Iste’mol va jamg‘arishga o‘rtacha hamda chegaralangan moyillik
Makroiqtisodiy tahlil jarayonida iste’mol va jamg‘arish funksiyalarini
yanada to‘laroq bilish uchun iste’mol va jamg‘arishga o‘rtacha moyillik va
chegaralangan moyillik tushunchalarini mohiyatini anglab olishimiz lozim.
Iste’molga o‘rtacha moyillik deganda tasarrufidagi daromaddagi
iste’mol xarajatlarining ulushi tushuniladi, ya’ni:
C
APC = ------------- 100
Yd
bunda: APC – (average propensity to consume) iste’molga o‘rtacha
moyillik.
Tasarrufidagi daromaddagi jamg‘arish ulushini jamg‘arishga o‘rtacha
moyillik deb ataladi, ya’ni:
47
S
APS = --------------- 100
Yd
Bunda: APS (average propensity to saving) – jamg‘armaga o‘rtacha moyillik.
Misol uchun, tasarrufidagi daromad darajasi 410 va 530 shartli birlikka
va iste’mol darajalari 405 va 495 shartli birlikka teng bo‘lgan holatlar uchun
iste’molga o‘rtacha moyillikni hisoblaymiz, ya’ni:
APS =(405 / 410) x 100 = 98, 78foiz yoki 0,98;
APS = (495 / 530) x 100 = 93,39foiz yoki 0,93 ga teng.
Demak, bu misollardan ko‘rinib turibdiki, tasarrufidagi daromadlar
miqdori ko‘payib borishi bilan uning tarkibidagi iste’mol ulushi kamayib va
aksincha jamg‘arma ulushi ko‘payib boradi. Bu holatni Keynsning “asosiy
psixologik qonun”i bilan izohlash mumkin. “Mavjudligiga nafaqat aprior
tasavvurlarga ko‘ra, bizning inson tabiatini bilishimizdan kelib chiqib
shuningdek o‘tmish tajribasini sinchiklab o‘rganish asosida biz to‘liq
ishonishimiz lozim bo‘lgan asosiy psixologik qonun shundan iboratki kishilar
daromadlari o‘sishi bilan, odatda, o‘z iste’mollarini oshirishga moyillar,
ammo daromadlari o‘sgan darajada emas”29.
Soliqlar to‘langandan keyin qolgan daromadning bir qismi iste’mol
qilinadi, ikkinchi qismi esa jamg‘ariladi, shu tufayli ham iste’molga va
jamg‘arishga o‘rtacha moyillik yig‘indisi 100 foiz ga yoki koeffitsient
ko‘rinishda 1 ga teng:
Do'stlaringiz bilan baham: |