1. Mehnat psixologiyasi fanining predmeti va maqsadi. Mehnat psixologiyasining vazifalari va muammolari


Download 122.09 Kb.
bet3/3
Sana26.03.2023
Hajmi122.09 Kb.
#1296761
1   2   3
Bog'liq
mehnat

Mehnat psixologiyasi XX asr boshida psixotexnika fani kabi yuzaga kela boshlab, 1920-1930- yillarda psixotexnika, industriya va sanoat psixologiyasi kabi o‘z o‘rnini aniqlashga boshlab, 1950‒1960-yillarda esa mehnat psixologiyasi kabi yuzaga kela boshlagan, ushbu fan o‘zining rivojlanuvi yo‘lida, o‘z o‘rnini aniqlab olgan va paydo bo‘layotgan yangi fanlar:

  • Muhandislik psixologiyasi,

  • Ergonomika,

  • Tashkiliy psixologiya,

  • Boshqaruv psixologiyasi,

  • Iqtisodiy psixologiya,

  • Sanoat psixologiyasi;

  • Mehnat fiziologiyasi;

  • Mehnat psixofiziologiyasi;

  • Menedjment,

  • Kasb psixologiyasi kabi fanlar bilan hamon yonma-yon kelmoqda.

Bundan tashqari mehnat sohasidagi tadqiqotlar, ilmiy izlanishlar insonni mehnat sharoitlarida o‘rganuvchi boshqa fanlar, ya’ni:

  • Mehnat gigienasi;

  • Mehnat va ishlab chiqarish ta’limi metodikasi;

  • Shifokor mehnat ekspertizasi;

  • Ishlab chiqarishni tashkil qilish;

  • Tadbirkorlik psixologiyasi;

  • Texnik me’yorlashtirish;

Texnika xavfsizligi kabi fanlar bilan uzviy bog‘lanishda amalga oshirilmog‘i kerak. Shaxsni kamol toptiradigan va tarbiyalaydigan jamoa o‘zi bilan jamiyat o‘rtasidagi bog‘lovchi bo‘g‘indir. Mehnat jamoasi o‘zining yuksak ko‘rinishlarida (zarbdorlik harakatida, yoshlarning mehnat jamoasi va shu kabilarda) kishi shaxsini har tomonlama kamol toptirish uchun shart-sharoit yaratadi.
Jamoaning psixologik muammolarini hal etishga pedagogik jihatdan to‘g‘ri yondashuv shaxslararo munosabatlarning umumiy nazariyasini yaratishning eng muhim shartidir.
G‘arbdagi va, avvalo AqShdagi, psixologlarning diqqat-e’tiborini kichik guruh - bir-birlari bilan bevosita aloqada bo‘lgan va o‘zaro birgalikda harakat qiladigan, odamlarning birlashmasi jalb etgandir. Kichik guruhga asosan his-hayajonga oid bog‘lanishlar (xayrixohlik, yoqtirmaslik, befarqlik, ko‘ngilchanlik va hokazo) orqali hosil bo‘ladigan umumiylik deb qaraladi. Kichik guruhlarning jipsligi, ular tuzilishining guruh ichidagi aloqalarni uzishga qaratilgan kuchlar ta’siriga qarshi barqarorligi, guruh faoliyatining uning hajmiga, unga rahbarlik qilish uslubiga bog‘liq holdagi samaradorligi, shaxsning guruhdagilarga moslashuvi (konformliligi) yoki uning guruhdan mustaqilligi, shuningdek shaxslararo munosabatlarning boshqa muammolari - bularning hammasi eksperimental tadqiqot mavzusi qilib olindi va psixologiyaning maxsus bo‘limiga - guruh dinamikasi (group dynamics)ga asos soldi.
Turli xil sotsial-psixologik hodisani tushunib yetish uchun yagona nazariy asosning yo‘qligi Amerika sotsial psixologiyasiga xos xususiyat hisoblanadi. Har xil guruhlardagi odamlar xulq-atvorining qonuniyatlarini aslini olganda bilib-bilmasdan bo‘ladigan bog‘lanishga borib taqaladi: guruh tazyiq o‘tkazadi, guruh a’zolari esa guruhiy tazyiqqa bo‘ysunadilar yoki bo‘ysunmaydilar (konformizm moslashuv, nonkonformizm - moslashmaslik); guruh bir xil individlarga yaqinlashadi, boshqalaridan esa o‘zini chetga oladi yoki, aksincha, ularni o‘z muhitidan chiqarib yuboradi; agar guruh ichidagi aloqalar-soni ko‘paya borsa, u holda guruhiy aloqalar nafislashib boradi va uzilib qoladi (jipslik, moslik) va hokazo.
Amerika psixologiya fanining ancha ta’sirli oqimlaridan biri -bixeviorizm bir vaqtlar kishini asosan har xil omillardan ta’sirlanuvchi mexanizm sifatida ta’riflashga shay turgan edi. Bixeviorizmning va sotsial psixologiyadagi boshqa nazariy yo‘nalishlarning vorislari endilikda har qanday ijtimoiy guruhda bir-biri bilan tashqaridan bog‘langan va o‘zaro birgalikda harakat qilayotgan individlarning xuddi ana shunday mexanik agregatini ko‘rishga tayyordir. Jumladan, guruhning tazyiqi ta’siri ostida individlarning kam deganda uchdan bir qismi o‘z fikrini o‘zgartirishi va xususiy fikrining tajribada ishtirok etayotgan boshqa kishilarning baholariga to‘g‘ri kelmay qolgan sharoitlarida o‘z fikrini bildirish va himoya qilishni xohlamayotganligini sezgach, ya’ni kelishuvchilikni namoyon qilgan tarzda ko‘pchilik tomonidan tiqishtirilgan fikrga qo‘shilishi tajribalarda (40-yillarda AqSh da) aniqlangan deb kelinardi. Keyingi barcha tadqiqotlar ushbu xulosani tasdiqlash tusini kasb etgan edi. Guruhning yiriklashuvi natijasida moslashuvchanlikning kuchayishi yo kuchaymasligi, sinab ko‘rilayotganlarning o‘zlari moslashuvchanlik fe’l-atvorini qanday izohlashlari aniqlandi, moslashuvchanlik ta’sirotlarining jinsga va yoshga xos xususiyatlari kabilar o‘rganildi.
Mazkur alternativa (mumkin bo‘lgan ikki holdan biri) yo tarbiyaning mazmunini ijtimoiy muhitning, guruh va jamoaning ta’siriga qarshilik ko‘rsatishga qodir shaxsni shakllantirishdan iborat deb bilish, yoxud hamisha boshqalarning fikriga qo‘shilishga moyil bo‘lgan, guruhning ta’siriga qarshilik ko‘rsata olmaydigan va bunday qilishni istamaydigan individlarni, ya’ni konformistlar (moslashuvchilar)ni tarbiyalashdek aniq-ravshan pedagogik muammoga aylanib qoladi. Masalaning bu tarzda qo‘yilishidan qanoatlanmaslik dastlab asos qilib olingan alternativaning noto‘g‘riligi haqidagi mulohazaga sabab bo‘ldi. Amerikalik psixologlarning tajribalarida individlarga ta’sir ko‘rsatuvchi guruhning o‘zi qanday paydo bo‘lgan? Bu odamlarning tasodifiy birlashuvi natijasida tarkib topgan bo‘lib, «aralash gruppa» (latincha diffusio - sochilib ketish, to‘kilish so‘zidan, «jipslik»ka teskari so‘zdan olingan) deb atalishi ham mumkin. Tajriba shartlariga ko‘ra guruhning bir-birlari bilan hozir bo‘lishning umumiy o‘rni va vaqtidan bo‘lak biron boshqa narsa orqali bog‘lanmagan individlarning shunchaki oddiy yig‘indisi sifatida shaxsga beixtiyor ta’sirini o‘rganish mo‘ljallangan edi. Chamasi, shaxs bilan guruhning o‘zaro birgalikdagi harakati mohiyatini tushunishning o‘zida psixologni boshi berk ko‘chaga kiritib qo‘yadigan allaqanday jiddiy bir xatoga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa kerak. Bunday vaziyatdan qutulish uchun, ehtimol, guruhning rivojlanish nazariyalari mohiyatini qayta ko‘rib chiqish va kollektiv psixologiyasini tushunib yetish borasida guruhiy ta’sir ko‘rsatish modelidan foydalanish qanchalik o‘rinli ekanligini aniqlash lozimdir.
Psixologiya shaxslararo munosabatlarni - jamoaning jipsligini, undagi psixologik muhitni, jamoaning uning a’zolari tomonidan idrok etilishini, shaxsning jamoadagi ahvoli va o‘zini o‘zi hurmat qilishini, bir-birlariga to‘la ishonishlarini, xususan jamoaning istiqbollari munosabati bilan shaxsning jamoadagi istiqbollarini va shu kabilarni tushunib yetish uchun kollektivlarni shakllantirish borasida o‘tmishda orttirilgan tajribadan muvaffaqiyatli ravishda foydalandi.
Jamoaning Amerika psixologiyasi o‘rganadigan an’anaviy ob’ektda - aralash birlik xususiyatiga ega bo‘lgan kichnk guruhda mavjud bo‘lmagan va kashf etilishi ham mumkin bo‘lmagan, lekin jamoadagi shaxslararo munosabatlarni o‘rganish jarayonida aniqlangan birinchi psixologik hodisasi jamoaning o‘zini o‘zi belgilashi bo‘ldi. Jamoa o‘zini o‘zi belgilashi moslashuvchanlik va moslashmaslik hodisalarini tajriba yo‘li bilan o‘rganish jarayonida aniqlandi. Odatda bunday tajriba qalbaki guruh deb atalmish guruhlar yordamida o‘tkaziladi. Buning uchun yo begona «go‘l» individni chalg‘itish haqida kelishib qo‘ygan odamlar guruhidan foydalaniladi, yoxud eksperiment o‘tkazayotgan kishi guruhdan kelayotgan axborotni guruh bilan «ta’sir o‘tkazilayotgan» individ o‘rtasidagi aloqalar ustidan bo‘ladigan nazorat yordamida jo‘rttaga soxtalashtiradi. Metodika sinovdan o‘tkazilayotganlar uchun ahamiyatsiz vazifalarning hal etilishini ko‘zda tutgan edi. Masalan, ularga to‘g‘ri chiziqdan bir qismining uzunligini, vaqtning qisqa oraliqlari davomliligini va shu kabilarni aniqlash taklif etilardi.
Misol uchun sinaluvchilarni ma’lum bir vaqt davomida soatdan foydalanmagan va sekundlarni ichida sanagan holda bir minutning davomililigini aniqlash bo‘yicha mashq qildirishdi. Tezda ular minutning davomliligini 5 sekundga qadar aniqlik bilan hisoblay oladigan bo‘lishdi. So‘ngra sinaluvchilarni maxsus tajriba xonalariga olib kirishib, minutning davomliligini aniqlashni va tugmachani bosish orqali tajriba o‘tkazuvchiga va shuningdek boshqa sinaluvchilarga minut tugagani haqida xabar berishni taklif qilishdi (tugmacha bosilganida tajriba o‘tkazuvchiiing qarshisidagi pultda va boshqa barcha xonalarda lampochkalar yonishini sinaluvchilar bilishardi). Tajriba jarayonida tajriba o‘tkazuvchi barcha xovalarga go‘yo bitta yoki bir necha sinaluvchi tomonidan bo‘layotgandek signal berish (masalan signal barcha xonalarga 35 sekunddan so‘ng yuborildi), kimda-kim ta’sirni sezib (konformlilik-moslashuvchanlik) uning signaliga javob tariqasida tugmani bosishga shoshilib qolganini va kimga bu ta’sir qilmaganini qand etish imkoniyatiga ega edi. Ta’sirning darajasi haqida dastlabki tajribalarda va soxta signallar berilishi sharoitlaridagi tajribalarda minutning davomliligini baholashdagi farqlarga qarab hukm chiqarish mumkin edi.
Tajriba ko‘p yoki oz darajada moslashuvchanlik qilgan; shaxslar soni juda ko‘pligini ko‘rsatdi.
Bir-birlari bilan faqat tashqaridan qaraganda o‘zaro birgalikda harakat qiluvchi odamlar guruhida, buning ustiga ularning real faoliyati va hayotiy qadriyatlari bilan bog‘lanmagan ob’ektlar xususida boshqacha natija bo‘lishi ham mumkin emasdi - guruh a’zolarining moslashuvchilarga va moslashmaydiganlarga ajralishi muqarrar bo‘lib qolgan edi. Lekin moslashuvchanlikning bunday tahlitda tadqiq qilinishi buning har qanday guruhda, shu jumladan, faoliyati shaxs uchun ahamiyatli va ijtimoiy jihatdan arzigulik mazmunga ega bo‘lgan jamoada ham o‘zaro munosabatlar modeli bo‘lgan edi, deb xulosa chiqarishga imkon berganmidi?
Shu munosabat bilan odamlarni birgalikdagi, ijtimoiy ahamiyatga molik faoliyati negizida birlashtiradigan umumiyliklarda odamlarning o‘zaro munosabatlari uning mazmuni va qadriyatlari orqali yuzaga chiqadi degan gipoteza ilgari surildi. Bordi-yu, shunday ekan, u holda moslashuvchanlikka chinakam alternativa sifatida moslashmaganlik (negativizm, mustaqillik va boshqalar) emas, balki jamoachilikning tajriba yo‘li bilan o‘rganilishi lozim bo‘lgan ba’zi bir alohida belgisi yuzaga chiqishi kerak.
Gipoteza tajriba yo‘li bilan tadqiqotlar o‘tkazish taktikasini belgilab berdi. Agar «qalbaki guruh» metodikasini qo‘llab, jamoaga mansub shaxsni uning nomidan qabul qilingan qadriyatli mo‘ljallardan voz kechishga undaladigan bo‘lsa, u holda moslashuvchanlik qilayotgan individlarni va o‘zlarining ichki qadriyatlariga muvofiq tarzda harakat qilishga layoqatli individlarni ajratib yuboradigan mojaroli vaziyat yuzaga keladi.
Shaxslararo munosabatlarning bu xususiyati jamoaning o‘zini o‘zi belgilashi deb nomlana boshladi. Jamoaning o‘zini o‘zi belgilashi jamoa a’zosiiing bilvosita omillarga - e’tiqodlar, printsiplar, ideallar, birgalikdagi faoliyat maqsadlariga bog‘liq holda har qanday ta’sirlarga (shu jumladan, o‘zining umumiyligiga ham) tanlab, ya’ni bir xilini qabul qilgan va boshqalarini rad etgan holda munosabatda bo‘lishida ko‘rinadi.
Jamoaning o‘zini o‘zi belgilashi guruhiy tazyiq tabiiy ravishda paydo bo‘lgan yoki maxsus uyushtirilgan sharoitlarida shaxsning fe’l-atvori guruhning bevosita ta’siriga va kishining moslashuvchanlikka shaxsan moyilligiga qarab emas, balki asosan faoliyatning guruhda qabul qilingan maqsadlari va vazifalariga, barqaror qadriyatli mo‘ljallarga bog‘lik bo‘lgan hollarda yuz beradi. Jamoaning o‘zini o‘zi belgilashi aralash guruhdan farqli o‘laroq, jamoadagi guruh tarzida tazyiqqa nisbatan shaxsning javob tarzida ta’sirlanishining ustunlik qiluvchi usuli hisoblanadi va shuning uchun ham shaxslararo munosabatlarning alohida belgisi sifatida namoyon bo‘ladi.
Shunday qilib, odamlarni ijtimoiy foydali faoliyatnts amalga oshirish uchun birlashtiradigan jamoalarda moslashuvchanlikning chinakam alternativasi salbiy fe’l-atvor (moslashmaslik va boshqalar) emas, balki haqiqiy jamoachilikning guruhda shaxsning o‘zini o‘zi belgilashi kabi xususiyatga ega bo‘lgan alohida belgisi ekanligi haqidagi gipoteza tasdiqlandi.
Jamoaning o‘zini o‘zi belgilash hodisasi o‘ziga xos shunday bir «hujayracha» bo‘lib chiqdiki, unda jonli sotsial organizm hisoblangan jamoaning eng muhim sotsial-psixologik xususiyatlari namoyon bo‘ladi. Ikkita yoki bir nechta individ o‘rtasidagi munosabatlarni ular o‘rtasidagi bevosita aloqadangina iborat deb bo‘lmaydi. Birgalashib faoliyat ko‘rsatadigan guruhlarda bunday munosabatlar muqarrar ravishda birgalikdagi faoliyat mazmuni, qadriyatlari va maqsadlari bilan belgilanadi. Nisbatan bevosita o‘zaro munosabatlar aralash guruhlarda qayd etilishi mumkin, jamoada esa ular asosan jamoa a’zolarining birgalikdagi faoliyati tufayli kelib chiqqan bilvosita xususiyatga ega bo‘ladi. Shunday qilib, jamoa o‘zining psixologik xususiyatlariga ko‘ra guruhiy; rivojlanish doirasida oshirilgan tadqiqotlar doimiy ob’ekt bo‘lib qolgan o‘sha kichik guruhlardan sifat jihatidan farq qiladi. Shuning uchun ularni o‘rganish jarayonnda hosil qilingan xulosalarni jamoaga tatbiq etishga urinishlar muvaffaqiyatsizlikka mahkum etilgandir.
Agar aralash guruhda o‘zaro munosabatlar nisbatan bevosita bo‘lsa, jamoada esa guruhiy jarayonlar bilvosita ro‘y beradi va darajalar ierarxiyasi (start)ni hosil qiladi. Guruhiy tuzilishning markaziy bo‘g‘ini (A) guruhiy faoliyatning o‘zidan, uning mazmunli ijtimoiy iqtisodiy va sotsial-siyosiy ta’rifidan tarkib topadi (1-rasmga qarang).
Birinchi qatlam (B startidagi) guruh a’zolaridan har birining guruhiy faoliyatga, uning ko‘zlagan maqsadlariga, vazifalariga, printsiplariga munosabatini, faoliyatning sabablarini, uning har bir ishtirokchi uchun sotsial mohiyatini qayd etadi.
Ikkinchi start (V)da shaxslararo munosabatlarning birgalikdagi faoliyat mazmunidan (uning maqsadlaridan, vazifalaridan, amalda yuz berishining borishidan), shuningdek guruhda qabul qilingan va pirovard natijada jamiyatda mavjud ideologik qurilmalarning aksi hisoblangan printsiplar, g‘oyalar va qadriyatli mo‘ljallardan bilvosita kelib chiqadigan ta’rifi o‘rin oladi. Aftidan, shaxslararo munosabatlarning turli xil hodisalarini, masalan, jamoaning o‘zini-o‘zi belgilashi va sal keyinroq so‘z yuritiladigan boshqa hodisalarni aynan shunga kiritish kerak. Faol ravishda bilvosita ifoda etish - mavjudlik printsipi va ikkinchi psixologik stratni anglab yetish printsipidir.


1-rasm



Nihoyat, shaxslararo munosabatlarning so‘nggi, yuzadagi qatlami (G) faoliyatning va jamoa maqsadlari, na jamoa uchun umumiy ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatli mo‘ljallar guruh a’zolarining shaxsiy aloqalarini bilvosita ifodalaydigan asosiy omil sifatida yuzaga chiqmaydigan bog‘lanishlar (asosan his-hayajonli bog‘lanishlar)ning mavjudligini taqozo etadi. Bu degani bunaqa bog‘lanishlar, tom ma’nosi bilan aytganda, bevosita mazmunni anglatmaydi. Xohlagan ikkita odamning munosabatlari u yoki bu manfaatlar, didlar va boshqalar shaklida bilvosita bo‘g‘inga ega bo‘lmaganligini tasavvur qilish qiyin. Lekin gapning sirasini aytganda, guruhiy faoliyatning mazmuni bunday bog‘lanishlarga ta’sir ko‘rsatmaydi, yoxud juda ham sust darajada seziladi.
Aralash guruhga xos qonuniyatlarni jamoaga tatbiq etish mumkin bo‘lmagani singari jamoadagi shaxslararo munosabatlarning yuzadagi qatlami hodisalarini o‘rganish jarayonida hosil bo‘lgan xulosalarni haraqlamalashtirish va undagi shaxslararo munosabatlarni mohiyat jihatidan ta’riflash uchun zarur deb hisoblash noto‘g‘ri bo‘lur edi. Xuddi shuningdek V stratidagi bog‘lanishlar, garchi yetarli bo‘lmasa ham, B stratidagi ma’lumotlarni hisobga olmasdan, ya’ni faoliyatda ishtirok etayotganlar faoliyatining sotsial mohiyatini, faoliyatning sabablarini va shu kabilarni aniqlamasdan turib, jamoaga ta’rif berish uchun muhim hisoblanadi.
Jamoa – shaxslararo munosabatlar birgalikdagi faoliyatning ijtimoiy qiymatlari va shaxsiy jihatdan ahamiyati orqali o‘z ifodasini topadigan guruhdir. Uning psixologik jihatdan boshqa guruhlarga qaraganda farqi ham mana shundadir. Jamoaning o‘zini o‘zi belgilashi ko‘rinishlarining ustunligi va moslashuvchanlik ta’sirotlarining susayishigina emas, balki keyinroq aytib o‘tiladigan qator boshqa psixologik hodisalari ham uni boshqa umumiylardan farq qildiradi.
1 raqamli shakl jamoaning ijtimoiy taraqqiyot talablariga javob beradigan tegishli belgilarini ifoda etadi. Omillarning sotsial jihatdan yuksak ahamiyatga ega ekanligi shaxslararo munosabatlarni mumkin qadar yuksakroq darajada belgilab beradi va bilvosita ifoda etadi, jamoani yuksak darajada jipslashtiradi.
shakl sotsial qadriyatlarining yuksak darajada rivojlanganligi guruhiy jarayonlarni faqat juda sust ifoda etadigan birlikni ko‘rsatadi. Ehtimol, bu endigina barpo etilgan va hali yaxshi tarkib topmagan birgalikdagi faoliyatga ega bo‘lgan guruhdir. Bunda bir kishining muvaffaqiyati boshqalar faoliyatining muvaffaqiyatliligini belgilamaydi va bir kishining muvaffaqiyatsizligi boshqasining natijalariga ta’sir etmaydi. Ma’naviy qadriyatlar ana shunday guruh bo‘ladi, lekin ular muomala va birgalikdagi mehnat jarayonida puxtalanmagan, balki keng sotsial muhitdan jalb etilgan bo‘ladi. Ularning bundan keyingi taqdiri ularni kun sayin bunyod etayotgan va mustahkamlayotgan jamoa faoliyati yo‘liga qo‘yilishi yo qo‘yilmasligiga bog‘liqdir. Buni sotsial yo‘nalishdagi uyushma deb aytiladi.
3-shakl individlarning o‘zaro munosabatlari yuksak darajada bilvositalikka egaligi ro‘y-rost bo‘lgan, lekin ularni bilvosita ifoda etadigan omillar o‘taketgan darajada reaktsion va sotsial taraqqiyotga dushman hisoblanadigan guruhni bildiradi. Ko‘rib chiqilayotgan shaklning mavqeini istalgan bir jamiyatga qarshi birlashma (korporatsiya) egallashi mumkin.
4- shakl odamlarning o‘zaro munosabatlari amalda birgalikdagi faoliyatning umumiy omillari bilan bilvosita ifoda etilmaydigan, balki nosotsial qarashlar va tasavvurlarni namoyon qiladigan umumiylikni aks ettiradi. Bu nosotsial uyushmadir.
Va nihoyat 5- shakl oddiy aralash guruhni aks ettiradiki, unda bilvosita ifoda etuvchi omillarning sotsial qimmati ham, ularning shaxslararo birgalikdagi o‘zaro harakat sistemasida ifodaliligi darajasi ham bo‘lmaydi. Masalan, tasodifiy odamlardan to‘plangan va unga sotsial jihatdan ahamiyatsiz topshiriq taklif etiladigan eksperimental guruh ana shu tarzdadir.
Demak, guruhiy rivojlanishning tegishli ravishda ancha ifodalangan darajalarini ko‘rsatadigan (har bir konkret guruh boshidan kechirishi mumkin bo‘lgan son-sanoqsiz oraliq xolatlari bilan birga) qat’iyan beshta pozitsiya alohida ajralib turadi:
1. Bilvositalikning mumkin qadar yuksak darajasi va faoliyatning shaxslararo munosabatlarni bilvosita ifoda etuvchi omillarining eng yuksak sotsial qimmati. Bu jamoadir.
Agar guruhda tegishli tarzda birgalikdagi faoliyat mavjud bo‘lsa, shaxslararo munosabatlarni bilvosita ifoda eta oladigan eng yuksak darajadagi sotsial yo‘nalishga ega omillar mavjud bo‘lgan taqdirda bilvositalikning eng past
darajasi. Bu - sotsial yo‘nalishdagi uyushma (misol uchun studentlarning do‘stona kompaniyasi)dir.
Birgalikdagi faoliyatning yo‘qligi bilan bog‘liq bilvositalikning mavjud emasligi. Bu - aralash guruh (misol uchun avtobusdagi yo‘lovchilar yoki umumiy palatadagi bemorlardir).
Shaxslararo munosabatlarning eng yuksak darajada nosotsial yo‘nalishga ega bo‘lgan bilvosita omillar mavjud sharoitlardagi qandaydir birgalikdagi faoliyatning past darajada bilvosita ifoda etilishi (misol uchun bezorilik qiluvchi o‘spirinlar guruhi). Bu — nosotsial uyushmadir.
Faoliyat vositasida ifoda etishning eng yuksak darajasi va bilvosita ifoda etuvchi omillarning eng yuksak darajada aksilijtimoiy, reaktsion xarakterga egaligi. Bu – birlashma (misol uchun mafiya)dir.

Xulosa
Jamoaning yuksak darajada rivojlangan guruh sifatida barcha guruhlarga nisbatan printsipial jihatdan farq-tajriba yo‘li bilan qayd etildi. Chunonchi, psixologiyaga oid g‘arb adabiyotida qaror topgan fikrga ko‘ra sotsial-psixologik qonuniyatlar guruh uchun «umuman» to‘g‘ri keladi, deb tasavvur qilinishiga qarama-qarshi o‘laroq, jamoalarda aralash guruhlardagiga qaraganda sifat jihatidan boshqacha, ko‘pincha bamisoli «to‘nkarilgan», «qarama-qarshi belgi bilan» ifodalangan qonuniyatlar amal qiladi. Masalan, amerikalik sotsial psixologlar guruhdagi his-hayajonli munosabatning jadalligi bilan uning ishi samaradorligi o‘rtasidagi bog‘lanishni aniqlasharkan, bir-biriga zid xulosalarga kelishgan edi: bir xil tadqiqotchilar ko‘rsatilgan omillar o‘rtasidagi ijobiy aloqa mavjud deyishsa, boshqalari teskari aloqa mavjud deyishadi. Guruhlarning birgalikdagi faoliyat mazmuniga ko‘ra bilvosita ifodalanishiga qarab ajratilishi natijalarining qarama-qarshi bo‘lib tuyulishiga barham beradi. Jamoada faoliyatning samaradorligi bilan o‘zaro his-hayajonli psixologik munosabatlarning maqbul xarakteri o‘rtasidagi nisbat ijobiy, sust rivojlangan guruhlarda esa salbiy bo‘ladi. Past darajada rivojlangan guruhlarda guruhning miqyosi bilan uning a’zolaridagi umumiy ishga eng ko‘p hissa qo‘shish istagi o‘rtasidagi teskari bog‘lanish mavjudligi aniqlandi, guruhning miqyosi yiriklasha borishi bilan jamoada birgalikdagi faoliyat ishtirokchilarining motivlari susaymaydi. Tasodifiy guruhda yordamga muhtoj kishiga yordam ko‘rsatilishi ehtimoli guruhning miqyosi kengayishi bilan susaya boradi, jamoada esa bunday qonuniyat namoyon bo‘lmaydi va hokazo.


Shunday qilib, birgalikdagi sotsial qimmatga ega va shaxs uchun ahamiyatga molik faoliyatning amalga oshirilishi o‘zaro jamoachilik munosabatlari o‘rnatilishini, individual munosabat bilan jamoa munosabatlari o‘rtasidagi ziddiyatlar barham topishini ta’minlaydi. Bunday faoliyat jarayonida shaxslararo munosabatlarda boshqa sharoitlarda qayd etilishi mumkin bo‘lmagan alohida hodisalar yuz beradiki, guruh rivojlanishining alohida belgisi sifatidagi jamoachilik hosil bo‘ladi.
Download 122.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling