1. Mehnat munosabatlarining iqtisodiy mazmuni Mehnat shartnomalarining tarkibiy tuzilishi
-modda. Kasaba uyushmalariga birlashish huquqi
Download 104 Kb.
|
Mehnat munosabatlarining iqtisodiy mazmuni va kasaba uyushmalarining roli
2-modda. Kasaba uyushmalariga birlashish huquqi
Xodimlar, oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida ta’lim olayotgan shaxslar hamda ish bilan ta’minlangan boshqa shaxslar (bundan buyon matnda xodimlar deb yuritiladi) hech qanday tafovutsiz va oldindan ruxsat olmay turib, ixtiyoriy ravishda kasaba uyushmalarini tuzish huquqiga, shuningdek kasaba uyushmalariga ularning ustavlariga rioya etish sharti bilan kirish huquqiga egadir. Xodimlar barcha korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi), yakka tartibdagi tadbirkorlik va o‘zga mehnat faoliyati amalga oshirilayotgan boshqa ish joylarida kamida uch nafar xodimning tashabbusi bilan kasaba uyushmalarini tuzishga haqli. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 16-moddasi ikkinchi qismining yettinchi xatboshisi. Kasaba uyushmalari ishlab chiqarish-tarmoq prinsipiga ko‘ra tarmoqlar va hududlar darajasida tuzilishi mumkin. Ishlamaydigan pensionyerlarning kasaba uyushmasi a’zoligiga kirishi yoki undan chiqishi tartibi kasaba uyushmasining ustavi bilan tartibga solinadi. Kasaba uyushmalari ixtiyoriylik asosida respublika, tarmoq va hududiy birlashmalarini tashkil etishi, shuningdek ularga kirishi mumkin, mazkur birlashmalarga kasaba uyushmalari faoliyatining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan huquqlari va kafolatlari tatbiq etiladi. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Qonunning III-bobi (“Kasaba uyushmalari huquqlarining kafolatlari”). Kasaba uyushmasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatga olinadi. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi Qonunining 11, 12-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonunining 21 — 26-moddalari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 12-dekabrdagi PQ-2085-sonli “Fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga ko‘maklashish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom. Kasaba uyushmalari teng huquqlardan foydalanadi. (2-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 28-noyabrdagi O‘RQ-413-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 48-son, 546-modda) Download 104 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling