O’zbekiston iqtisodiyotida jamg’arma va investitsiyaning muvozanat tahlili, YaIM ga nisbatan foizda:
Keynschilar fikriga ko’ra, S=I ayniyatga bozor mexanizmlari vositasida tasodifan erishiladi xolos. Chunki investorlar va jamg’aruvchilarning rejalari o’zaro mos kelmaydi. Shuning uchun ham davlat to’g’ri iqtisodiy siyosat yurgizib makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashi kerak. O’zbekistonda ham makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasining To’g’ridan to’g’ri investitsiyalar jamg’armasi faoliyatini takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risida”gi 07.09.2022 yildagi PF-215-sonli Farmoni qabul qilingan. Unga ko’ra mamlakatda investitsiya muhitining jozibadorligini yanada oshirish, hududlarda tadbirkorlik faoliyatin rivojlantirishga ko’maklashish hamda yangi tashabbus va loyihalarni moliyalashtirish tizimini takomillashtirish maqsadida investitsiya kompaniyasiga amalga oshiriladigan loyihalar doirasida hamkor investorlar tomonidan 200 million AQSH dollari miqdorida qo’shimcha investitsiyalar jalb qilinishini ta’minlash kabi vazifalar yuklatib o’tilgan. Bularning barchasi makroiqtisodiy ayniyatga ya’ni tenglikka ega bo’lish bu bilan birgalikda mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish uchun qilinayotgan say harakatlardir. Milliy hisobchilik tizimidagi boshqa ko‗rsatkichlar
Milliy hisobchilik tizimiga ko‗ra milliy Iqtisodiyot rivojlanishini
tahlil etish uchun YaIM ko‗rsatkichidan boshqa yana bir qator
ko‗rsatkichlardan foydalaniladi. Bu ko‗rsatkichlar jumlasiga Yalpi
milliy daromad (YaMD) ko‗rsatkichi ham kiradi. Bu ko‗rsatkich
MXTning oldingi ko‗rinishida hisoblangan Yalpi milliy mahsulot
(YaMM) ko‗rsatkichi bilan moxiyatan bir xil.
YaMD - mamlakat rezidentlari tomonidan, mamlakatda va
mamlakat tashqarisida, ishlab chiqarishda ishtirok etish va
mulkdan olgan boshlang‗ich daromadlari yigindisidir.
YaIM va YaMD ko‗rsatkichlari o‗rtasidagi farqni quyidagi
formula ko‗rinishida tasavvur etish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |