1. "Men" himoyalangan, xavfsiz, sog‘lom, omadli
Download 57.79 Kb.
|
1. Men himoyalangan, xavfsiz, sog‘lom, omadli
2,1 bob ga malumot
O‘sib kelayotgan yosh avlodni barkamol etib tarbiyalash xalqimizning azaliy orzusi bo‘lib, farzandlarni ma’naviy-axloqiy milliy madaniy, tarixiy an’analariga hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslanib, zamonaviy shaxsni shakllantirish ota-onalar, maktab, mahallalarning oldida turgan eng asosiy ma’suliyatli vazifalardan sanaladi. Milliy mafkuramiz va qadriyatlarimiz xalqimizning maqsad muddaolarini ifodalaydi. Farzandlar oila timsolida jamiyatning ijtimoiy-ma’naviy qiyofasini ko‘radi, jamiyat talablari mohiyatini ilk bora shu kichik jamoada anglaydi. Ular ongiga dastlabki ma’naviy-axloqiy bilimlarni singdirishda oilaning, ayniqsa, ta’lim-tarbiya muassasalarining o‘rni muhim ahamiyat kasb etadi. Ta’lim-tarbiya muassasalari, oila va mahalla qo‘mitalari ijtimoiy institutlarning asosiy vazifasi milliy istiqlol g‘oyasini barcha yoshlarimiz ma’naviy boyligiga aylanishiga, ularning dunyoqarashiga singdirishda ko‘maklashish, mazmun-mohiyatini har tomonlama tushuntirishdan iborat. Ma’lumki, 1993-yilda ana shu tarbiya jarayoni ishtirokchilari sa’yi-harakatlarini birlashtirish maqsadida «Oila, mahalla, maktab hamkorligi» konsepsiyasi ishlab chiqilgandi. Mazkur Konsepsiyada taraqqiyotimizning ma’naviy-axloqiy negizi-milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligi ekanligi e’tirof etilgan. Yurtimizda yuz berayotgan o‘zgarishlar «Oila, mahalla, maktab hamkorligi» yo‘nalishida bola tarbiyasida oila, ota-ona, mahalla, maktabning asosiy vazifalarini mazmunan yangilab, hayotga tatbiq etishni taqozo etadi. Bolalarga ta’lim-tarbiya berishda ta’lim muassasalari pedagoglarining asosiy vazifalari «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» mazmun-mohiyatidan kelib chiqqan holda belgilanadi. «Kadrlar tay-yorlash milliy dasturi» va «Maktab ta’limini rivojlantirish umummilliy davlat dasturi»da belgilangan vazifalarning amalga oshirilishi davlatimizning farzandlar baxtli kelajagi yo‘lidagi g‘amxo‘rligining amaliy ifodasidir. Bu yil davlatimiz rahbarining Qarori bilan jismonan sog‘lom va ruhan tetik, barkamol, mustaqil fikr va yuksak intellektual salohiyat, chuqur bilim hamda zamonaviy dunyoqarashga ega yosh avlodni voyaga yetkazish uchun kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan «Sog‘lom bola yili» Davlat dasturi tasdiqlandi. Ma’lumki, keyingi yillarda mamlakatimizda ta’lim sohasidagi islohotlar yurtimiz kelajagini ta’minlovchi bolalarning kamolini ko‘zlab amalga oshirilmoqda. «Sog‘lom bola yili» Davlat dasturida sog‘lom farzandlarning voyaga yetishi, barkamol bo‘lib o‘sishida zarur ta’lim va tarbiyaviy muhitini yaratishga oid masalalar o‘z ifodasini topgan. Dasturda boshqa dolzarb masalalar bilan bir qatorda, hozirgi axborot xurujlari kuchayayotgan davrda bolalarning jismoniy va ma’naviy rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risidagi masalalar ham alohida ta’kidlangan. «Sog‘lom bola yili» Davlat dasturida bolalarni maktabga tayyorlash, sifatli boshlang‘ich ta’lim bilan ta’minlash, pedagogik jarayonlarda bilim va tarbiya berishning ilg‘or metodikalari, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish masalalari nazarda tutilgan. «Sog‘lom bola yili» Davlat dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda oila, umumta’lim maktablari, mahalla hamkorligi alohida o‘rin tutadi. Farzand tarbiyasi ko‘p omillar, avvalo, oiladagi axloqiy-ma’naviy muhitga bog‘liq. Ta’lim-tarbiya muassasalari bilan oila hamkorligi bunda muhim ahamiyat kasb etadi. Oila, mahalla, maktab hamkorligining asosiy omili oilada sog‘lom muhitni yaratish, sog‘lom turmush tarzini yuritish, farzandlar uchun ota-ona har tomonlama o‘rnak bo‘lishi, farzandlarning oilaviy qadriyatlarga, Ona yurtiga muhabbatni shakllantirish, bilimlar asoslarini berish, ma’rifatli va ma’naviyatli shaxs sifatida voyaga yetishlarini ta’minlash, bolalarning ma’naviy barkamol va jismonan sog‘lom bo‘lishlari uchun iqtisodiy va ijtimoiy muhitni yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur vazifalar mahalla faollari tomonidan tarbiya muassasalari bilan birgalikda ta’lim-tarbiya jarayonida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan masalalarni muhokama qilish va ularni oqilona hal etishda faollik ko‘rsatish, oilaviy tarbiya jarayonlarini qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Ota-onalarning yetarli darajada bilim va ko‘nikmalarga egaligi mustahkam oila va unda sog‘lom, har tomonlama barkamol farzandlar voyaga yetishi kafolati hisoblanadi. Bugungi kunda mamlakatimizdagi har bir oilada mobil telefoni, kompyuter, planshet kabi vositalar mavjud bo‘lib, ularni kimdir asosan muloqot qilishda qo‘llasa, kimdir mustaqil bilim oshirish maqsadida foydalanadi. Mazkur vositalar taqdim etadigan imkoniyatlardan biri internet xizmatidan keng foydalanish ham odatiy hol bo‘lib qoldi. Hozirgi davrda ko‘plab mahallalarda bolalar va yoshlar uchun turli to‘garaklardan tashqari, Internet kafe, kompyuter o‘yinxonalari ham mavjud. Mazkur maskanlar doim bolajonlar bilan gavjum bo‘ladi. Shu boisdan ham Internet tarmog‘idan yoshlar ongiga kirib kelayotgan zararli g‘oya va ta’sirlardan samarali va ishonchli himoyalash tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Hozirgi davrimizning mo‘jizalari bo‘lgan kompyuter va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari juda qulay imkoniyatlarni taqdim etishi bilan birga, talay jiddiy muammolarni ham yuzaga keltirmoqda. Mazkur muammolarning oldini olish va ularni hal etish uchun esa ota-onalar, o‘qituvchilardan farzandlariga yanada hushyor va e’tiborli bo‘lishni, yosh avlodning g‘oyaviy-mafkuraviy immunitetini mustahkamlash borasidagi ishlar ko‘lamini yanada kengaytirishni talab etadi. Shu maqsadda mahallalar qoshidagi yoshlar va voyaga yetmaganlar bilan ishlash komissiyasi, ota-onalar va pedagog xodimlar bilan har oyda tuman ichki ishlar bo‘limi xodimlari ishtirokida davra suhbatlari tashkil etilishi ham yaxshi samara beradi. Bundan tashqari, komissiya a’zolari Internet kafe va kompyuter o‘yinxonalarida vaqt o‘tkazib, dars qoldirayotgan o‘quvchilarning ota-onalari bilan suhbatlashishlari ham muhim ahamiyatga molik. Mahalla guzarlarida o‘smir bolalarning bo‘sh vaqtlarini turli to‘garaklar bilan band etish ham yaxshi samara beradi. Mahallalarda olib boriladigan mazkur tadbirlardan ko‘zlangan asosiy maqsad o‘sib kelayotgan avlodni kamolga yetkazish, oila-mahalla-maktab hamkorligini ta’minlash va yanada kuchaytirishdan iborat. «Sog‘lom bola yili» Davlat dasturining muvaffaqiyatli amalga oshirilishi davlat va jamoat tashkilotlarining mustahkam hamkorligi, ta’lim muassasalari mutaxassislari, oilalar, mahalla faollari, umuman barcha fuqarolarning faol ishtirokini taqozo etadi. Bolalar — kelajagimiz ekan, ularni ham jismonan, ruhan, ham ma’nan sog‘lom bo‘lib kamolga yetkazish asosiy vazifamizdir. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Mahalla fuqorolar o‘zini-o‘zi boshqarishning huquqiy asoslari (Mahallalar faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlari to‘plami) Toshkent-2003. 2. Pedagogika. J. Xasanboyeva, X. To‘raqulov, I. Alqarov, N. Usmonov «Noshir» Toshkent-2011. Download 57.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling