1 Milliy iqtisodiyotni tahlil qilishda qo’llaniladigan asosiy ko’rsatkichlar


-rasm. O‘zbekiston iqtisodiyotiga yo‘naltirilgan


Download 49.02 Kb.
bet18/20
Sana28.01.2023
Hajmi49.02 Kb.
#1136327
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
Aisha

4.4-rasm. O‘zbekiston iqtisodiyotiga yo‘naltirilgan
investitsiyalarning o‘sish sur’atlari, foizda33
O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy soha va iqtisodiyotni rivojlantirish
uchun barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 2017 yilda 68,4 trln. so`m
(dollar ekvivalentida 13,4 mlrd. AQSH dollari) yoki 2016- yilga nisbatan
120,4 foiz asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirildi. Asosiy kapitalga
investitsiyalar hajmi 1991- yilga nisbatan 5,1 martta, 2000- yilga nisbatan 6,6
33 O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari/
53
martta, 2005- yilga nisbatan 5,1 martta, 2010- yilga nisbatan 2,0 marta va
2015- yilga nisbatan 129,7 foizga ko‘paydi.
YaIMga nisbatan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi 2017- yilda
26,9 foizni tashkil etib, o‘tgan yildagiga nisbatan 2,8 foiz punktga ko‘paydi
(1991 yil 18,8 foiz, 2000- yilda 22,9 foiz, 2005- yilda 19,9 foiz, 2010- yilda
24,6 foiz va 2015- yilda 24,3 foizni tashkil etgan).
2017- yilda asosiy kapitalga investitsiyalarning hududlar bo‘yicha
tarkibini ko‘radigan bo‘lsak, jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 60,5
foizi Toshkent shahri, Buxoro, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida (mos
ravishda jami investitsiyalarning 19,8 foizi, 16,6 foizi, 15,9 foizi, va 8,2 foizi)
o‘zlashtirildi.
4.5-rasm. 2019 yil yanvar-mart oylarida asosiy kapitalga
investitsiyalar34
Bu hududlarda amalga oshirilgan yirik investitsiya loyihalariga Kandim
konlar guruhini o‘zlashtirish va gazni qayta ishlash majmuasi qurilishi, Xisor
investitsiya bloki va Ustyurt hududida uglevodorod konlariga ishlov berish
va ishlab chiqarish, Sho‘rtan gaz kimyo majmuasida tozalangan metan
asosida suyultirilgan yoqilg‘i ishlab chiqarish, gazni oltingugurtdan
34 O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari
54
tozalovchi 3 ta yangi blok qurilishi, Yoshlik 1 metall konini o‘zlashtirish
kabilarni keltirish mumkin.
Investitsiya faolligi ko`proq Buxoro, Surxondaryo, Qashqadaryo,
Xorazm, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahrida kuzatildi (2016- yilga
nisbatan 1,2 – 1,6 martta ko‘payish). Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa
o‘tgan yilga nisbatan asosiy kaitalga investitsiyalar 42,4 foizni tashkil etdi.
2019- yil yanvar-mart oylarida 29885,1 mlrd. so‘m asosiy kapitalga
investitsiyalar o‘zlashtirilib, ularning 68,7 foizi yoki 20522,4 mlrd. so‘m jalb
etilgan mablag‘lar hisobidan moliyalashtirilgan bo‘lsa, korhona, tashkilot va
aholining o‘z mablag‘lari hisobidan 31,3 foizi yoki 9362,7 mlrd. so‘m
moliyalashtirildi.
2019- yil yanvar-mart oylarida markazlashgan moliyalashtirish
manbalari hisobidan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi o‘tgan yilning
mos davridagi ulushiga nibatan 23,9 foiz punktga ko`payib, 41,8 foizni yoki
12491,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
Mos ravishda, markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan
asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi 23,9 foiz punktga kamayib, 58,2
foizni yoki 17393,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Mamlakatimiz o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritganidan so‘ng iqtisodiyotda
o‘z mohiyati va ahamiyatiga ko‘ra mutlaqo yangi mazmunga ega bo‘lgan
jarayonlar yuzaga kela boshladi. Bu, eng avvalo, iqtisodiyotning barcha
sohalari va tarmoqlarida tarkibiy o‘zgarishlarning izchil amalga oshirilishi
bilan bevosita bog‘liq edi.
Mamlakatimizda iqtisodiy islohotlarning har bir bosqichida
makroiqtisodiy barqarorlikni va iqtisodiy o‘sishni ta’minlash asosiy ustuvor
vazifa etib belgilab kelindi. Ma’lumki, iqtisodiy o‘sish mamlakatning
YaIMda namoyon bo‘ladi va u davlatning iqtisodiy qudratiga baho beradi.
Mamlakatimizning mustaqillik yillaridagi iqtisodiy o‘sishni ta’minlash
davrlarini 3 bosqichga bo‘lib o‘rganish maqsadga muvofiqdir.
1. 1991-1996 yillar: Ishlab chiqarishning pasayishini to‘xtatish va
iqtisodiy o‘sishga erishish.
2. 1997-2004 yillar: YaIMning aholi jon boshiga o‘sishiga erishish,
inflatsiyani keskin pasaytirish va barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash.
3. 2005-2017 yillar: Davlat budjeti va joriy operatsiyalar hisobi ijobiy
saldosini hamda yuqori iqtisodiy o‘sishni ta’minlash.
4. 2017 yildan hozirgacha bo‘lgan davr: Makroiqtisodiy barqarorlikni
yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish
(oʻtish davrida iqtisodiyot sohasida statistik hisobotlarni toʻgʻri yuritish va
davlatning iqtisodiy salohiyatini aniq baholash).
85
Respublikada bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida, iqtisodiyotni
rivojlantirish borasida bir qator vazifalar turardi. Bular xususiylashtirish va
raqobatchilik muhitini shakllantirish jarayonlarini chuqurlashtirish;
makroiqtisodiy barqarorlikka erishish; milliy valyutani mustahkamlash;
iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini tubdan o‘zgartirish; ijtimoiy kafolatlari kuchli
bo‘lgan demokratik davlatni shakllantirish vazifalaridir.

Download 49.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling