1. Mehnat munosabatlarining iqtisodiy mazmuni Mehnat shartnomalarining tarkibiy tuzilishi


-modda. Kasaba uyushmalarining mustaqilligi


Download 104 Kb.
bet6/8
Sana20.09.2023
Hajmi104 Kb.
#1681965
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mehnat munosabatlarining iqtisodiy mazmuni va kasaba uyushmalarining roli

3-modda. Kasaba uyushmalarining mustaqilligi
Kasaba uyushmalari o‘z faoliyatida davlat organlaridan, xo‘jalik boshqaruvi organlaridan, ish beruvchilardan va ularning birlashmalaridan, siyosiy partiyalardan hamda boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqildir, ular oldida hisobdor emas va ular tomonidan nazorat qilinmaydi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Kasaba uyushmalarining faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi.
(3-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 28-noyabrdagi O‘RQ-413-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 48-son, 546-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 59-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi Qonuni 5-moddasining uchinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonuni 4-moddasining uchinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni 5-moddasining uchinchi qismi.
Kasaba uyushmalari mustaqil ravishda o‘z ustavlarini ishlab chiqadilar va tasdiqlaydilar, uyushma tuzilishini belgilaydilar, rahbar idoralarini saylaydilar, o‘z faoliyatlarini tashkil etadilar, yig‘ilishlar, konferensiyalar, plenumlar, qurultoylar o‘tkazadilar.
Kasaba uyushmalari o‘z ustavlarida belgilangan maqsadlarga va vazifalarga muvofiq ravishda boshqa mamlakatlarning kasaba uyushmalari bilan hamkorlik qilish, o‘z xohishiga ko‘ra xalqaro va boshqa kasaba uyushmalari birlashmalariga va tashkilotlariga kirish huquqiga egadirlar.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi Qonunining 23-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonunining 5-moddasi.

Download 104 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling