1. "Men" himoyalangan, xavfsiz, sog‘lom, omadli


Bola iqtidorini rivojlantirish muammolari


Download 57.79 Kb.
bet2/8
Sana20.06.2023
Hajmi57.79 Kb.
#1630834
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1. Men himoyalangan, xavfsiz, sog‘lom, omadli

Bola iqtidorini rivojlantirish muammolari
XXI asrda vujudga kelgan ijtimoiy-madaniy hayot insonlardan intellektual sifatlarni rivojlantirishni talab etmoqda. Buni o‘z vaqtida anglab yetgan yaponlar aqliy imkoniyatni rivojlantirish yo‘lini tanlagani va bola tarbiyasiga jiddiy e’tibor qaratgani yuksak natijalar berganiga bugun butun dunyo amin bo‘lib turibdi. Demak, hozirda insoniyat oldida bola iqtidorini erta aniqlab, uni rivojlantirishning samarali usullarini qo‘llash muhim vazifalardan biri hisoblanadi.

Bu vazifani bajarish uchun, avvalo, bola iqtidorining tuzilishini tushunib olish kerak. Kognitiv psixologlarning fikricha, buni belgilovchi asosiy omillar quyidagilardan iborat:


– umumiy intellektual yoki aqliy qobiliyatning yuqori darajasi;
– bilish motivining dominantligi, ya’ni boshqa motiv turlaridan ustunligi;
– yangi predmet, vazifa hamda voqea-hodisalarga duch kelganda, muammoning qo‘yilishi va yechimini topishda ijodiy faollikning namoyon bo‘lishi.
Bola hayotining sensitiv davri (2–6 yoshlar nazarda tutilmoqda) yuqoridagi omillarni rivojlantirish uchun eng qulay vaqt hisoblanadi. Mazkur davrda bolaning bilishga ishtiyoqi va uquvi eng yuqori nuqtada bo‘ladi. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar o‘zlarining juda faolligi, ko‘p savol berishi, qiziquvchanligi kattalardan oladigan ma’lumotni oson eslab qolishi va qayta aytib bera olishi bilan boshqa yosh davridagi bolalardan ajralib turadi. Bu yoshdagi bolalar ko‘p hollarda turli hisob-kitoblarga qiziqadi, she’r yoki ertaklar to‘qiydi, musiqa asboblarini chalish, rasm chizish, qo‘shiq aytish va raqs tushishga qiziqadi. Shuningdek, kattalarga turli savollar berib, tevarak-atrofdagi narsalar xususida tushunchalarga ega bo‘ladi. Bu savollarga berilgan javoblar orqali atrof-olam, voqea-hodisalarning sabab va oqibatlari bog‘liqligini anglaydi, shaxsiy xatti-harakatini ongli ravishda boshqara oladi.
Ko‘plab olimlar bola iqtidorining rivojlanish jarayoni, xususiyatlari va ta’sir ko‘rsatuvchi omillarini tadqiq etgan. Bu borada nemis psixologi V. Shtern: “Ta’lim psixik rivojlanishning orqasidan boradi va unga moslashadi”, deya fikr bildiradi. Shveytsariyalik psixolog J. Piajening fikri ham shunga yaqin. Bolaning aqliy o‘sishi o‘zining ichki qonunlari asosida rivojlana borib, sifat jihatdan o‘ziga xos bir qator genetik bosqichlarni bosib o‘tadi. Ta’lim aqliy yetilish jarayonini faqat bir qadar tezlatishga yoki sekinlashtirishga qodirdir, lekin u aqliy jihatdan yetilish jarayoniga hech qanday jiddiy ta’sir ko‘rsata olmaydi. Demak, ta’lim rivojlanish qonunlariga bo‘ysunishi kerak. Masalan, bolada mantiqiy tafakkur rivojlanmay turib, mantiqiy fikr yuritishga o‘rgatish foydasizdir. Shuning uchun aqliy jihatdan shakllanish jarayoniga aralashmaslik, unga xalaqit bermaslik, balki ta’lim uchun imkoniyat yetilguncha sabr bilan kutish kerak.
Bu fikrga qarama-qarshi ravishda rus psixologi L.S.Vigotskiy: “Bola iqtidorining rivojlanishida ta’lim va tarbiyaning yetakchi roli bor”, degan qoidani birinchi bo‘lib ilgari surdi. U shuningdek, “Ta’lim bola aqliy rivojlanishida asosiy rolni bajaradi, ta’lim va rivojlanish esa o‘zaro bir-biriga bog‘liqdir; ular alohida sodir bo‘ladigan ikki jarayon bo‘lmay, balki bir butun jarayondir”, deya ta’kidlaydi. Ta’limsiz to‘la aqliy rivojlanish bo‘lishi mumkin emas. Ta’lim aqliy rivojlanishga turtki bo‘ladi, uni o‘z ortidan ergashtirib boradi. Zarur sharoit tug‘ilganda, ta’lim mantiqiy fikrlash malakasini tarkib toptiradi va tegishli aqliy rivojlanish uchun zamin bo‘ladi, lekin ta’limiy o‘sishga turtki bo‘lish bilan bir vaqtda o‘zi shakllanishga tayanadi.
Shu o‘rinda L.S. Vigotskiyning psixologiyaga kiritgan “psixik taraqqiyotning eng yaqin zonasi” tushunchasi muhim ahamiyat kasb etadi. Buning asl mohiyati shundaki, bolaning mustaqil faoliyati kattalar bilan hamkorlikda, ularning rahbarligida amalga oshiriladi. L.S.Vigotskiy tomonidan kiritilgan “psixik taraqqiyotning eng yaqin zonasi” tushunchasi “ta’lim taraqqiyotdan oldinda boradi”, degan umumiy qoidaning mazmunini tushunish uchun imkoniyat yaratadi.
P.P. Blonskiy ta’limning bola taraqqiyotidagi o‘rniga alohida ahamiyat beradi, shuning uchun o‘quvchilarning aqliy rivojlanishi to‘g‘ridan to‘g‘ri maktab dasturi mazmuniga bog‘liq ekanini ta’kidlaydi. Uning fikricha, ta’lim jarayonida bolalar ma’lum qoida asosida faoliyat yuritishga odatlanadi. Ta’lim ta’sirida o‘quvchilarda o‘z-o‘zini va aqliy faoliyatini nazorat qilish yuzaga keladi. Psixolog olimlardan V.V. Davidov, P.Y. Galperin, D.B. Elkonin, N.A. Menchinskaya, A.A.Lyublinskaya, E.G‘.G‘oziyevlar o‘z tadqiqotlarida ta’limning taraqqiyotdagi yetakchi o‘rnini e’tirof etishadi. Psixolog Mahmud Yo‘ldoshevning yozishicha, iqtidor irsiy imkoniyat sifatida tabiatan berilgan bo‘lib, ushbu imkoniyat ma’lum ijtimoiy muhitda shakllantirilishi lozim.
Yuqoridagi mutaxassislarning fikrlari va bugungi kungacha olib borilgan tadqiqot xulosalariga tayanib aytish mumkinki, iqtidor faqat harakat orqali yuzaga chiqadi. Uni rivojlantirish biror aniq faoliyat jarayonida amalga oshadi. Demak, iqtidor insonning aniq faoliyatisiz mavjud emasligini ko‘rsatadi. Bola iqtidorining rivojlanishi uchun aktiv kundalik faoliyat zarur. Buning yordamidagina bola atrof-muhit bilan munosabatni tashkil etadi va shu orqali uning bilish jarayoni rivojlanadi, xarakter sifatlari takomillashib, kamol topadi.
Bola iqtidorining rivojlanishini harakatga keltiruvchi kuchlar murakkab va turli-tumandir. Rivojlanishning mohiyatini qarama-qarshilik va ichki ziddiyatlar kurashidan qidirish maqsadga muvofiq.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda mustaqil irodaviy faoliyatga nisbatan tayyor turish bilan xatti-harakatlarning mavjud vaziyatga bog‘liqligi o‘rtasida ziddiyat mavjud. Ko‘rsatilgan barcha birmuncha yuqori darajadagi psixik faoliyatni tarkib toptirish orqali bartaraf qilinadi. Ehtiyoj qondiriladi – ziddiyat yo‘qoladi. Biroq qondirilgan ehtiyoj yangi ehtiyojni tug‘diradi. Bu qarama-qarshiliklar boshqa bir ziddiyat bilan almashinadi, shu tariqa taraqqiyot davom etadi.


Download 57.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling