1. Mehnat munosabatlari subyektlari tushunchasining mohiyati
Xodimlar mehnat munosabatlari subyekti sifatida
Download 41.19 Kb.
|
Ma’ruza matni (1)
9.2. Xodimlar mehnat munosabatlari subyekti sifatida.
Fuqarolar mehnat munosabatlari subyektlarining eng ko’p sonli va keng tarqalgan subyektlaridan sanaladi. Chunki ular o’z jismoniy va aqliy salohiyatlarini, ijodiy imkoniyatlarini faqat mehnat qilish tufayli yuzaga chiqaradilar. Mehnat qonunchiligi mehnat munosabatlari subyektlari bo’ladigan fuqarolarning ikki toifasini nazarda tutadi: a) yollanib ishlovchilar (xodimlar); b) tadbirkorlar (ish beruvchilar) va ularning huquqiy statusi o’zaro farq qilinadi. Mehnat munosabatlari subyekti sifatida barcha fuqarolar amalda mehnat qilish qobiliyatiga ega bo’lishi lozim. Bu qobiliyat shaxsning jismoniy va aqliy imkoniyatlari doirasini o’z ichiga oluvchi omillar yig’indisi bilan belgilanadi hamda jismoniy yoki aqliy mehnat qilish jarayonida yuzaga chiqadi. Bu imkoniyatlar yuzaga chiqishi uchun fuqaro muayyan yoshga etishi, o’z xatti-harakati uchun javob bera oladigan holatda bo’lishi lozim. Mehnat qilishning dastlabki layoqatlari juda erta – bola 4 yoshga kirganidayoq yuzaga kela boshlaydi, biroq mehnat qonunchiligi shaxsda mehnat qila bilish qobiliyati amalda paydo bo’lgan paytdan emas, balki mehnat huquq subyekti bo’la olishligi momentidan boshlab mehnat huquqi subyekti deb tan oladi. Mehnat huquqiy subyektlilik amaldagi mehnat qonunchilik qoidalariga ko’ra odatda shaxsning 16 yoshga to’lishi bilan tan olinadi. Mehnat Kodeksining 77-moddasiga ko’ra ishga qabul qilish 16 yoshdan amalga oshirilishi ko’zda tutilgan. Ota-onalardan biri yoki ular o’rnini bosuvchi shaxsning yozma roziligi bilan 15 yoshga to’lgan shaxslar ham, umumta`lim, o’rta maxsus o’quv yurtlarining o’quvchilari bo’sh paytlarida hayoti va sog’ligi uchun xavf tug’dirmaydigan ishlarga ota-onasidan biri yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxs yozma roziligi bilan ishga qabul qilinishlari mumkin. Yoshlar salomatligi, hayoti va ma`naviyatini himoyalash maqsadida ayrim ishlarga qabul qilish paytida shaxsning 18 yoshga etgan bo’lishi talab qilinadi. Bunday kasb va vazifalarda mehnat huquqi subyekti bo’la olish yoshi odatdagidan boshqacha belgilangan. Yollanma mehnat sohasidagi ishga qabul qilish yoshi imperativ xususiyatga ega bo’lib, unga rioya qilmaslik qonunbuzarlik sifatida baholanadi. Mehnat munosabatlari subyekti bo’la olish yosh mezonidan tashqari irodaviy mezonga ham ega. Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqaro mehnat huquqi subyekti bo’la olmaydi. Muomala layoqati cheklangan shaxslar davlat xizmatiga olinmaydi. Aqliy layoqatlari jiddiy izdan chiqqanligi sababli bu toifadagi shaxslar o’z faoliyatlarini nazorat qila olishmaydi, o’z harakatlariga javob berolmaydi. Fuqaro mehnat huquqiy layoqati mazmuni yuqoridagilardan tashqari uning salomatligi axvoliga, malakasiga, bilimiga, ayrim hollarda jinsiga va boshqa holatlarga bog’liq bo’ladi. Mehnat huquqiy layoqati chegaralari, imkoniyatlar chegarasi davlat tomonidan, ish beruvchi tomonidan belgilanadi. O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasining 37-moddasida har bir fuqaro o’z jismoniy, aqliy, ishchanlik imkoniyatlaridan erkin foydalanishi mumkinligi, ish turi, joyini erkin tanlashga xaqli ekanligi belgilab qo’yilgan. Fuqaro mehnat huquqiy layoqatini cheklanishiga faqat qonunlarda maxsus nazarda tutilgan hollardagina yo’l qo’yiladi. Masalan, O’zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 45-moddasida sodir etilgan jinoyat uchun fuqaro muayyan huquqlardan, ya`ni ma`lum kasb, lavozimlarda ishlashiga sud belgilagan muddat davomida yo’l qo’yilmasligi tarzidagi jinoiy jazo nazarda tutilgan1 . Fuqaro mehnat huquqlari doimiy va butunlay cheklanishi mumkin emas hamda doim vaqtinchalik, cheklangan doirada bo’ladi. Mehnat munosabatlari ishtirokchisi bo’lgan xodimning mehnat huquqi subyekti sifatidagi huquq-muomala layoqati mazmuni mehnat qonunchiligi bilan bir qatorda boshqa huquq sohalariga taalluqli normalarida ham ko’zda tutilgan. Xodimning mehnat huquqiy maqomi fuqaroning yuridik maqomining tarkibiy qismi bo’lib, xodimning yuridik maqomi orqali yanada to’laroq namoyon bo’la boradi. Xodimlarning mehnat huquqiy maqomi barcha shaxslar uchun, ularning millati, irqi va boshqa farqlaridan qat`i nazar ayni bir xildadir. Mehnat qilish sohasidagi Konstituttsiyaviy huquqlarning kafolatlanishi, bu huquqlarni aniq amalga oshirilishi uchun shart-sharoitlar yaratilishi fuqarolar mehnat huquqiy maqomining tarkibiyqismi hisoblanadi. Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarning O’zbekiston hududida mehnat huquqiy munosabat subyekti bo’la olishlari uchun eng muhim shartlardan biri – ularning O’zbekistonda mehnat faoliyati bilan shug`ullana olishlari uchun belgilangan tartibda ruxsat (litsenziya) olgan bo’lishlari lozimligidir. «Axolini ish bilan ta`minlash to’g’risida»gi Qonunning 13-moddasida chet el fuqarolarining O’zbekiston Respublikasidagi mehnat faoliyati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkinligi ko’rsatilgan. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1995 yil 19 oktyabrdagi 408-sonli qarori bilan tasdiqlangan «O’zbekiston Respublikasida xorijiy ishchi kuchlarini jalb qilish va ulardan foydalanish tartibi to’g’risidagi Nizom» ham xuddi shu masalaga qaratilgan2. Fuqaroligi yoki shaxsi belgilangan tartibda O’zbekiston hududida doimiy yashash uchun guvoxnoma olganlaridan keyin mehnat faoliyati bilan shug`ullanishlari mumkin. Tegishli ruxsatnoma (litsenziya)ga ega bo’lmagan shaxslarni O’zbekistonda mehnat faoliyati bilan shug`ullanishlari taqiqlanadi, bunday hollar aniqlangan taqdirda chet el fuqarosi O’zbekistondan chiqarib yuboriladi. Bunday shaxslarning litsenziyasiz ishga qabul qilgan mansabdor shaxslar tegishli huquqiy javobgarlikka tortilishi mumkin. Fuqarolar (jismoniy shaxslar) mehnat huquqi subyekti sifatida muayyan majburiyatlarni bajarishlari lozimligi ularning mehnat - huquqiy maqomining eng muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu majburiyatlar mehnat shartnomasi va boshqa me’yoriy hujjatlarda nazarda tutiladi. Download 41.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling