1 Milliy iqtisodiyotni tahlil qilishda qo’llaniladigan asosiy ko’rsatkichlar


-jadval Daromad, iste’mol va jamg‘arish ko‘rsatkichlari


Download 49.02 Kb.
bet8/20
Sana28.01.2023
Hajmi49.02 Kb.
#1136327
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20
Bog'liq
Aisha

4.1-jadval
Daromad, iste’mol va jamg‘arish ko‘rsatkichlari
Yillar Tasarrufdagi
daromad (Yd) Iste’mol (C) Jamg‘arish (S)
1 2 3 4 5 6 7
370
390
410
430
450
470
490
375
390
405
420
435
450
465
-5
0 5
10
15
20
25
28 N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.: Worth Publishers, 2013)
Ma’lumki, uy xo‘jaligi tasarrufidagi daromad iste’mol va jamg‘arish
uchun ishlatiladi. Ya’ni, qancha ko‘p iste’mol qilinsa, shuncha kam
jamg‘ariladi va aksincha. Iste’mol va jamg‘arish o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik
har xil daromadga ega bo‘lgan shaxslarda bir xil emas: kam daromadga ega
bo‘lganlar, odatda, uning ko‘proq qismini iste’mol qilib, kamroq qismini
jamg‘aradi, lekin daromadlari oshib borishi bilan bu nisbat jamg‘arish
foydasiga o‘sadi. Bu bog‘liqlikni gipotetik ma’lumotlar asosida ko‘rib
chiqamiz (4.1-jadval).
Tasarrufidagi daromad hajmi 370 shartli birlikka (sh.k.) teng bo‘lganda
uy xo‘jaliklari iste’moli 375 sh.b.ka teng, ya’ni tasarrufidagi daromaddan 5
sh.b.ka ko‘p bo‘ladi. Ya’ni uy xo‘jaliklari 5 sh.b.ka teng miqdorda qarz
hisobiga yoki o‘tgan yillarda to‘plangan jamg‘armalar hisobiga iste’mol
xarajatlari qiladilar.
4.1-rasm. Iste’mol grafigi
Uy xo‘jaliklari tasarrufidagi daromadlar 390 sh.b.ka teng bo‘lganda,
uning miqdori iste’mol miqdori bilan tenglashadi. Bu miqdor bo‘sag‘aviy
daromad deb yuritiladi. 4.1-jadval ma’lumotlari asosida iste’mol grafigini
chizamiz.
Iste’mol grafigi ikki to‘g‘ri chiziq ko‘rinishida berilgan. Bissektrisa
ko‘rinishidagi Yd =C to‘g‘ri chizig‘ining har bir nuqtasida iste’mol va
tasarrufidagi daromad hajmlari teng bo‘ladi. Haqiqiy iste’mol (C) grafigi
haqiqiy iste’mol va daromad teng bo‘lgan nuqtada (α) bissektrisa bilan
kesishadi. Bo‘sag‘aviy nuqtadan quyida haqiqiy iste’mol daromaddan oshiq.
Bu vaziyat insonlarning qarz hisobiga hayot kechirishini bildiradi. α –
nuqtada yuqorida haqiqiy iste’mol daromaddan kam hamda ular o‘rtasidagi
farq jamg‘arishni tashkil etadi. Haqiqiy iste’mol to‘g‘ri chizig‘i iste’mol
45
hajmini belgilovchi vertikal o‘qni a nuqtada kesib o‘tadi. Bu hol uy
xo‘jaliklari umuman daromad olmaganlarida ham ma’lum miqdorda iste’mol
qilishlarini anglatadi. a – nuqta esa avtonom iste’mol hajmini bildiradi.

Download 49.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling