1 Milliy iqtisodiyotni tahlil qilishda qo’llaniladigan asosiy ko’rsatkichlar


Download 49.02 Kb.
bet9/20
Sana28.01.2023
Hajmi49.02 Kb.
#1136327
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20
Bog'liq
Aisha

4.2-rasm. Jamg‘arish grafigi
Keltirilgan ma’lumotlar asosida jamg‘arish grafigini ham ko‘rib
chiqamiz (4.2-rasm).
Jamg‘arish grafigi daromad bilan jamg‘arish o‘rtasidagi bog‘liqlikni
ifodalaydi. Vertikal o‘qdagi har bir nuqta jamg‘arma miqdorini bildiradi va
daromad bilan unga muvofiq keladigan iste’mol hajmi o‘rtasidagi farq
sifatida aniqlanadi (S= Yd - C). Boshlang‘ich daromad darajasida jamg‘arish
nolga (0) teng bo‘lgan holda ixtiyordagi daromad hajmi o‘sib borishi bilan
uning miqdori ham oshib boradi.
Bobning birinchi savolida keltirilgan gepotetik ma’lumotlar va
grafiklarga tayanib iste’mol funksiyasini yozamiz:
C = a + b Yd , bu yerda: a – avtonom xarajatlar; Yd – tasarrufidagi
daromad (Yd =Y-T), bu yerda: T – soliqlar;
b – iste’mol hajmining tasarrufidagi daromadga bog‘liqligini ifodalovchi
koeffitsient, boshqacha aytganda iste’molga chegaralangan moyillik.
ΔC
b = --------- 100;
Δ Yd
Demak, iste’mol hajmi avtonom iste’molga, tasarrufidagi daromad
hajmiga va iste’mol hajmining tasarrufidagi daromad o‘zgarishiga
ta’sirchanligiga bog‘liq.
Jamg‘arish grafigini ham iste’mol grafigiga o‘xshab algebraik ifodalash
46
mumkin, ya’ni jamg‘arish funksiyasi quyidagi ko‘rinishga ega:
S = -a + (1 -b) Yd
Iste’mol va jamg‘arish hajmiga tasarrufidagi daromad dinamikasidan
tashqari quyidagi omillar, to‘g‘rirog‘i bu omillardagi o‘zgarishlar ham ta’sir
ko‘rsatadi:
1. Uy xo‘jaliklari daromadlari.
2. Uy xo‘jaliklarida to‘plangan mulk hajmi.
3. Baholar darajasi.
4. Iqtisodiy kutish.
5. Iste’molchilar qarzlari hajmi.
6. Soliqqa tortish hajmi.
Dastlabki besh omil ta’sirida iste’mol va jamg‘arish grafiklari o‘zaro
teskari tomonga siljiydi. Bu besh omil ta’sirida joriy tasarrufidagi daromad
tarkibida iste’mol va jamg‘arish ulushi nisbatlari o‘zgaradi. Soliqqa tortish
darajasining o‘zgarishi ixtiyordagi daromad hajmini o‘zgartirgani tufayli
uning ta’sirida iste’mol va jamg‘arish grafiklari bir tomonga qarab siljiydi.
Iste’mol funksiyasini aniqlash borsidagi tadqiqotlar, uning hajmi shuningdek
6)aholining daromadlari hajmi va to‘plagan mulki ko‘lamiga ko‘ra
tabaqalanishi darajasi hamda 7) aholining soni va yoshiga ko‘ra tarkibiga
ham bog‘liqligini ko‘rsatdi.

Download 49.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling