1. Mehnat motivatsiyasi omillarining moddiy va ma’naviy tuzilishi Ehtiyojlar va qiziqish
Mehnat motivatsiyasini yanada kuchaytirish yo‘llari
Download 67.5 Kb.
|
Mexnat faoliyati motivlari
Mehnat motivatsiyasini yanada kuchaytirish yo‘llari
Xodim mehnat faoliyatida ishtirok etar ekan, ayni paytda bir qator ehtiyojlar, manfaat va qadriyat yo‘nalishlariga ega bo‘ladi. Ular muhim va nomuhim, turli darajada ahamiyatli va qardli bo‘lishi mumkin. Bu hamma omillar ichida eng asosiylarini tanlash ehtiyojlar, qiziqishlar, qadriyatlarni mehnat vaziyati bilan taqqoslash jarayonida sabablar (yo‘l-yo‘riqlar) vositasida amalga oshadi. O‘z-o‘zidan sabab va vaziyatlar etarli darajada harakatchandir, chunki ular inson his-tuyg‘ulari, uning shijoatkorona ta’siri ostida vujudga keladi. vaziyatlar va ob’ektlarga yanada barqarorroq munosabatda bo‘lish “yo‘l-yo‘riq” tushunchasi bilan ifodalanadi. Shunday qilib, “sabab” va “yo‘l-yo‘riq” bir-biriga to‘la o‘xshash bo‘lmasa ham, ma’no jihatdan yaqindir. Mehnat sohasidagi sabablar xilma-xil funktsiyalarni bajaradi va ular xodim hulq-atvorida ro‘yobga chiqadi. Bular quyidagi funktsiyalar: yo‘naltiruvchi funktsiya bunda sabab xodimning xulq-atvorini vaziyatdan xulq-atvor variantlarini tanlashga yo‘naltiradi; ma’no hosil qiluvchi funktsiya, bunda sabab xodimning mazkur xulq-atvoridagi sub’etiv ahamiyatini belgilab beradi, uning shaxsiy ma’nosini aniqlaydi; vositali funktsiya, bunda sabab ichki va tashqi qo‘zg‘atuvchilar tutashgan joyda vujudga keladi, ularni xulq-atvorga bo‘lgan ta’sirini vositalaydi; safarbar qiluvchi funktsiya, benda sabab xodim organizmi kuchlarni o‘zi uchyaun ahamiyatli faoliyat turlarini amalga oshirishga safarbar etadi; oqlovchi funktsiya, bunday holatda shaxsning tashqaridan nomallashtiradigan xulq-atvor namunasiga, etaloniga, ijtimoiy va axloqiy normaga munosabati ifodalangan bo‘ladi. Haqiqiy real sabablar bilan e’lon qilinadigan, oshkora e’tirof etiladigan sabablarni farqiga etish lozim. Haqiqiy sabablar bular undovchi sabablardir. Ikkinchi sabablar bular mulohaza sabablar bo‘lib, ularning vazifasi o‘zining xulq-atvorini o‘ziga va boshqalarga tushuntirishdir. Oshkora e’lon qilinadigan sabablarni undovchi sabablardan farqli o‘laroq ko‘pincha dalillar deb atashadi. Insonning faoliyati ayni vaqtda bir necha sabablar bilan aniqlanadi, chunki ular narsa-buyumlar olami, jamiyat, atrofdagi kishilar va o‘z-o‘zi bilan xilma-zil munosabatlar tizimiga qo‘shiladi. Xodimlarning xulq-atvorini belgilab beradigan etakchi sabablar guruhini sabablar o‘zagi deb atashadi, u o‘z tuzilishiga egadir. Sabablar o‘zagining tuzilishi muayyan mehnat vaziyatlariga qarab farqlanadi: mutaxassislikni yoki ish joyini tanlashga; korxonada mazkur kasb bo‘yicha kundalik ishga; muayyan nizoli vaziyatga; ish joyini almashtirishga yoki kasbni o‘zgartirishga; mehnat muhitining tavsiflari o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan innovatsion vaziyat va hokazolarga. Ko‘rib turibmizki, mehnat xulq-atvoriga uni tashkil etuvchi turli tarkiyuiy qismlar ta’sir ko‘rsatadi (chizma). Keyingi o‘n yilliklarda mehnat sotsiologiyasi ijtimoiy xulq-atvor mexanizmini bilishni bir muncha chuqurlashtirish imkonini beradigan g‘oyalarni ishlab chiqmoqda. Bu jihatdan V.V.Yadovning yondashuvi qiziqarlibo‘lib, u shaxs ijtimoiy xulq-atvorini depozitsion kontseptsiyasini ifodalab bergan edi. Bu erda gap insonnig murakkab dispozitsiyalar tizimini (shaxsiy moyillik) egallashi haqida boradi, ular inson xulq-atvorini tartibga soladi. Ular murakkab tuzilishga ega bo‘lgan qiziqishlar va vaziyatlar tutashgan joyda hosil bo‘ladi. Ehtiyojlar, vaziyatlar va ularga mos keladigan dispoziyalarni to‘rtta darajasi ajratib ko‘rsatiladi: Eng oddiy vaziyatlarda, maishiy sharoitlarda biologik ehtiyojlarga bog‘liq yo‘l-yo‘riqlar; Odatdagi kundalik sharoitlarda muomalaga bo‘lgan ehtiyojlar asosida shakllantiriladigan ijtimoiy yo‘l-yo‘riqlar; Shaxsning muayyan mehnat sohasi yoki dam olish sohasidagi qiziqishlarning umumiy yo‘nalishini ta’riflab beradi (bular bazaviy ijtimoiy yo‘l-yo‘riqlardir); Shaxsning qadriyatli mo‘ljallar tizimi. chizma. Mehnat xulq-atvorini tartibga solish sabab mexanizmini tasniflash Sabablar tuzilishi juda moslashuvchan va doimiy ravishda o‘zgaruvchandir (to‘g‘rilanib boradi). Mehnat faoliyati jarayonidagi bunday to‘g‘rilanib borish uch un asos sifatida ishlab chiqarish vaziyatining turli tomonlaridan qoniqish hosil qilish namoyon bo‘ladi. Xodim vaziyatning barcha elementlarini qanchalik qulaylik bilan qabul qilsa, mehnat xulq-atvori sabablari shunchalik to‘g‘rilangan bo‘ladi. Sabablarni o‘rganishning sotsiologik va psixologik darajalarini farqlash kerak bo‘ladi. Psixologik darajada harakatdan odingai maqsdani bilib olish va qaror jarayoni tekshiriladi. Butun sabablarni asoslash jarayoni maqsad qo‘yish bilan tugaydi. Sabablar yo‘l-yo‘riqlarini o‘rganishda shuni nazarda tutish kerakki, ularning mazmuni ko‘proq qadriyatlar va normalar mazmunini, avvalo shaxsiy ehtiyojlar hamda qiziqish yo‘nalishidan ko‘ra ijtimoiy jihatdan maqullangan qadriyatlar va normalar mazmunini, avvalo shaxsiy ehtiyojlar hamda qiziqish yo‘nalishidan ko‘ra ijtimoiy jixatdan ma’qullangan qadriyatlar va normalar mazmunini aks ettiradi. Bunda sabablar ierarxiyasi qadriyatlar ierarxiyasidan dalolat beradi. Extiyojlar va qiziqishlar tuzilishini esa faoliyatning har xil turlariga doir vaqt sarflari aks ettiradi. Turli ijtimoiy guruhlar xodimlarining hulq-atvotining sabablari, yo‘l-yo‘riqlari, qadriyatli yo‘nalishlarini, shuningdek ularning tuzilishini o‘rganish xodim nima sababdan mehnat qilayotganligini aniqlash imkonini beradi. Mehnat faolligiga undovchi ichki sabablarni bilish asosida yaratiladigan rag‘batlar tizimi mehnatga munosabatlarning optimal tipinp shakllantirishning asosi hisoblanadi. Jamiyatda amal qilayotgan rag‘batlar tizimi faqat xodimlarning etakchi ehtiyojlariva qiziqishlarini amalga oshirishga yordam bergandagina samarali bo‘ladi. Download 67.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling