YaMTD= Yakuniy iste‘mol + Milliy jamg‗armalar
Yakuniy iste‘mol uy xo‗jaliklarining iste‘mol xarajatlaridan
tashqari hukumatning iste‘molga xarajatlarini ham o‗z ichiga oladi.
3. Milliy hisobchilik tizimidagi ko’rsatkichlar va ular o’rtasidagi nisbat
YAMD – mamlakat rezidentlari tomonidan, mamlakatda va mamlakat tashqarisida, ishlab chiqarishda ishtirok etish va mulkdan olgan boshlang‘ich daromadlari yig‘indisidir.
YAMD = YAIM + mamlakat rezidentlaroi tomonidan xorijdan olingan daromadlari - norezidentlarning mamlakatdan xorijga jo‘natgan daromadlari
Sof ichki mahsulot (SIM) va Sof milliy daromad (SMD) ko‘rsatkichlari YAIM va YAMD ko‘rsatkichlaridan amortizatsiya (iste’mol qilingan asosiy kapital) summasi miqdoriga farq qiladi.
SIM = YAIM - A
SMD = YAMD - A
Makroiqtisodiy tahlilda shuningdek MHTga kirmagan SHaxsiy daromad (SHD) ko‘rsaikichi ham qo‘laniladi.
SHD = SMD – [ISA (Ijtimoiy sug‘urta ajratmalari) + T (bilvosita soliqlar) + R1.1 (korporatsiya foydasiga soliqlar) + R1.3 (Korporatsiya-larning taqsimlanmagan foydasi + biznesning foiz daromadlari ] + transfert to‘lovlari (TR) + foizlar ko‘rinishida olingan shaxsiy daromad
Foizlar ko‘rinishida aholi olgan daromadga davlat qarzlari bo‘yicha olingan foiz daromadlari ham kiritiladi.
SHTD uy xo‘jaliklari tomonidan iste’mol (C) va jamg‘arish (S) uchun ishlatiladi.
SHTD =C + S
YAMTD= YAMD + Xorijdan olingan sof transfertlar
Xorijdan olingan sof transfertlar = Mamlakat tashqarisidan olingan transfertlar – Mamlakatdan tashqariga berilgan transfertlar)
YAMTD= YAkuniy iste’mol +Milliy jamg‘armalar
YAkuniy iste’mol uy xo‘jaliklarining iste’mol xarajatlaridan tashqari hukumatning iste’molga xarajatlarini ham o‘z ichiga oladi.
4.O’zbekistonda makroiqtisodyotni rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor va jarayonlar. O‘zbekiston Respublikasida olib borilgan oqilona makroiqtisodiy siyosat
natijasida yuzaga kelgan qulay investitsiya muhitiyaxshilandi. jumladan
siyosiy va iqtisodiy barqarorlikning ta’minlanganligi, soliq yukining
pasaytirila borishi, bozor infratuzilmasining rivojlantirilishi, bank tizimining
mustahkamlanishi va bakk foiz stavkalarining pasaytirilishi , investorlarga
keng imtiyoz va kafolatlar tizimining yaratilganliga mamlakatimiz
iqtisodiyotiga jalb qilinayotgan investitsiyalar hajmining o‘sishiga olib keldi.
O‘zbekistonda investitsiya hajmining yildan yilga o‘sib borishida
investitsiya faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan me’yoriy-huquqiy
hujjatlarning qabul qilinganligi alohida ahamiyatga ega. Ta’kidlash joizki,
mamlakatni modernizatsiya qilish va iqtisodiyotni diversifikatsiya etish,
iqtisodiyot tarmoqlarining raqobatdoshligini oshirish hamda mahalliy ishlab
chiqarish korxonalarining eksportdagi hajmini kengaytirishga qaratilgan
investitsiya faoliyatini tartibga soluvchi 50 dan ortiq huquqiy-hujjat qabul
qilindi, jumladan, “Konsessiyalar to‘g‘risida”gi, “Erkin iqtisodiy zonalar
N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.: Worth Publishers, 2013):
to‘g‘risida”gi, “Chet el investitsiyalari to‘g‘risida”gi, “Chet ellik investorlar
huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to‘g‘risida”gi,
“Investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi, “Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida”gi
Qonunlar ayni shu maqsadga xizmat qilmoqda.
Respublikamiz iqtisodiyotida investitsiyalarning so‘nggi to‘qqiz yildagi
o‘sish sur’atlari turlicha bo‘lib, bunda oldingi yillardagiga nisbatan o‘sish va
pasayish tendensiyalari kuzatilmoqda (4.4-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |