1 Milliy iqtisodiyotni tahlil qilishda qo’llaniladigan asosiy ko’rsatkichlar
-rasm. O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulotning yillar davomida
Download 49.02 Kb.
|
Aisha
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
6.7-rasm. O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulotning yillar davomida
o‘sish dinamikasi, foizda46 Mamlakat iqtisodiyotining yuqori sur’atlarda o‘sishi barcha mavjud imkoniyatlarning safarbar qilinayotganligi hamda o‘zini oqlagan islohotlar strategiyasining izchil davom ettirilayotganligi hisobiga ta’minlanmoqda. Xususan: – xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, biznes yuritish, mahalliy va xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish uchun zarur sharoit va qulay muhit yaratish borasida aniq chora-tadbirlarning amalga oshirilishi; – sanoatni rivojlantirish va ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, yuqori texnologiyali va zamonaviy ishlab chiqarish ob’ektlarini ishga tushirish, ushbu sohada keng qamrovli investitsion dasturlarning izchillik bilan amalga oshirilishi; – iste’mol tovarlari ishlab chiqarish hajmini tubdan oshirish, bunda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish ko‘lamining yanada kengaytirilishi; – banklarning kapitallashuvi, likvidligi va resurs bazasini yanada mustahkamlash hamda ularning investitsion faolligini yanada oshirishga qaratilgan izchil va aniq maqsadli chora-tadbirlarning amalga oshirilishi; – ijtimoiy sohani rivojlantirish, aholi bandligi va real daromadlarining oshishini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi iqtisodiyotning yuqori sur’atlarda o‘sishiga zamin yaratmoqda. Xulosa Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan fiskal siyosatni yanada takomillashtirish, soliqlar va budjet xarajatlaridan iqtisodiyotni barqaror o‘stirishni rag‘batlantirishning amaliy vositalari sifatida foydalanish borasida chora-tadbirlar belgilanayotganda bugun jahon iqtisodiyotida yuzaga kelgan va mamlakatimiz iqtisodiyotiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazayotgan tashqi konyukturani hisobga olish zarur bo‘ladi. Davlatning fiskal siyosati iqtisodiy rivojlanish va aholi turmush darajasiga ta’sirini muvofiqlashtirshi zarur. Chunki, budjet faqat mablag‘larni markazlashtirish, ularni to‘plash, jamg‘arishgina emas, balki to‘plangan moliyaviy resurslarni oqilona sarflashni ham o‘zida ifodalaydi. Buning samaradorligi esa davlat budjetiing xarajalari tizimida o‘zining ifodasini topadi. Bu xarajatlar, eng avvalo, mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish uchun turli tarmoqlarga invistetsiya qilish uchun mo’ljallangan, aholining turmush darajasini ko’tarish uchun rejalashtirilgan, ijtimoiy vazifalarni bajarishga ajratilgan, davlatni boshqarish, mudofaani taminlash kabi aniq maqsadlarga qaratilgan xarajatlardan iborat bo’ladi. Ushbu umumdavlat xarajatlari budjet orqali moliyalashtiriladi. Budjet tizimining barcha xarajatlari turli budjetlar o’rtasida taqsimlanadi, bu esa u yoki bu xarajatni muayyan budjetga kiritilishini anglatadi. Bu, birinchidan, moliyalashtirilayotgan muassasaning respublika va mahalliy organlarga qarashli bo’lishi, ikkinchidan, moliyalashtiriladigan tadbirning ahamiyatidan kelib chiqadi. Mamlakat iqtisodiyotini moliyalashtirish xarajatlari vazirliklar,idoralar va korxonalar bo’yicha rejalashtiriladi hamda bir vaqtining o’zida ma’lum maqsadlarga mo’ljallanganligi bo’yicha ko’zda tutiladi. Bunda budjet mablag’larining asosiy qismi iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga,yani sanoat,energetika,qishloq xo’jaligi va transportga yo’naltiriladi. Budjet mablag’laridan maqsadli foydalanish nuqtai nazaridan capital qo’yilmalarni moliyalashtirish iqtisodiyotni rivojlantirishda muhum ahamiyatga egadir. Ishlab chiqarish va noishlab chiqarish maqsadlariga mo’ljallangan asosiy fondlarning yangilarini yaratish va harakatdagilarni kengaytirish uchun pul mablag’larini taqdim etishga kapital qo’yilmalarni moliyalashtirish deyiladi.Budjet resurslari cheklanganligi uchun ular investitsiyalarning cheklangan doirasiga,ya’ni maqsadli dasturlarga kiritilgan yoki hokimyatning ijroiya organlari qarori bo’yicha amalga oshirilayotgan investitsiyalarga beriladi. Iqtisodiyotni erkinlashtirish va iqtisodiyotda davlatning ulushini qisqartirish siyosatini olib borish birinchi navbatda, xususiy mulkka asoslangan institutlarni mustahkamlash va mulk egasi huquqini himoya qilishga yo‘naltirildi. YaIMda davlat budjeti ulushini kamaytira borib, 2018- yilda uning ulushini 20 foizidan oshirmasdan, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning yuqori raqobatbardoshlik darajasini ta’minlashga yo‘naltirilgan siyosat davom ettirildi. Soliq yukining kamaytirilishi xususiy investitsiyalarini rag‘batlantirdi va iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlari uchun barqaror manba yaratdi. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati Download 49.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling