30. Buzg’unchilikni aniqlash va oldini olish. Asosiy tushunchalari
.Buzg’unchilikni a qasddan qilingan ta’sirlar tushunchasi. 2. Ruxsatsiz kirish (foydalanish) 3. Axborotni himoya qiluvchi tizimlarning modellari . Aniqlashtirilgan o`quv maqsadlari.Talaba bu mavzuni to`la o`zlashtirgandan so`ng Qasddan qilingan ta’sirlarning turlari hamda ulardan axborotni himoyalash usullari Reja: 1. Tizimga: Axborotlarni muhofaza qilish haqidagi tamoyillarni biladi; Tizim xavfsizligining asosiy printsiplarini bo`laklarga bo`lib, ta’rif bera oladi; Tizim tashkil etuvchilarining butunligi – tizim xususiyatlarinini talqin eta oladi; Axborotning ishonchliligi printsiplarini qaysi sinfga mansubligini tasavvur eta oladi; Tizim tashkil etuvchisidan foydalanuvchanligi o`rtasidagi o`zaro aloqadorlikni aniqlaydi, bog`lanishlarni tahlil qila oladi. Tayanch so`z va iboralar: Axborot xavfsizligi,axborot ishonchliligi,himoya modellari,tizim xavfsizligi, foydalanuvchi, kritik axborot, nokritik axborot Tizimga qasddan qilingan ta’sirlar – bu tizim ish jarayonining bir maromda kelishiga ataydan qilingan to`sqinlik, Shuningdek uning tashkil etuvchilarini o`g`irlash, o`zgartirish yoki bo`zishga qaratilgan urinishlardir. quyida axborotlarni muhofaza qilishga qasddan qilingan tahdidlarning tasnifi va qisqacha tavsifi keltirilgan. Bu tasnif xavfsizlik administratori tez-tez duch keladigan qasddan qilingan ta’sirlarning asosiy turlarini ajrata olish va ulardan himoyalanish usullaridan foydalanish uchun kerak. Ruxsatsiz kirish (foydalanish) (RK, RF) – bu kompyuter bo`zg`unchiligining eng keng tarqalgan turi. Bu tashkil otning xavfsizlik siyosatiga muvofiq kirishga ruxsati yo`q foydalanuvchining biror ob’ektdan foydalanish uchun kirish bilan bog`liq harakatdir. Bu yerda asosiy muammo “Kimda qaysi axborotlar jamg`armasidan foydalanishga ruxsat bor? Kimda bu ruxsat yo`q?” savollariga javob topishdadir. Boshqacha aytganda “ruxsatsiz” atamasini aniqlash kerak. Ta’sirining xarakteriga ko`ra RK (yoki RF) tizimning xatolaridan foydalanuvchi faol ta’sirlar bo`ladi. RK odatda, bevosita axborotlar jamg`armasiga murojaat qiladi yoki RK qonuniylashtirish maqsadida ruxsat etilgan kirish to`g`risidagi axborotga ta’sir etadi. Tarmoqning harqanday ob’ekti RKga yo`liqishi mumkin. Har qanday ob’ektga simvollardan parol sifatida foydalanish kabilarni ham kiritish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |