1. Mehnat qo’shiqlari
Download 1.61 Mb.
|
1. Mehnat qo’shiqlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dehqonchilik bilan bog’liq mehnat qo’shiqlari.
- Qo’sh qo’shiqlari.
1. Mehnat qo’shiqlari Mehnat qo’shiqlari xalq ijodiyotining eng qadimiy shakllaridan xisoblanadi. Bu qo’shiqlar ibtidoiy insonning mehnat faoliyati bilan bevosita aloqadorlikda vujudga kelib, ana shu jarayonda taraqqiy etgan. Eng qadimiy mehnat qo’shiqlari vazn, qofiya va boshqa poetik shakllar e’tibori jixatidan mukammal uyushmagan, so’zlar ham ongli tarzda bo’lib, ular ko’proq mehnat jarayonida muayyan harakat ritmiga mos keluvchi undov, xitob va nidolar xarakteridagi poetik parchalardan iborat tuzilishga ega bo’lgan. Mehnat turlari ko’p va xilma-xil bo’lganidek, uning qo’shiqlari ham turli-tumandir. Mehnat qo’shiqlarining g’oyaviy-mavzu va janr xususiyatlariga qarab uch guruhga bo’lib o’rganish mumkin. Dehqonchilik bilan bog’liq qo’shiqlar. Chorvachilik bilan bog’liq qo’shiqlar. Hunarmandchilik bilan bog’liq qo’shiqlar. Dehqonchilik bilan bog’liq mehnat qo’shiqlari. Mehnatning bu turi bilan bog’liq, qo’shiqlar rang- barang bo’lib, ulardan bizga qadar «Qo’sh qo’shiqlari», «O’rim va o’rimchilar qo’shig’i», «Xirmon qo’shiqlari» yoki «Xo’p mayda» kabi janrlar yetib kelgan. Qo’sh qo’shiqlari. Markaziy Osiyo xalqlari qadim- qadimdan dehqonchilik bilan shug’ullanib keladi. Dehqonchilik esa erta bahorda yerni haydashdan boshlanadi. Yer xaydash og’ir jismoniy mehnat bo’lib, bunday og’ir mehnat paytida dehqonlar qo’shiq kuylab, o’zlarini ovutganlar. Yozib olingan namunalarda esa og’ir mehnatdan, shafkatsiz tengsizlikdan shikoyat ohanglari ish xayvonlari tilidan bayon qilinadi: Shoxlarim bor gaz-gaz, kuloch, Ustida uynar kaldirgoch. Xayday desam kornim och, Men qo’shga qanday yarayin. Qo’sh qo’shiqlarining boshqa turlari mavjud. Ularda lirik bayon bevosita dehqon tilidan olib boriladi. O’roq o’rmoq olmok-solmok, Qo’sh haydamoq bormok-kelmok Hammasidan qiyin ekan, Ey xo’kizim, po’zg’op qurmoq Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling