1. Mehnat psixologiyasi fanining predmeti va maqsadi. Mehnat psixologiyasining vazifalari va muammolari


Mehnat psixologiyasining tarixiga


Download 122.09 Kb.
bet2/3
Sana26.03.2023
Hajmi122.09 Kb.
#1296761
1   2   3
Bog'liq
mehnat

Mehnat psixologiyasining tarixiga nazar tashlasak, insonlarni qanday mehnat turi bilan shug‘ullanishi muammosi XIX asr boshlarida dolzarb bo‘lib qoldi. Bu vaqtgacha odamlar o‘zlari xohlagan kasblari bilan shug‘ullana olish erkinligiga ega emas edilar. Insonlarning kasbiy hayoti asosan tabaqachilik urf-odatlari hamda jamiyatning patriarxal tartiblar bilan chegaralangan edi. Bu davrgacha mehnat shart-sharoitlari, kasb tanlash, mehnatkashlarning haq-huquqlari borasidagi muammolar, faqatgina ish beruvchilar manfaatlarini yoqlagan holda hal etilar edi.
Sanoat inqilobi mehnat bozori va yangi kasblar paydo bo‘lishiga olib keldi. Son-sanoqsiz halq ommasi ish topish va ushbu ishga kasbiy tayyorgarlik muammosiga to‘qnash keldilar. O‘zgargan tarixiy vaziyat kasblar olamini kengayishi orqasidan, mehnat sharoiti, mehnatkashlarga va ish beruvchilarga munosabat va talablarning ham tubdan, keskin o‘zgarishiga olib keldi. Takomillashgan yangi mehnat qurollari va vositalarining paydo bo‘lishi, o‘z navbatida ko‘p yillar mobaynida mehnat vazifalarini sifatli va unumli bajara oladigan, malakali xodimlarni talab etdi.
Davr talabiga ko‘ra, kasbiy layoqatlarni baholash va natijalarga ko‘ra, mos kasbni tanlash masalari bo‘yicha kasbiy psixologik maslahatlar berish yo‘nalishi rivojlanuvi natijasida ― ish qidiruvchilarga profkonsultatsion yordam mehnat birjalarida keng foydalanila boshlandi. Mehnat fao-liyatiga endigina qadam qo‘yayotgan yoshlarga mehnatning qaysi turiga mos kelishlari borasida kerakli sinov testlari bilan tashhis qilish psixologik amaliyotga joriy etila boshladi. Bundan tashqari, kasbiy saralash va o‘z kasbiy yo‘lini belgilab olish, kasbiy yaroqlilik masalarini hal etish amaliy psixologiyada yana bir yangi soha ― psixotexnikaning vujudga kelishiga olib keldi.
Psixotexnikaning asoschisi G. Myunsterberg hisoblanadi. U 1913 yilda “Psixologiya va ishlab chiqarish unumdorligi” va 1914 yilda “Psixotexnika asoslari” asarlarida psixotexnikaga doir o‘z nazariy qarashlarini yoritib bergan. Psixotexnikaning asosiy tadqiqot vazifalari sifatida, mehnat amallari va sharoitlarini yaxshilash, avariya va jarohatlanish holatlarini kamaytirish, ishlab chiqarish o‘qishini takomillashtirish masalalariga e’tibor qaratilgan.
XX asrning 20 yillarida esa F.Teylor tomonidan ishlab chiqilgan, mehnatni tashkil etish tizimi, mehnat psixologiyasining mustaqil ilmiy soha sifatida rivojlanishiga sabab bo‘ldi. Ushbu tizimda mehnat amallarini oqilona tashkil etish hamda xodimlarning kasbiy yaroqliligiga katta ahamiyat berilgan. Mehnat faoliyatining qonuniyatlari va o‘ziga xos xususiyatlari, ishchilarni kasbiy layoqatlari, psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda kasbga yo‘llash, kasbiy mahoratni oshirish talab va shart-sharoitlari masalari dolzarb masalaga aylandi. Natijada F.Teylorning mehnatni tashkil etishda tizimi tez sur’atda ommalashdi.
F. U. Teylor o‘zining nazariy qarashlarini (1920) “Ilmiy menejment” asarida bayon etgan. U ishchi‒xizmatchilarni boshqarish muammosini ilgari surgan. Ungacha G.Taun fabrikani boshqarish muammosi borasida to‘xtalganida, ishchi va xizmatchilarni boshqarishga “misoli bir mashinani boshqarish” tariqasida , undan avval olimlar esa “texnikani boshqarish” degan termin bilan qayd etishgan. F.Teylorning ushbu asari bosib chiqarilgan davridan boshlab, olimlar tomonidan mehnat psixologiyasi alohida soha sifatida vujudga kelgan deb e’tirof etiladi.
Shuningdek, mehnat psixologiyasi fanining rivojlanuviga rus psixolog olimlaridan ‒ Ye. A. Klimov, Yu. V. Kotelova, V. P. Zinchenko, V. M. Munipov, O. G.Noskova, Ye. M. Ivanova, V. D. Shadrikov va boshqalarning mehnat psixologiyasi sohasiga doir ko‘plab ilmiy izlanishlari natijasi katta hajmda qimmatli bilimlar yig‘ilgan.
Rivojlangan davlatlarda, XIX asrning 70-yillarida ishlab chiqarishni tashkil etishda demokratik tamoyillarning tasdiqlashuvi, mehnatning roli borasidagi insonparvarlik nazariyalarning paydo bo‘lishi, shaxsning kasb egallashi, mehnat sharoiti qanday tashkil etilishi borasidagi konsepsiya (ilmiy qarash)ni qaytadan qarab chiqilishiga olib keldi. Jamiyat hayotiga insonparvarlik yo‘nalish kirib kela boshlashishi mehnatkashlar ahliga munosabatning o‘zgarishiga olib keldi. Shu sababli mehnat psixologiyasi fani bo‘yicha, ekspluatatorlar manfaati uchun yaratilgan ilmiy ishlar, endilikda oddiy mehnat ahli manfaatlariga xizmat qilmog‘i kerakligini o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi.
Aynan mana shu yillarda mehnat psixologiyasi va psixologik sanoat masalalaridan, inson va kasbning o‘zaro bog‘liqliklariga doir muammolarni yechishga yo‘naltirilgan yangi soha ajralib chiqdi. Ushbu sohani profpsixologiya yoki kasb psixologiyasi deb atay boshlashdi. Bu soha bo‘yicha E. F. Zeer, A. M. Novikov, D. Simonenko, V. S. Avanesov, B. I. Buxalov, N. S. Pryajnikovlarning ilmiy izlanishlari maqtovga sazovordir.
Kasbiy psixologiya qoshida kasbiy maslahat, kasb tanlash va professiografiya bo‘yicha tadqiqotlar birlashadi.

4. O‘zbekistonda mehnat psixologiyasi fani rivojiga hissa qo‘shgan olimlar.


XX asrga kelib, O‘zbekistonda ham boshqa fanlar qatori psixologiya fanining rivojlanishiga keng imkon tug‘ildi.
Psixologiyaning ko‘pgina yo‘nalishlari qatorida mehnat psixologiyasi yo‘nalishida ham olim psixologlarimiz tomonidan ancha barakali ijodiy ishlar olib borildi.
Bulardan:

  • O‘zbekistonda psixologiya fanini rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan, taniqli psixolog olim P. I. Ivanov psixologiya fanidagi turli yo‘nalishdagi yaratgan darslik va qo‘llanmalar qatorida, “Razvitiya texnicheskogo mishleniya uchaщixsya na uroke truda» (Yaroslavl, 1969 y.) kabi qo‘llanma yaratgan;

  • P. I. Leventuev yosh avlodni mehnatga tayyorlash ustida ish olib bordi;

  • M. G. Davletshin O‘zbekiston psixologiyasi fanida o‘z ilmiy faoliyati bilan o‘chmas iz qoldirgan olimning asosiy ilmiy yo‘nalishlari o‘quvchilarda texnik qiziqishlar, qobiliyatlarning shakllanishiga, mehnat ta’limi va kasbga yo‘nalish muammolari alohida o‘rin tutgan. Uning ko‘plab ilmiy ishlari ichida: “5‒7-sinf o‘quvchilarida texnik qiziqishlarni shakllantirish” (1956), “Maktab o‘quvchilarining texnik qobiliyati psixo-logiyasi”(1971), “Qobiliyatlar va uning diagnostikasi (1979), “Kasb tanlash” (1986) kabi o‘quv-metodik qo‘llanma va ilmiy maqolalari psixologiya fanini boyitgan;

  • Q. Turg‘unov esa respublikada birinchilardan bo‘lib, mehnat psixo-logiyasi sohasiga asos soldi. U mehnat jarayonida bilim, ko‘nikma va malakalarning shakllanishini to‘qimachilik jarayonida o‘rgandi va tajribaga asoslanib, to‘quvchilikning psixologik asoslarini yoritib berdi. Muallif “Razvitie proizvodstvennix navikov u uchaщixsya» (1963), «Voprosi o ponyatiy «umenie» i «navikov» v psixologii» (1964), «Analiz marshrutnogo umeniya pryadilщis i problemi proizvoditelnosti truda» (Ekonomika v jizni. 1967 g., №1) «K problemam umeniy i navikov» (1964) kabi ilmiy ishlari chop etildi;

  • Mehnat ta’limi psixologiyasining rivojlanishida N. Yaxyarov o‘quvchilarda mehnatga bo‘lgan ijobiy munosabatlarni shakllantirish masalasida ko‘pgina ilmiy maqolalar chop ettirdi.


Download 122.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling