvçi tuşunça»7, - deb ta`riflaganlar.
Bundan taşqari bir qator olimlarimiz anjumanlarda qilgan ma`ruzalarida «ma`naviyat - insondagi axloq, odob, bilim, ilm, iymon, ixlos va insoniyat kamoloti uçun ijobiy ta`sir qiluvçi tizim yoki ma`naviyat - insonning aqliy, axloqiy, ilmiy, amaliy, mafkuraviy qaraşlar yiǧindisi hisoblanib, diniy va dunyoviy qaraşlarining aks etiş darajasidir», deb ta`rif berib kelmoqdalar. A. Erkaevning fikriça, «Ma`naviyat – insonning ijtimoiy-madaniy mavjudot sifatidagi mohiyatidir, ya`ni insonning mehr-muruvvat, adolat, tŏǧrilik, sofdillik, vijdon, or-nomus, vatanparvarlik, gŏzallikni seviş, zavqlaniş, yovuzlikka nafrat, iroda, matonat va şu kabi kŏplab asl insoniy xislatlari va fazilatlarining uzviy birlik, muştaraklik kasb etgan majmuidir»8.
Ma`naviyat muammosi bilan ançadan buyon şuǧullanib kelayotgan olimlarimizdan biri M. Imomnazarov mazkur masalaga baǧişlab ikkita kitob çiqardi. Muallif birinçi kitobida «Ma`naviyat inson qalbidagi ilohiy nur...»9,- deb yozgan bŏlsa, ikkinçi kitobida «Ma`naviyat - inson qalbida, kŏngil kŏzgusida aks etgan haqiqat nuridir, deyilgan ta`rif darhaqiqat, sŏfiyona ramziy ta`rifdir, zotan boşqaça ta`rif bu çeksiz mohiyatni çeklab qŏyadi»10, - deb yozadi.
E.Yusupov insonda mavjud bŏladigan hamma xislatlar emas, balki ijobiylarigina ma`naviyat bŏla olişini kŏrsatib: «Ma`naviyat - inson axloqi va odobi, bilimlari, iste`dodi, qobiliyati, amaliy malakalari, vijdoni, iymoni, e`tiqodi, dunyoqaraşi, mafkuraviy qaraşlarining bir-biri bilan uzviy boǧlangan, jamiyat taraqqiyotiga ijobiy ta`sir etadigan muştarak tizimdir»11, - deb ta`riflaydi.
Albatta, yuqorida keltirilgan fikrlarning hammasida ham ma`naviyatning kŏpgina qirralari ŏz ifodasini topgan va ularda mualliflar ŏzlarining nuqtai nazarlarini bildirganlar, ammo ularda inson salohiyatini ŏstiriş masalasi e`tibordan çetda qolganligi kŏrinadi. Hali yana kŏplab olimlarimiz ma`naviyat tuşunçasiga ŏz munosabatlarini bildiradilar va ana şu bildirilgan turli fikrlar asosida umumiy mukammal ta`rif şakllanadi, degan umiddamiz.
Haliga qadar ma`naviyat tuşunçasiga mukammal ta`rif şakllanmaganligi sabab uning keng qamrovli, murakkab va ayni vaqtda «sodda» tuşunça ekanligida. Ma`naviyat kŏproq insonning içki, botiniy, yaşirin dunyosini aks ettirişdir. Inson içki, botiniy dunyosi esa gavhar tŏla tubsiz dengiz singaridir. Bu dengizdan qança gavhar olsangiz tugamagani singari inson içki dunyosi ham tubsiz, rang-barang tarzda namoyon bŏladi. Inson qalbiga, botiniy dunyosiga qançalik çuqur kirib borsangiz, şunçalik turli-tumanlik bilan toblanib, ŏzining yangidan-yangi qirralarini namoyon etadi. Mana şuning uçun ham ma`naviyat tuşunçasiga mukammal, har taraflama tŏliq ta`rif beriş muşkulroq.
Yuqoridagilardan kelib çiqib, ma`naviyat – insonning ruhiyatini, uning ŏz-ŏzini anglaşi, didi, farosati, adolat bilan razillikni, yaxşilik bilan yomonlikni, gŏzallik bilan xunuklikni, vazminlik bilan johillikni ajrata biliş qobiliyatini, aql-zakovatini, yuksak maqsad va ǧoyalarni qŏya biliş, ularni amalga oşiriş uçun harakat qiliş va intiliş salohiyatidir, - deb ta`rif beriş ŏrinli deb hisoblaymiz. Albatta, bu ta`rif eng oxirgi, qiyomiga etgan, mukammal deb, aytişimiz mumkin emas.
Jamiyat taraqqiyotining har bir yangi bosqiçi kişilarning ma`naviy kamolatida ham yangi davrning yuzaga kelişidir. Ma`naviyatsiz adolatli, yuksaliş imkoniyatiga ega bŏlgan jamiyat bŏlmaganidek, jamiyatsiz ma`naviyat ham rivojlanişi mumkin emas.
Jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy sohalarida mavjud bŏlgan muammolarini ma`naviyatni rivojlantiriş, unga tayaniş orqali hal etiş mumkin.
Ma`naviyat millatni taraqqiyotga etaklovçi, davlatning qudratini oşiruvçi muhim omil sanaladi. Çunki qaerda, qaysi mamlakatda ma`naviyat yuksak darajada bŏlsa, ŏşa joyda, ŏşa mamlakatda johillik, hasadgŏylik, beparvolik, xudbinlik, yalqovlik, manmanlik, tekinxŏrlik, ǧiybat qilişlik, kŏrolmaslik, yovuzlik, tuhmat qiliş kabi salbiy illatlar, ma`naviyatsizlik kŏrinişlariga ŏrin qolmaydi.
Ma`naviyat har doim ma`rifat bilan uyǧun holatda rivojlanib boradi. Ma`rifat - biliş, bilim, taniş va ma`lumot, - degan ma`noni anglatadi.
Insoniyatning bir jamiyatdan ikkinçi jamiyatga, bir tarixiy davrdan ikkinçi bir yangi tarixiy davrga ŏtişi ma`rifatparvarlikdan boşlanadi. Zamonaning, millatning eng etuk, ongli, oq-qorani tanigan, fidoyi, elim, yurtim deb yaşovçi, uzoqni kŏzlovçi ma`naviyatli kişilari ma`rifatparvarlik bilan şuǧullanganlar. Çunki, ma`rifat - ma`naviy qaramlik, qŏrquv va hadikni bartaraf etadi, insonga beqiyos ilohiy qudrat, mislsiz salohiyat baxş etadi. Mamlakat, millatning ozodligi - uning ma`rifiy uyǧoqligidadir. Odamzod naslining uluǧligi esa bilimdan.
Bilingki, bilim va ma`naviyat ŏylab kŏrilsa, misoli bir jilov. U insonlarni barça yomon, yaramas işlardan, ya`niki ma`naviyatsizliklardan tiyib turadi. Şu tufayli ota-bobolarimiz, avlod-ajdodlarimiz doimo ma`rifat va ma`naviyatga intilib yaşaganlar. Ular ma`naviyat va ma`rifat çiroqlarini maş`ala singari yoqqanlar. Yuksak ma`naviyat va ma`rifat tufayli Turon zamin er yuzida şuhrat qozongan.
Ŏqituvçi ma`rifat va ma`naviyatlilik, uning inson, jamiyat hayotidagi ahamiyati ustida fikr yuritiş jarayonida, yana bir narsaga, çunonçi ma`rifat va ma`naviyat, ma`naviyatlilikning nisbati masalasiga ham e`tibor berişi lozim.
Ma`naviyatli odamlarning hammasi ham doimo ma`rifatli, şu bilan birga ma`rifatli, ilmli kişilarning ham hammasi yuksak ma`naviyatli bŏlavermaganlar. Şunday kişilarga qarata haqli ravişda olim bŏlibti-yu, ammo odam bŏlmapti iborasi işlatiladi. Boşqaça aytganda insonlar borki, olim emas. Bŏlmasa bŏlmas, ammo ma`naviyati yuksak. Olimlar borki, inson zotiga loyiq emas. Bunisi oǧir. Ulardan elga, yurtga foyda yŏq. Şuning uçun xalqimiz: «Olim bŏlma - odam bŏl», - iborasini işlatib kelgan. Bu ma`naviyat va ma`rifat bir-birini inkor etadi degani emas. Aksinça, ma`naviyat va ma`rifat bir-biriga çambarças boǧliqdir. Ular bir-birini quvvatlab, ŏzaro ta`sirlanib rivojlanib boradi.
Zaminimizda kamol topgan, el-yurtga tanilgan buyuk zotlar, komil insonlar ŏzlarida ma`naviyat va ma`rifatni yuksak darajada mujassam etgan allomalar bŏlganlar. Şundan kelib çiqib, aytiş mumkinki, hozirgi davrda milliy kamolot yŏli, komil insonni, soǧlom avlodni voyaga etkaziş yŏli mana şu yŏl, bundan boşqa yŏl yŏq.
Ma`naviyat va ma`rifat xalqimizning, millatimizning kelajagi uçun suvday va havoday zarur.
Ma`naviy va ma`rifiy tarbiyani birga olib boriş taraqqiyot taqozosi. Ularni boşqa-boşqa olib borib bŏlmaydi...
Ma`naviyat ham ŏzining bir qator kategoriyalariga – tuşunçalariga va rivojlaniş qonuniyatlariga egadir. Uning tuşunçalariga şaxsning ŏz-ŏzini anglaşi, bilimdonlik, qalbi tozalik, saxiylik, samimiylik, hayrihohlik, iymonlilik, halollik, e`tiqodlilik, diyonatlilik, poklik, mehr-şafqatlilik, vijdonlilik, rostgŏylik, adolatparvarlik, ota-onaga hurmat, oilaga sadoqat, vafodorlik, tŏǧrilik va boşqalar; millatning vakili sifatida: milliy ŏz-ŏzini anglaş, milliy ǧurur, millatparvarlik, vatanparvarlik, millat taqdiriga nisbatan mas`uliyatni, milliy manfaat ustivorligini his etiş, milliy til, milliy tarix, adabiyot, san`at, urf-odatlar, an`analar, qadriyatlar, davlat tizimiga hurmat, qonunlarga hurmat va itoatkorlik, vazminlik, ŏz kasbining mohir ustasi bŏliş, mamlakat içki va taşqi faoliyatidan habardor bŏliş va uni qŏllab-quvvatlaş, mamlakat ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ma`naviy hayotida faollik va boşqalar kiradi.
Ma`naviyatning yuqorida keltirilgan tuşunçalaridan kŏrinib turibdiki, ma`naviyat har bir insonning millat, jamiyat, davlat hayoti, insonlararo bŏladigan va ijtimoiy hayotga nisbatan bŏladigan munosabatlarini ŏz içiga oladi.
Yuqoridagilardan taşqari, ma`naviyatning boşqa bir qator tuşunçalari ham bor. Bu erda gap ularning hammasi ustida tŏxtaş haqida emas, balki ma`naviyatning kŏp qirrali, keng qamrovli ekanligi, u inson ongi, ruhiyati, içki dunyosining salohiyati, xatti-harakatlari kabi bir qator masalalarni ŏz içiga olişini tuşunib etiş haqida bormoqda. Ma`naviyatni çuqur tahlil qilişda ana şu kŏrsatilgan tuşunçalarni uyǧun holda tahlil qiliş maqsadga muvofiq bŏladi.
Ma`naviyat rivojlanişi ham ma`lum qonuniyatlarga tayanadi. Garçand bunday qonuniyatlar bir neça yŏnaliş va jarayonlarni ŏz içiga olsa ham, ularni yirik guruhlarga ajratiş mumkin.
Birinçi guruhga şaxs, millat yoki jamiyatning içki salohiyati bilan boǧliq bŏlgan qonuniyatlar kiradi. Ya`ni şaxs, millat yoki jamiyatning içki salohiyati mustahkam, zaminlari çuqur bŏlişi ma`naviyat rivojlanişining asosini taşkil qiladi. Agar içki salohiyat noçor bŏlsa, şaxs barkamollik darajasiga, millatning ŏz bir butunligini saqlaşga va ayni paytda jamiyatning yuksak taraqqiyot poǧonasiga erişişiga salbiy ta`sir kiladi. Yana ham aniqroq qilib aytiladigan bŏlsa, içki salohiyat asosiy tayanç va ob`ektiv zaruriyatdir. Içki salohiyatning darajalari esa ob`ektiv va sub`ektiv omillar bilan boǧliq bŏladi. Uning rivojlanişi ularning uyǧun holatda bŏlişini taqazo etadi.
Içki salohiyatning mustahkam bŏlişi, tarixiy taraqqiyot bosqiçi yoki şaxs şakllaniş jarayoni qanday murakkab bŏlmasin, baribir zaruriy şaroitlar yuzaga kelgan paytda şaxs ma`naviy kamolotini va millatning yuksalişini ta`minlaşga xizmat qilaveradi.
Ikkinçi guruh qonuniyatlariga şaxslar va millatlarning ŏzaro munosabatlari jarayonida sodir bŏladigan «ŏzaro ta`sir» va «ŏzaro boyitiş» orqali namoyon bŏladigan jarayonlar kiradi. Ya`ni şaxs ma`naviy kamoloti onadan tuǧilişi bilan yuzaga kelmaydi. Xuddi şuningdek millat ham tarixiy taraqqiyotning ma`lum bosqiçlarida boşqa xalqlar, millatlar bilan hamkorlik natijasida yuzaga keladi. Heç qaçon şaxs, inson ŏzgalarsiz yaşay olmaganidek, millat ham boşqa millatlar, xalqlar bilan aloqa qilmasdan taraqqiy qila olmaydi, boz ustiga bugungi kunda dunyoda «sof» millat borligiga heç kim guvohlik yoki kafolat bera olmaydi. Jamiyat ham xuddi ana şu qonuniyat asosida rivojlanadi.
Ma`naviyat ana şu ŏzaro munosabatlar va «ta`sirlar» asosida rivojlanib boradi. Bu jarayonda bir tomon ikkinçisiga nimanidir «beradi» va nimanidir «qabul» qiladi. Şunday qilib, ma`naviyat rivojlanişidagi «ta`sir» va «aks ta`sir» qonuniyati mavjud bŏlib, u ma`naviyatning rivojlanib borişini ta`minlaşga xizmat qiladi.
Ma`naviyat tuşunçalari va uning rivojlaniş qonuniyatlari uşbu kursning boşqa mavzularida ham ŏrganilişini e`tiborga olib, bu ŏrinda qisqa tŏxtab ŏtişni lozim topdik.
Yuqorida ma`naviyatning jamiyat, şaxs va millat hayotidagi muhim ŏrni haqida fikr yuritildi. Ammo uni real hayotga qançalik tadbiq qiliş yo qilmaslik davlat olib borayotgan siyosat bilan boǧliq. Tŏǧri, şaxs va millat şakllanişi yoki jamiyat taraqqiyotining barça bosqiçlarida ma`naviyatning roli va ahamiyatiga e`tibor berib kelingan.
Bugunga kelib ma`naviyatning jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyatiga nisbatan munosabat tobora kuçayib bormoqda. Sobiq ittifoqdoş, bugungi mustaqil davlatlarning kŏpçiligida birida oldinroq, ikkinçisida keyinroq ma`naviyat omilining roli va ahamiyatini oşirişga imkoniyat darajasida e`tibor berilmoqda.
Ŏqituvçi mavzuni bayon etar ekan, avvalgi ma`ruzada ma`naviyat tuşunçasi va uning jamiyat, kişilar hayotidagi ŏrni haqida tŏxtalib ŏtilganligini eslatib ŏtiş joiz. Şundan sŏng bugungi ma`ruzada ma`naviy meros, madaniyat, ma`naviy madaniyat, mafkura, ularning rivojlaniş xususiyatlari, bir-biridan farqlari va ŏxşaşliklari tŏǧrisida fikr yuritiş lozimligini aytib ŏtiş maqsadga muvofiq.
Aslini olganda, ma`naviyat va madaniyat bir-biriga yaqin tuşunçalardir. Ammo ular bitta narsa emas, biri ikkinçisidan farq qiladi. Şuning bilan birga ular bir-birini tŏldirib turadilar.
Madaniy va ma`naviy meros haqida ham şunday deyiş mumkin. Şu sababdan darsni avvalo madaniyat va uning turlarini tahlil etişdan boşlamoq maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Çunki, madaniyatni, xususan ma`naviy madaniyatni bilmasdan, ŏrganmasdan turib, ma`naviy meros tŏǧrisida gapiriş ança muşkul, inçunun ma`naviy meros ma`naviy madaniyat doirasiga kiradi.
Şunday ekan madaniyat nima? Madaniyat tuşunçasini izohlaşga baǧişlangan kŏp ilmiy adabiyotlar mavjud. Madaniyat tuşunçasiga berilgan ta`riflar soni 260 tadan oşib ketgan. Mualliflar bu tuşunçaga har biri ŏz nuqtai-nazaridan yondaşadilar. Bunga sabab, madaniyatning kŏp qirrali, murakkab, ma`naviy-ijtimoiy hodisa ekanligi, uning inson va jamiyat hayotining barça qirralarni qamrab olganligidir. Madaniyatga berilgan ta`riflarda mualliflarning fikrlarini umumlaştiruvçi tomonlar mavjud. Şu jumladan, ularni umumlaştiradigan bŏlsak, madaniyat - bu kişilar faoliyatining jamiyat iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ma`naviy hayoti sohasida yaratgan, ŏzlarining ehtiyojlarini qondiriş uçun işlab çiqargan moddiy va ma`naviy boyliklar tizimini bildiradi12. Kŏrinadiki, madaniyat insonning moddiy va ma`naviy boyliklarni yaratiş va ŏzlaştirişdagi faoliyatini ifodalaydi. U inson aql-idroki, iste`dodi va mehnati mahsulidir. Yuqorida aytilganidek, madaniyat juda murakkab kŏp qirrali ma`naviy-ijtimoiy hodisa bŏlib, ijtimoiy hayotning moddiy-texnik, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va boşqa sohalarni, inson mehnat faoliyatining barça samaralarini ŏzida qamrab oladi. Sirasini aytganda, xalq ommasi tomonidan yaratilgan hamma moddiy va madaniy-ma`naviy boyliklar madaniyatga kiradi. Madaniyat deyilganda, mehnat qurollarini yaratiş va ulardan foydalaniş, fan-texnika yutuqlari va ularni işlab çiqarişga joriy qiliş, kişilarning işlab çiqariş va ijtimoiy kŏnikmalari, mehnatni ijtimoiy taşkil etiş, salomatlikni saqlaş işini yŏlga qŏyiş, aholi ŏrtasida bilimlarning yoyiliş darajasi va ma`lumot, umumiy, umumiy majburiy va oliy ta`limni amalga oşiriş, adabiyot va san`at asarlari, ijtimoiy, falsafiy, diniy ǧoyalar va şu kabilar nazarda tutiladi. Kŏrinadiki, madaniyat odamzod aql-idrokining eng yuksak çŏqqilarigaça bŏlgan narsalarning hammasini qamrab oladi. U inson faoliyatining faqat moddiy natijalarinigina emas, şu bilan birga kişilarning mehnat jarayonida voqe` bŏladigan bilim boyliklari, tajribalari, qobiliyatlari, işlab çiqariş va kasb malakalari, ŏzaro munosabatlarini ham ŏz içiga oladi.
Jamiyat moddiy işlab çiqarişining ikki amaliy turi - moddiy va ma`naviy işlab çiqarişga qarab madaniyat ham yirik ikki turga moddiy va ma`naviy madaniyatga bŏlinadi. Moddiy madaniyat deganda mehnat qurollarini, mehnat kŏnikmalarini, şuningdek işlab çiqariş jarayonida yaratilgan va moddiy hayot uçun xizmat qiladigan inson tomonidan yaratilgan barça moddiy boyliklarni anglaymiz. Moddiy madaniyatga moddiy boyliklarning butun majmui, ularni işlab çiqariş vositalari: işlab çiqariş jarayonida yaratilgan texnika, texnologiya, texnik inşootlar, ijtimoiy mehnatni uyuştiriş şakli, quriliş va dehqonçilikni yŏlga qŏyiş va boşqalar kiradi. Şularga qarab, moddiy madaniyatni bir qator turlarga bŏlamiz. Çunonçi, işlab çiqariş va texnika madaniyati, dehqonçilik madaniyati, mehnatni taşkil etiş madaniyati, injenerlik madaniyati, pazandaçilik madaniyati va boşqalar.
Madaniyatning ikkinçi turi - bu ma`naviy madaniyatdir. Ma`naviy madaniyatga insonning aqli va ma`nan yaratuvçanlik faoliyatlari va ularning natijalari kiradi. Ma`naviy madaniyat fan, falsafa, san`at, adabiyot, axloq, din, xuquq, siyosat, maorif, ma`rifat va hakozolar yiǧindisidan taşkil topadigan insonning taşqi va içki ma`naviyati, ruhiyati olamidir.
Ma`naviy boyliklar olimlar, musavvirlar, bastakorlar, şoir va yozuvçilar, nazariyotçilar, xullas, xalq tomonidan yaratiladi. Ma`naviy madaniyatni yaratiş, ŏzlaştiriş va rivojlantiriş jarayonida jamiyat taraqqiy etadi, mehnat unumdorligi ortadi, işlab çiqaruvçi kuçlar rivojlanadi, kişilarning ma`naviy qiyofasi şakllanadi, axloq odobi, did va farosati, estetik zavqi, ijodiy kuçi va qobiliyatlari taraqqiy etadi.
Umuman kişilik jamiyatini madaniyatsiz, xususan ma`naviy madaniyatsiz tasavvur qiliş qiyin. Jamiyat, inson bor ekan u ma`lum madaniyatga ega, busiz bŏlişi mumkin emas.
Madaniyatning barça turlari dialektik birlikda, ŏzaro aloqadorlikdadir. Moddiy madaniyatni ma`naviy madaniyatdan batamom ajratib qaraş mumkin emas. Moddiy boyliklar işlab çiqariş jarayonida moddiy va ma`naviy madaniyat organik ravişda birikadi. Birorta mehnat qurolini, moddiy boylikning biror turini inson aql-idrokisiz, tafakkurisiz, aqliy mehnatisiz yaratib va takomillaştirib bŏlmaydi. Boşqaça qilib aytsak, moddiy madaniyatni barpo etiş zamirida ham ma`naviyat yotadi. Har qanday moddiy va ma`naviy madaniyat durdonalari inson aqliy va jismoniy mehnati sintezi asosida yuzaga keladi. Ma`naviy madaniyat voqe`likni badiiy aks ettiriş va ŏzlaştiriş vositasidir.
Madaniyatni moddiy va ma`naviy madaniyatga bŏliş bilan çeklanib qolmaslik kerak. Madaniyatga kişilarning bir-biriga munosabatlari, oila, maktab, oliygoh, korxona, taşkilotlar, muassasalardagi ŏzaro munosabatlari ham kiradi.
Ŏqituvçi moddiy va ma`naviy madaniyat haqida sŏzlar ekan, talabalar diqqatini umuman madaniyat, xususan ma`naviy madaniyatni rivojlaniş qonuniyatlariga tortişi joizdir.
Madaniy taraqqiyotning umumiy qoidalaridan biri uning tŏxtovsiz ravişda boyib borişi va rivojlanişidan iborat. Jamiyat rivojlanib borişi bilan madaniyat ham sifat jihatidan ŏzgaradi. Bu degan sŏz, jamiyatning taraqqiy etişi madaniyatning ŏzgarişini talab qiladi, madaniyatning yangilanişi esa ŏz navbatida jamiyatning taraqqiy qilişiga sabab bŏladi.
Jamiyat taraqqiyotining har bir yangi bosqiçi oldingi jamiyatning madaniy yutuqlarini zaruriy ravişda meros qilib oladi, uni qayta işlaydi, undan ijodiy foydalanadi, uni yangi yuqori bosqiçga kŏtaradi. Insoniyat tomonidan yaratilgan eng yaxşi va qimmatli narsalar, moddiy va ma`naviy boyliklar yangi tarixiy şaroitda ŏzlaştiriladi, qayta işlanadi va rivojlantiriladi. Şu ŏrinda ŏqituvçi talabalarga, har bir avlod ŏzi uçun maxsus yangi moddiy baza taşkil etmasligini, ilm-fan va madaniyatni yangidan yaratmasligini, balki ŏzidan oldingi avlodlar tomonidan yaratilgan moddiy va ma`naviy madaniyatdan meros sifatida foydalanişini aytib ŏtişi lozim.
Madaniyat - umuminsoniy hodisa. U barçaga baravardir. Masalan, maqomlar, adabiyot, me`morçilik durdonalari, fan-texnika yutuqlari, transport va aloqa vositalari barçaga tegişlidir. Xuddi şuningdek ma`naviy madaniyat ham milliy va umuminsoniy bŏladi.
Milliy ma`naviyat, madaniyat tarixiy hodisa sifatida bir kunda, bir yilda, balki bir asrda ham mukammal şakllanmaydi. Ŏrta Osiyo xalqlari ma`naviy va madaniyat tarixining ibtidosi asrlar qa`riga singib ketgan bŏlib, ularning neça ming yillik ma`naviy kamolot pillapoyalarini bosib ŏtganligini aniqlaş bugun uçun ançayin murakkab muammo.
Boşqaça qilib aytganda, bugungi ayrim saltanatlar ahli qabila-qabila bŏlib yaşagan zamonlarda bizning muborak zaminimizda ilmu fan barq urib yaşnagani, tabiiy ilmlar, xususan, tibbiyot, matematika, astronomiya kabi fanlar madrasalarda ŏqitilgani, ilmiy akademiyalar taşkil etilib, maǧribu maşriqqa nom taratganini eslasak va bundan har qança ǧururlansak arziydi.
Ŏtmişda xalqimiz ma`naviy madaniyatning uzviy qismi bŏlgan dini islomni rivojlantirişga ham ŏzining munosib hissasini qŏşgan. Dunyoda eng maşhur hadisşunoslar oltita bŏlsa, şulardan tŏrttasi bizning diyorimizdan çiqqan. 1998 yilda esa Imom al Buxoriy tavalludining 1225 yilligi bizning yurtda va butun islom dunyosida keng nişonlangan bulsa, 2000 yilda imom al-Moturudiy tavalludining 1130 yil­li­gi, Burxoniddin Marǧinoniy tavalludining 910 yilligi ni­şon­lan­di.
Endi ma`naviy meros va uning ma`naviyat rivojlanişidagi ba`zi jihatlarini bayon etamiz. Ma`naviy merosni izohlaşdan oldin umuman tsivilizatsiya, meros, xususan, madaniy meros, ma`naviy meros tuşunçalarining nisbati, xususiyatlari, farqlarini bilib olişimiz lozim bŏladi. Çunki ma`naviy meros umuman merosning, xususan madaniy merosning tarkibiy qismi sanaladi. Madaniy merosni tuşunmasdan ma`naviy merosni ham tuşuniş qiyin. Bu tuşunçalarda umumiylik bŏlsa ham, ular birday emas, ŏzaro qaysi bir jihatlari, xususiyatlari bilan farqlanadi. Ma`ruzaning oldingi masalasida kŏrganimizdek har bir jamiyat va davr ŏz madaniyat tipiga ega bŏladi. Jamiyat, davr ŏzgarişi bilan uning madaniyat tipi va ma`naviyatida ŏzgariş, yangilaniş bŏladi, ammo madaniy taraqqiyot uzilib qolmaydi, ilgarigi madaniyat, tsivilizatsiya yŏq bŏlib ketmaydi, balki madaniy meros sifatida saqlanib qoladi. Meros - insoniyatning har bir tarixiy bosqiçda yaşagan avlodlari tomonidan yaratilgan va keyingisiga etib kelgan barça moddiy va ma`naviy boyliklari majmuidir. Madaniy meros ham meros doirasiga kiradi, ammo undan biroz farq qiladi. Ŏtmişdagi barça madaniyat yodgorliklari meros sifatida saqlanib qolişi mumkin, lekin ularni hammasi ham madaniy qadriyatga ega bŏlavermaydi. Madaniy merosda kişilikning kelgusi taraqqiyotiga, ma`naviy yuksalişiga xizmat qiladigan, unga ijobiy ta`sir qiladigan qadriyat ahamiyatiga ega bŏlgan tomonlar hisobga olinadi.
Ŏtmiş avlodlar yaratgan madaniy yodgorliklarning hammasi ham madaniy meros bŏlavermaydi, çunki ŏtmişdan qolgan narsalarning hammasi ham qadriyat ahamiyatiga ega bŏlavermasligi hammamizga ma`lum. Masalan, Şŏrolar davrida yaratilib, uning siyosati, mafkurasini tarǧib etgan, endilikda ŏz umrini yaşab ŏtgan kitoblarning bugun uçun ham, kelajak uçun ham qadriyati, ahamiyati yŏq. Tŏǧri, ular meros, lekin madaniy meros emas, ularni tarixiy fakt sifatida saqlab qŏyiş mumkin.
Yuqoridagilardan kelib çiqib, madaniy meros deb, ŏtmiş avloddan keyingi avlodga vorislik asosida qoldirilgan, zamonda barqarorlik sinovidan ŏtgan, saralangan, insoniyatning hozirgi va kelgusi taraqqiyotiga xizmat qiladigan moddiy va ma`naviy madaniyat majmuiga aytişimiz mumkin.
Kişilikning har bir avlodi ajdodlari tomonidan yaratilgan madaniy boyliklarni meros sifatida qabul qilib oladi. Tarixiy vorislik - jamiyat va uning madaniyati ravnaqi şartidir. Ming afsuslar bŏlsinkim, Şŏrolar davrida madaniy merosga tŏǧri munosabatda bŏlinmadi. «Boyu zamindorlarga, hokim sinf tabaqalariga xizmat qilgan ŏtmiş madaniyatining bizga keragi yŏq, yangi proletar (yŏqsil) madaniyatni yaratamiz» degan şior ostida sobiq Sovet Ittifoqi xalqlarining, jumladan ŏzbek xalqining moddiy va ma`naviy madaniyatiga qiron keltirildi, saroylar, masjid va madrasalar buzib taşlandi, qarovsiz xaroba holiga keltirildi, nodir asarlar yondirildi. Bu siyosat tufayli madaniy meros toptaldi.
Madaniy va ma`naviy meros ŏzaro bir-biridan farq qilsa-da, ularning ŏrtasiga ŏtib bŏlmas «Xitoy» devorini qŏyiş ham mumkin emas, madaniy merosni barpo etişning zamirida ham ma`naviyat - ya`ni insonning ma`naviy - ruhiy bilimlari, qobiliyati, iste`dodi, aqli, empirik va nazariy bilim tajribalari, mehnat malakasi kabi boşqa ma`naviy faoliyatlari yotadi. Madaniy va ma`naviy meros ŏrtasida umumiylik ham, farqli tomonlar ham mavjud. Ayni paytda ular ŏrtasida yuqorida aytilgan aloqadorlik, boǧliklik, ŏzaro munosabat, ta`sir bor. Şuningdek, madaniy meros ŏz kŏlami jihatidan ma`naviy meros tuşunçasidan kengroq.
Madaniy merosda kŏproq umumiylik ustunlik qilsa, ma`naviy merosda xususiylik ustunlik qiladi. Madaniy meros umuman madaniyat yutuqlarini ŏz içiga qamrab olsa, ma`naviy meros ma`naviy madaniyat yutuqlarini ŏz içiga qamrab olişi bilan farqlanadi. Madaniy merosning qadri abadul-abad tuşmaydigan qismiga milliy qadriyat deyiladi. Ana endi asta-sekin ma`naviy meros tuşunçasiga yaqinlaşmoqdamiz. Ma`naviy boyliklar avloddan avlodga, bir tuzumdan ikkinçi tuzumga meros sifatida ŏtadi va jamiyat, uning ma`naviy taraqqiyotiga katta ta`sir kŏrsatadi. Ma`naviy meros deb uzoq va yaqin ŏtmişdagi, hozirgi davrdagi ma`naviy jihatdan ǧoyat qimmatli, ŏçmas iz qoldiradigan, mangu yaşaydigan, butun ijtimoiy manfaati va ehtiyojiga, ezgulikka xizmat qiladigan umuminsoniy ma`naviy boyliklarga aytiladi. Ma`naviy meros ma`naviy qadriyat sifatida namoyon bŏlib, unga ilm-fan, jumladan falsafa, adabiyot, san`at, axloq, dindagi real, dunyoviy ta`limotlar, hurfikrlik va boşqalar kiradi.
Ma`naviy meros zamonlar ŏtişi bilan ŏz qadrini yŏqotmaydi, balki sifat jihatdan yangi ahamiyat kasb etadi. Ma`naviy meros kişilar ongiga, içki dunyosiga, his-tuyǧusiga ta`sir etib, ular ongini boyitadi, axloq-odobini ezgulik sari etaklaydi.
Ma`naviy meros biror xalq, millat, uning vakillari tomonidan yaratilib, sŏng umuminsoniyatning ma`naviy boyligiga, merosiga aylanib qoladi. Markaziy Osiyo xalqlarining ŏtmiş avlodlari qoldirgan ma`naviy meros bunga misol bŏla oladi. Ma`naviy merosimiz jihatidan jahondagi oldingi ŏrinlardan birini egallaymiz. Islom Karimov qayd etganidek, «Beşafqat davr sinovlaridan omon qolgan, eng qadimgi toşyozuvlar, bitiklardan tortib, bugun kutubxonalarimiz xazinasida saqlanayotgan 20 mingdan ortiq qŏlyozma, ularda mujassamlaşgan tarix, adabiyot, san`at, siyosat, axloq, falsafa, tibbiyot, matematika, fizika, ximiya, astronomiya, me`morçilik, dehqonçilikka oid ŏn minglab asarlar bizning beqiyos ma`naviy boyligimiz, iftixorimizdir. Bunçalik katta merosga ega bŏlgan xalq dunyoda kam topiladi. Şuning uçun ham bu borada jahonning sanoqli mamlakatlarigina biz bilan bellaşa olişi mumkin...»13. Bularning hammasi Turon zaminida yaşagan ajdodlarimizning biz avlodlariga qoldirgan ma`naviy, tarixiy merosidirkim, endi bu nodir ma`naviy merosimizni jiddiy ŏrganiş, xalqimizga etkaziş davri keldi. Buning uçun barça imkoniyatlar mustaqil davlatimiz tomonidan, bevosita Prezidentimiz Islom Karimovning taşabbusi bilan yaratib berilmoqda. Bu imkoniyatlarni ruyobga çiqariş uçun tarixçi, olim, adabiyotçi, san`atkorlarmizdan, qŏyingki milliy ma`naviyatimiz jonkuyarlaridan ǧayrat-şijoat, qunt bilan işlaş, izlaniş talab etiladi. Prezidentimizaytganlaridek, xalqimizning tayançi ajdodlarimiz qoldirgan ma`naviy merosning ŏzi katta bir xazina. Bu xazinadan mustaqilligimizni mustahkamlaşda oqilona foydalanişimiz lozim. Qadimiy yozuvlar, bitiklar, xalq oǧzaki ijodi namunalari, uluǧ şoir va mutafakkirlarimiz yaratgan dunyoviy va badiiy asarlar, Qur`oni Karim, hadislar, Yassaviy va Baqirǧoniylar yaratgan diniy-axloqiy ruhdagi asarlar, Ahmad Yugnakiy, Yusuf Xos Hojiblar yaratgan axloqiy, pand-nasihat tipidagi asarlar, Najmiddin Kubro, Bahouddin Naqşbandiy yaratgan, inson içki dunyosi, ruhiyatiga qaratilgan ta`limotlar, Navoiyning ŏlmas badiiy ijod xazinasi va boşqalar bizning boy ma`naviy merosimiz hisoblanadi. Ular inson içki dunyosini, ruhiyatini, ma`naviyatni sayqal topişiga qaratilgan. Ularda insonlar ma`rifatga, ilm-bilim olişga, yuksak axloq-odobga, olijanob fazilatlarga, yaxşilikka da`vat etiladi, yomonlik, yovuzlik qoralanib undan saqlanişga çaqiradigan pand-nasihatlar, ŏgitlar juda kŏp. Ular kişilarni ma`nan tarbiyalaydi. Ma`naviyatsizlik, ma`naviyatdan mahrum bŏliş insonni ŏǧirlik, yulǧiçlik, poraxŏrlik kabi illatlar sari yŏllaydi. Bundan Ollohning ŏzi asrasin! Madaniyat, ma`naviy va madaniy meros, ma`naviyat rivoji insoniyat tsivilizatsiyasi bilan boǧlanib ketadi. Ammo ularni bir-biri bilan aralaştirib yuboriş ham tŏǧri bŏlmaydi. Tsivilizatsiyaning ŏzi insoniyatning madaniyati va ma`naviyati taraqqiyoti bosqiçlarida rŏy beruvçi sifat jihatidan yangi bosqiçi bŏlib, kişilik jamiyati tarixida çuqur iz qoldiradi. Tsivilizatsiya – ma`lum bir tarixiy bosqiçda insoniyatning madaniyat taraqqiyotida yaratgan, erişgan, qŏlga kiritgan sifat jihatidan yangi, yuqori yutuqlari majmui.
Tsivilizatsiyaning madaniyatdan farqi şundaki, u ŏziga xos bŏlgan, ŏzgalardan tubdan farq qiladigan, ammo ŏz davri taraqqiyotida takrorlanmas iz qoldiradigan fan, madaniyat, texnika, ijtimoiy ong, ma`naviyat va boşqa sohalardagi buyuk, yuqori kŏrsatkiç hisoblanadi. Uning xarakterli tomoni şundaki, u ŏzidan oldingisini qabul qilmaydi, balki sifat jihatidan yangi, unga ŏxşamagan ŏzgarişlarni vujudga keltiruvçi jarayon hisoblanadi.
Tsivilizatsiya har bir xalqning yoxud jamiyatning, tarixiy bosqiçning ŏziga xos tarixiy-madaniy rivojlanişi, şakllangan qadriyatlari, tafakkur taraqqiyoti hisoblanadi. Hozirgi davrda ilmiy adabiyotda uni «Şarq» va «Ǧarb» tsivilizatsiyasiga bŏliş qabul qilingan. Insoniyat tarixidagi bu tsivilizatsiyalar hind, konfutsiylik, buddaviylik, musulmon yoki katolik, pravoslav va hokazolarning paydo bŏlişi şaklida namoyon bŏlgan.
Bugungi tsivilizatsiya insoniyatning olamni bilişi, undan umum-başariy manfaatlari yŏlida foydalana bilişi, har bir halqning umuminsoniyat taraqqiyotiga xizmat qiluvçi ma`naviyati va ma`rifati şaklida namoyon bŏlmoqda.
Şunday qilib, madaniyat, ma`naviy meros, tsivilizatsiyalar yutuǧi jamiyat va inson ma`naviyatining rivojlanişida, ma`naviy barkamol avlodni voyaga etkazişda katta ahamiyatga ega. Şuning uçun mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq ŏtmişda toptalgan ma`naviy merosimizni tiklaşga qat`iyan kirişildi.
Mustaqillik bizni porloq rivojlaniş imkoniyatlariga ega qildi. Xalqimiz katta orzu-maqsadlar va intilişlar bilan yaşayapti. Xuquqiy davlat, adolatli fuqarolik jamiyati - oldimizda turgan nurafşon manzildir. Ammo bu manzillar ŏz-ŏzidan dunyoga kelmaydi, uni ŏz-ŏzidan maşaqqatsiz, izlanişlarsiz, yaratuvçilik, ijodkorlik işlarisiz egallanmaydi. Yangi jamiyat yuksak darajada rivojlangan ongni, ma`naviy kamolotni yanada baland bosqiçga kŏtarilişini taqazo etadi. Ilǧor demokratik qoida va tuşunçalar bilan boyigan milliy mustaqillik mafkuramiz ana şu yangi ma`naviyatning hal qiluvçi mezonlaridan biridir.
Yuqoridagilardan kelib çiqadigan bŏlsak, ma`naviyat mafkurasiz rivojlana olmasligini kŏramiz. Çunki, inson ruhiyatini şakllantiriş, milliy qadriyatlarni tiklaş va jamiyat maqsadlarini amalga oşirişda mafkura harakatga keltiruvçi kuç sifatida katta ahamiyat kasb etaveradi.
Xullas, mafkura - umummillatga, umumxalqqa, butun jamiyatga taalluqli ulkan ǧoyalar birligidir. Ammo uning ildizlari har bir insonning qalbida, vijdonida, iymonida, aql-idroki va tafakkurida. Şu bois, haqiqiy, hayotiy, çuqur insoniy mafkurasi bor xalq, mamlakat va jamiyat qudratlidir.

Download 113.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling