1. Mehnat munosabatlarining iqtisodiy mazmuni Mehnat shartnomalarining tarkibiy tuzilishi


-modda. Fuqarolarni kasaba uyushmalariga mansubligiga qarab kamsitishni taqiqlash


Download 104 Kb.
bet7/8
Sana20.09.2023
Hajmi104 Kb.
#1681965
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mehnat munosabatlarining iqtisodiy mazmuni va kasaba uyushmalarining roli

4-modda. Fuqarolarni kasaba uyushmalariga mansubligiga qarab kamsitishni taqiqlash
Fuqarolarning kasaba uyushmalariga mansubligi yoki mansub emasligi ularning qonun hujjatlarida kafolat beriladigan mehnat huquqlari, boshqa ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, shaxsiy huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari biror bir tarzda cheklanishiga sabab bo‘lmaydi. Xodimni ishga qabul qilish, xizmat pog‘onalariga ko‘tarish, shuningdek u bilan mehnat shartnomasini bekor qilish uchun muayyan kasaba uyushmasiga mansublikni, unga kirishni yoki undan chiqishni shart qilib qo‘yish taqiqlanadi.
(4-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 28-noyabrdagi O‘RQ-413-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 48-son, 546-modda)
LexUZ sharhi
Qarang:O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 6-moddasi.
5-modda. Kasaba uyushmalari faoliyatini to‘xtatish yoki taqiqlash
Kasaba uyushmasining faoliyatini tugatish ustavda belgilangan tartibda uning vakolatli organi qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.
Kasaba uyushmalarining, ular birlashmalarining faoliyati O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga va qonun hujjatlariga zid bo‘lgan taqdirda, bu faoliyat sudning qarori bilan taqiqlanishi mumkin. Kasaba uyushmalarining faoliyatini biror bir boshqa organning qaroriga ko‘ra taqiqlashga yo‘l qo‘yilmaydi.
(5-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 28-noyabrdagi O‘RQ-413-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 48-son, 546-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 65-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi Qonunining 23-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonunining 36-moddasi.
6-modda. Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to‘g‘risidagi qonunlar
Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Ushbu Qonunni O‘zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlarida, ichki ishlar organlarida, Davlat xavfsizlik xizmatida hamda boshqa harbiy tuzilmalarda qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlari ana shu tuzilmalar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilanadi.



Download 104 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling