1. Milliy xavfsizlik tushunchasi; xavfsizlik turlari; axborot xavfsizlik tizimida O'zbekiston Respublikasining milliy xavfsizligi
Download 129.5 Kb.
|
AXBOROT XAVFSIZLIGI SAVOL JAVOBLAR 2023
2. O'zbekiston Respublikasining axborot sohasidagi qonunchiligidagi xavfsizlik, maxfiy davlat axborot sirlarini himoya qilish Axbortni ximoya qilish sohasidagi xalqaro Qonunchilik
Axborot xavfsizligi deganda tabiiy yoki sun’iy xarakterdagi tasodifiy yoki qasddan qilingan ta’sirlardan axborot va uni qo‘llab-quvvatlab turuvchi infratuzilmaning himoyalanganligi tushuniladi. Bunday ta’sirlar axborot munosabatlariga, jumladan, axborot egalariga, axborotdan foydalanuvchilarga va axborotni muhofaza qilishni ta’minlovchi infratuzilmaga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrdagi «Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida»gi qonunida1 axborot xavfsizligi axborot borasidagi xavfsizlik deb belgilangan va u axborot sohasida shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarining himoyalanganlik holatini anglatadi. Konfidensiallik, butunlik va ruxsat etilganlik axborot xavfsizligini ta’minlash borasida uchta muhim xususiyat hisoblanadi. – axborotning konfidensialligi – axborotning holati bo‘lib, bunda axborotga ruxsat, faqat tegishli huquqqa ega bo‘lgan subyektlargagina beriladi. – axborotning butunligi – axborotda hech qanday o‘zgartirishlar bo‘lmagan yoki o‘zgartirishlar faqat alohida huquqqa ega bo‘lgan subyektlar tomonidan amalga oshiriladigan axborotning holati. – axborotning ruxsat etilganligi – axborotga ruxsat etilgan subyektlarning, uni amalga oshirishga to‘siqlar mavjud bo‘lmagan holati. Ruxsat etilganlik huquqiga axborotni yoki uning resurslarini o‘qish uchun, o‘zgartirish, nusxa olish, axborotni yo‘q qilish huquqlari kiradi.axborotni himoyalash bo‘yicha subyektlarning munosabatlarini tartibga soluvchi, amalda joriy etuvchi hamda ularning bajarilishini nazorat qiluvchi qonunchilik va normativ-xuquqiy hujjatlar asosida axborotni huquqiy usullar bilan himoyalashdir. Axborotni huquqiy himoyalash choralariga O‘zbekiston Respublikasining mazkur sohadagi qonunlari, Prezident farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar kiradi. Axborotga murojaat qilish qoidalari, axborot munosabati qatnashchilari, ularning huquqlari va majburiyatlari, shuningdek, qonunchilik talablari buzilgan hollarda javobgarlik qonunchilik darajasida ko‘rib chiqiladi va tartibgasolinadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling