MR = MYO – N + IYO + IN Bu yerda: MYO – mehnat qilish yoshidagi aholi; N – I-II guruh nogironlari.
Mehnat resurslari quyidagi vaqtlarda ko„payishi mumkin:
16 yoshga to„lgan yoshlar hisobiga;
Ishga jalb qilingan nafaqachilar hisobiga (shu jumladan imtiyozli nafaqaga chiqqanlar ham);
Shu hududga boshqa yerlardan kelib, ishga qabul qilinganlar hisobiga.
16 yoshni to„ldirgan yoshlar hisobiga mehnat resurslarining ko„payish koeffitsienti (YOK16) 16 yoshni to„ldirgan yoshlar sonini mehnat yoshidagi mehnatga layoqatli aholi soniga bo„lib topiladi.
YO16 x 1000
YOK16 = -------------------------;
MLA
Bu yerda: MLA = mehnatga layoqatli aholi soni.
Ishga jalb qilingan nafaqachilar koeffitsienti (NK) ishga qabul qilingan nafaqachilar sonini (IN) mehnat yoshidagi mehnatga layoqatli aholi soniga bo„lib topiladi:
IN x 1000
NK = ---------------------
MLA
Hududga ko„chib kelgan va ishga qabul qilinganlar koeffitsienti (HKKK) hududga ko„chib kelib, ishga qabul qilinganlar sonini (HKIQ) mehnat yoshdagi mehnatga layoqatli aholi (MLA) soniga bo„lib topiladi:
HKIQ x 1000
HKKK = --------------------------
MLA
Mehnat resurslari turli sabablarga asosan kamayishi mumkin, ularning asosiylari quyidagilar:
O„zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga asosan ishga va ish haqqiga ega bo„lmagan, ish qidiruvchi sifatida mehnat birjasida ro„yxatga olinganlar, hamda mehnat qilishga yoki kasbiy qayta tayyorlanishga tayyor bo„lgan mehnat qilish yoshidagi (16 yoshdan to nafaqa yoshigacha) mehnatga layoqatli shaxslar ishsizlar deyiladi. Ishsizlik turli sabablar oqibatida vujudga keladi va ularni quyidagi turlarga bo„ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |