1 Milliy iqtisodiyotni tahlil qilishda qo’llaniladigan asosiy ko’rsatkichlar


Download 49.02 Kb.
bet1/20
Sana28.01.2023
Hajmi49.02 Kb.
#1136327
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Aisha


Mundarija

I.

Kirish




II

Asosiy qisim




1

Milliy iqtisodiyotni tahlil qilishda qo’llaniladigan asosiy ko’rsatkichlar.




2

Asosiy makroiqtisodiy ayniyatlar.




3

Milliy hisobchilik tizimidagi ko’rsatkichlar va ular o’rtasidagi nisbat.




4

O’zbekistonda iqtisodyotni rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor va jarayonlar.




III.

Xulosa.




IV.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.





KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Zamonaviy taraqqiyot jarayonlari iqtisodchi kadrlardan makroiqtisodiy nazariya va eng zamonaviy makroiqtisodiy konsepsiyalar bilan yaxshi tanish bo’lishni, makroiqtisodiy tahlil malakasiga , nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog’lash ko’nikmalariga ega bo’lishni talab etadi. Shu sababli ham makroiqtisodiy jarayonlarning kechishi qonuniyatlarini, makroiqtisodiy muammolarni, makroiqtisodiy siyosat yuritgan holda ularni yechish yo’llarini turli modellar vositasida mantiqiy izchillikka amal qilgan holda o’rganish dolzarb vazifadir. Makroiqtisodiyot yalpi ishlab chiqarishning barqaror o’sishini, resurslarning to’liq bandligini, inflatsiyaning past sur’atlarini va to’lov balansining muvozanatini ta’minlash nuqtai-nazaridan mamlakat iqtisodiyotini bir butun holatda tadqiq qiladi va uni makroiqtisodiy tartibga solishning iqtisodiy mexanizmlarini o’rganadi. Makroiqtisodiy tahlilda asosiy tadqiqot usuli makroiqtisodiy jarayonlarni agregat ko’rsatkichlardan foydalangan holda iqtisodiy matematik modellashtirishdir. Makroiqtisodiy modellar iqtisodiy ko’rsatkichlar va jarayonlar o’rtasidagi miqdoriy,sabab-oqibat bog’lanishlarini matematik formula, grafik va chizmalar ko’rinishida ifodalaydi. Bunday modellar barcha mamlakatlar iqtisodiyotini tahlil qilishda qo’llaniladi.
Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2017-yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan majlisidagi ma’ruzasida “Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va iqtisodiy o’sishning yuqori sur’atlarini saqlab qolish,jumladan, Davlat byudjeti barcha darajada mutanosib,milliy valyuta va ichki bozordagi narx darajasi barqaror bo’lishini ta’minlash eng muhim ustuvor vazifamizdir” deb ta’kidlaganlar.Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning respublikamiz prezidenti tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalariga nazar tashlar ekanmiz ularning barchasi to’g’ridan-to’g’ri yoki bilvosita makroiqtisodiy masalalar ekaniga amin bo’lamiz. Shu boisdandan makroiqtisodiy jarayonlarni o’rganish dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Kurs ishining maqsadi va vazifalari: Makroiqtisodiyotda bo’layotgan o’zgarishlarni tahlil qilib borish makroiqtisodiy ayniyatlardan foydalangan holda makroiqtisodiy tengsizliklarni bartaraf etishni o’rganish. Ayniyatlarni jarayonlarga mos holatda qo’llay olish ulardan o’rnida foydalana olishni o’rgatish. Jahon iqtisodiyoti sharoitida bo’layotgan iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilish, mamlakatimiz iqtisodiyotini barqarorlashtirish uchun qanday ko’rsatkichlarga e’tibor qaratish kerakligini bilish va fikr mulohazalar yuritish.

Download 49.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling