1 Milliy iqtisodiyotni tahlil qilishda qo’llaniladigan asosiy ko’rsatkichlar


Download 49.02 Kb.
bet11/20
Sana28.01.2023
Hajmi49.02 Kb.
#1136327
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20
Bog'liq
Aisha

APC + APS = 100foiz yoki 1.
Uy xo‘jaliklari tasarrufidagi daromadlarining o‘sgan qismini yo iste’mol
qiladi, yoki jamg‘aradi.
Iste’moldagi o‘zgarishlarning shu o‘zgarishni keltirib chiqargan
tasarrufidagi daromad o‘zgarishdagi ulushi iste’molga chegaralangan
moyillik deyiladi.30
Δ C
MPC = -----------100
Δ Yd
Bu yerda: MPC (marginal propensity to consume) – iste’molga
chegaralangan moyillik.
29 Кейнс Дж.М. Общая теория занятости, процента и денег. М.,1978. С.157.
30 N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.: Worth Publishers, 2013):
48
Yuqorida keltirilgan 4-jadval ma’lumotlariga ko‘ra ixtiyordagi daromad
410 sh.b.dan 430 sh.b.kacha oshgan holatda MPSni hisoblaymiz.
Δ C =420 - 405 =15; Δ Yd =430 - 410 = 20;
MPC = (15/20) 100=75foiz;
Bu shuni bildiradiki, daromad 100 foiz ga (yoki bir birlikka) o‘zgarganda
iste’mol 75 foiz (yoki 0,75)ga o‘zgaradi.
Jamg‘arishdagi o‘zgarishning ixtiyordagi daromad o‘zgarishdagi ulushi
jamg‘arishga chegaralangan moyillik deyiladi.
Δ S
MPS = ------------100
Δ Yd
Bu yerda: MPS (marginal propensity to saving) –
jamg‘arishga o‘rtacha moyillik.Yuqorida keltirilgan misolda:
Δ Yd = 430 - 410 = 20 Δ S = 10 - 5 = 5
MPS = (5/20) 100 = 25foiz;
Shunday qilib, iste’molga chegaralangan moyillik 0,75 ni tashkil etgan
bo‘lsa, jamg‘armaga chegaralangan moyillik 0,25 ni tashkil etadi.
Daromadning o‘sgan qismi yoki iste’molga, yoki jamg‘armaga sarflanadi.
Shu sababga ko‘ra iste’mol va jamg‘arishga o‘rtacha moyillik ko‘rsatkichlari
yig‘indisi 100foizga yoki koeffitsient ko‘rinishida 1ga teng bo‘ladi.
MPC + MPS =100foiz yoki 1.
MPC va MPS ancha barqaror ko‘rsatkichlar bo‘lib, juda sekin
o‘zgarishga uchraydilar.
Investitsiyalarning mohiyati, grafigi va funksiyasi
YaIMning ikkinchi komponenti bo‘lgan investitsiyalarga to‘xtalib
o‘tamiz.
Investitsiyalar yoki kapital qo‘yilmalar – bu, hali buyumlashmagan,
lekin ishlab chiqarish vositalariga qo‘yilgan kapitaldir. O‘zining moliyaviy
shakliga ko‘ra, ular foyda olish maqsadida xo‘jalik faoliyatiga qo‘yilgan
aktivlar hisoblansa, iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra investitsiyalar yangi
korxonalar qurish, uzoq muddat xizmat ko‘rsatuvchi mashina va asbobuskunalarni yakuniy sotib olishga hamda shu bilan bog‘liq bo‘lgan aylanma
kapitalning o‘zgarishiga ketgan xarajatlardir. Shuningdek investitsilar
tarkibiga uy-joy qurilishiga ketgan xarajatlar ham kiritiladi.
Investitsiyalarning turli guruhlash mumkin. Makroiqtisodiy tahlilda eng
49
ko‘p duch kelinadigan guruhlashda investitsiyalar investitsiyalash ob’ektiga
ko‘ra uch turga bo‘linadi.
1. Ishlab chiqarish investitsiyalari;
2. Tovar-moddiy zaxiralariga investitsiya;
3. Uy-joy qurilishiga investitsiya.
Makroiqtisodiy tahlilda investitsiyalar dinamikasini belgilovchi omil
sifatida real foiz stavkasi qaraladi.31 Real foiz stavkasi ortishi bilan
investitsiyalar hajmi kamayishini kuzatishimiz mumkin. Chunki investorlar
uchun qarz bahosi ortib, ular ko‘rsatadigan foyda normasini pasaytirib
qo‘yadi.
Avtonom investitsiyalarning grafigi investitsiyalar hajmi foiz stavkasi
dinamikasiga teskari proporsional tarzda o‘zgarishini ko‘rsatadi.
Avtonom invstitsiya funksiyasi quyidagi ko‘rinishga ega:

Download 49.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling