1 Milliy iqtisodiyotni tahlil qilishda qo’llaniladigan asosiy ko’rsatkichlar


Download 49.02 Kb.
bet2/20
Sana28.01.2023
Hajmi49.02 Kb.
#1136327
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Aisha

Asosiy qisim
Mustaqillik yillarida mamlakatda xususiy demokratik davlat,kuchli fuqarolik jamiyati qurishga, erkin bozor munosabatlarga va xususiy mulk ustuvorligiga asoslangan iqtisodiyotni rivojlantirishga, xalq osoyishta va farovon hayot kechirishi uchun shart-sharoitlar yaratishga, xalqaro maydonda O’zbekistonning munosib o’rin egallashiga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilgan. Bosib o’tilgan yo’l va tajribani xolisona baxolashdan,mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlarni tahlil qilishdan hamda zamon talablaridan kelib chiqqan holda, iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish va mamlakat taraqqiyotini yanada jadallashtirishning muhim ustuvorliklarni hamda aniq marralarini belgilash vazifalarini amalga oshirish yo’lida 2017-yil 7-fevralda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi Farmoni qabul qilingan. O’zbekiston Respublikasi taraqqiyotining bugungi bosqichida makroiqtisodiy kompleksda o’z yechimini kutayotgan qator muammolar mavjudki, Harakatlar strategiyasida ushbu muammolarni bartaraf etish ko’zda tutilgan. Bunday muammolarga milliy valyuta va ichki baholarning barqarorligi,valyuta kursining mahalliy ishlab chiqaruvchilarning tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligiga salbiy ta’sir etishi, tadbirkorlik subyektlarining o’z ixtiyoridagi xorij valyutadan erkin foydalana olmayotgani, naqd va naqdsiz to’lovlarda farqning mavjudligi, tijorat banklarining barqarorligi va moliyaviy holatini mustahkamlash, aholining banklarga bo’lgan ishonchini oshirish kabilar iqtisodiy rivojlanishga jiddiy to’sqinlik qilmoqda. Shu to’siqlarni yengib o’tish uchun ham makroiqtisodiyotga katta e’tibor qaratilyapti.
1.Milliy iqtisodiyotni tahlil qilishda qo’llaniladigan asosiy
ko’rsatkichlar
Makroiqtisodiyot predmeti va uslubining o’ziga xosligi shundan
iboratki, unda mikrotahlilda ishlatilmaydigan tushunchalar va
toifalardan foydalanishni o’z ichiga oladi.
Eng asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni hisoblash milliy hisob kitoblar tizimida (MHT) - ijtimoiy mahsulot va milliy daromadni ishlab
chiqarish, taqsimlash va yakuniy foydalanish jarayonlarini aks
ettiradigan buxgalteriya hisobi ko’rinishidagi jadvallar to’plamida
amalga oshiriladi.
Milliy hisoblar tizimi chet elda yaratilgan va yaqin vaqtgacha faqat
G’arb statistikasida qo’llanilgan. Milliy hisoblar tizimini tuzishga
birinchi urinishlar Buyuk Britaniyada 1946 yilda, AQShda - 1947 yilda,
Fransiyada - 1949 yilda boshlangan. 1958, 1963, 1965, 1968 yillarda
qisman qayta ko’rib chiqilgan. Amalda MXT to’rtta hisob
qaydnomasiga ega:
• birlashtirilgan hisobvaraqlar;
• ishlab chiqarish, iste'mol va kapital qo’yilmalar hisobvaraqlari;
• daromadlar va xarajatlar hisobvaraqlari;
• kapital xarajatlarni moliyalashtirish bo’yicha hisob-kitoblar.
Mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishini tahlil qilish, milliy iqtisodiyot
rivojlanishidagi muammolarni aniqlash hamda uni yanada rivojlantirish
bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqarish uchun bir qator iqtisodiy
ko’rsatkichlardan foydalaniladi. Alohida firmalar faoliyatiga baho
berishda qo’llaniladigan ko’rsatkichlardan farqli tarzda bu ko’rsatkichlar
milliy iqtisodiyotning barcha subyektlari faoliyatiga umumiy baho
berish, makroiqtisodiy tahlil o’tkazish, mamlakat iqtisodiyotining jahon
xo’jaligida raqobatga bardoshliligi darajasini aniqlash imkonini beradi.
Bu ko’rsatkichlarga quyidagilar kiradi:
Yalpi ichki mahsulot (YaIM), Sof ichki mahsulot (SIM), Yalpi
milliy daromad (YaMD), Sof milliy daroimad (SMD), shaxsiy daromad
(ShD), Shaxsiy tasarrufidagi daromad (ShTD), Iste‘mol (S), Jamg’arish
(S) ko’rsatkichlarining hajmi va o’sish sur‘atlari;
- iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi;
- mamlakat eksporti va importi hajmi, tarkibi, YaIMdagi ulushi
va o’sish suratlari;
- resurslardan foydalanishning samaradorligini xarakterlovchi
ko’rsatkichlar (Mehnat unumdorligi, Fond qaytimi);
- davlat byudjeti taqchilligi, deflyator, iste‘mol baholari
indeksi, inflyatsiyaning o’sish sur‘atlari;
- ishsizlik darajasi va ishsizlar soni, aholining ish bilan bandlik
darajasi;
- aholining moddiy ne‘matlar va xizmatlar iste‘moli hajmi,
ularning jamg’armalari, ish haqining quyi miqdori va boshqalar.
Davlat byudjeti taqchilligi va inflyatsiya surati kabi ko’rsatkichlar
umumiy makroiqtisodiy vaziyatga baho berishda qo’llanilsa, YaIM,
SIM, YaMD, SMD, ShD, ShTD, C, S ko’rsatkichlari milliy ishlab
chiqarishning parametrlarini va dinamikasini tahlil etishda foydalaniladi.
Bu ko’rsatkichlar iqtisodiyotning barcha subyektlari faoliyatlari
natijasi sifatida aniqlanib, ularni hisoblashning asosini Milliy
mamlakatni hisobchilik tizimi (MXT) tashkil etadi. MXT mamlakat
buxgalteriyasi vazifasini o’tagani holda uning standartlaridan kelib
chiqqan holda makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni hisoblash,
mamlakatlararo taqqoslovlarni amalga oshirish imkonini beradi.
Mamlakat iqtisodiyotining foydalaniladi haqiqiy holatini o’rganish,
unga tizimli baho berish uchun yuqorida sanab o’tilgan barcha
ko’rsatkichlardan foydalanish zarur, aks holda bir tomonlama
yondashuvga yo’l qo’yilishi mumkin. Mamlakat iqtisodiyotining haqiqiy holatini o’rganish, unga tizimli baho berish uchun yuqorida sanab o’tilgan barcha ko’rsatkichlardan foydalanish zarur aks holda bir tomonlama yondashuvga yo’l qo’yilishi mumkin. Milliy iqtisodiyot rivojlanishi jarayonlarida turli makroiqtisodiy ko’rsatkichlar o’rtasida ma’lum proporsiyalar yoki tenglik ta’minlanishi lozim. Proporsiya atamasi aynan tenglikni bildirmasdan bir butunga nisbatan uning bo’laklarining nisbatini, yoki shu bo’laklar o’rtasidagi nisbatni bildiradi. Bunga mavzuimizning YaMTD ning yakuniy iste’mol va milliy jamg’arishga bo’linishini misol qilib keltirishimiz mumkin. Odatda YaMTD hajmida yakuniy iste’mol hajmi yuqori bo’ladi. Ammo Xitoy Xalq Respublikasi misolida ko’radigan bo’lsak milliy jamg’armalari ulushi ham yuqori bo’lishi mumkin. Demak yakuniy iste’mol va milliy jamg’armalarning YaMTD dagi ulushi 3:1 proporsiyada ham, 2:1 proporsiyada ham bo’lishi mumkin ekan. Shu bilan birga iqtisodiyotda muvozanat bo’lishi uchun ayrim ko’rsatkichlarning aynan teng bo’lishi talab etiladi
Makroiqtisodiy statistika va tahlilda uzoq davr mobaynida yalpi
milliy mahsulot va yalpi ichki mahsulot ko’rsatkichlaridan baravar
foydalanib kelindi. Har ikkala agregat ko’rsatkich ham mamlakatdagi
iqtisodiy faollik darajasini xarakterlasada kapital va ishchi kuchi
migratsiyasi mavjudligi sababli ular o’zaro farq qilishadi.
Bugungi kunga kelib Milliy hisobchilik tizimini qo’llaydigan
deyarli barcha davlatlarda yalpi ichki maxsulot ko’rsatkichi asosiy
makroiqtisodiy ko’rsatkich sifatida tan olindi.
Ko’pgina iqtisodiy adabiyotlarda YaIMga ishlab chiqarilishida
qo’llanilgan resurslar qaysi davlatga tegishliligidan qat‘iy nazar,
mamlakatning jug’rofiy hududida yaratilgan pirovard tovarlar va
xizmatlarning bozor baholari yig’indisideb ta‘rif berib kelingan.

1993 yilda qabul qilingan BMT MHTning yangi talqiniga ko‘ra, YAlpi ichki mahsulot (YAIM) asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkich hisoblandi hamda Yalpi ichki mahsulot (YaIM) tushunchasiga aniqliklar kiritildi.


Yangicha talqiniga ko’ra:
YaIM - mamlakat rezidentlari tomonidan ma‘lum muddat
davomida ishlab chiqarilgan pirovard tovarlar va xizmatlar bozor
baholarininng umumiy yig’indisidan iborat.
YaIM ning <>deb atalishiga sabab uning mamlakat
rezidentlari tomonidan yaratilishidir. Rezident faqatgina mamlakatning
yuridik va jismoniy shaxslari tushunilmaydi. Chunki mamlakat yuridik
shaxsi boshqa mamlakat hududida bir yildan ortiq faoliyat yuritsa o’sha
mamlakat rezidenti deb qaraladi.
Milliy tegishliligi va fuqaroliligidan qat‘iy nazar, mazkur
mamlakatning iqtisodiy hududida iqtisodiy manfaat markaziga ega
bo’lgan (ishlab chiqarish faoliyati bilan shug’ullanadigan, yoki mamlakat
hududida bir yildan ortiq yashayotgan) barcha iqtisodiy birliklar(
korxonalar, uy xo’jaliklari) rezident hisoblanishadi.
Elchixonalar va harbiy bazalar o’zlari tegishli bo’lgan
mamlakatlarning iqtisodiy makoni bo’lib qolaveradilar. Aynan shu jihat
YaIMni hisoblashda iqtisodiy va jug’rofiy hudud o’rtasidagi farq deb
qaraladi.
YaIM uch xil usul bilan hisoblanadi:
1) ishlab chiqarish usuli;
2) xarajatlar usuli;
3) daromadlar usuli.
Har uchala usul bilan hisoblangan YaIM ko’rsatkichi hajmi
statistik xatolar istisno etilganda o’zaro teng bo’lishi lozim. Shu bilan
birga har uchala usul bilan YaIM ko’rsatkichni hisoblashda o’ziga xos
talablarga amal qilinishi talab etiladi.

Download 49.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling