1. Milliy xavfsizlik tushunchasi; xavfsizlik turlari; axborot xavfsizlik tizimida O'zbekiston Respublikasining milliy xavfsizligi
Download 129.5 Kb.
|
AXBOROT XAVFSIZLIGI SAVOL JAVOBLAR 2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- 15.Elektron raqamli imzo. Raqamli imzoda asosiy protseduralar.
14.Hesh funkisiya.
Kalitli xesh funktsiyalar: Kriptografiyada, xesh funktsiya deb ixtiyoriy uzunlikdagi (bitlar yoki baytlar birliklarida) ma'lumotni biror fiksirlangan (belgilangan) uzunlikdagi (bitlar yoki baytlar birliklariga) qiymatga o'tkazib beruvchi funktsiyaga aytiladi. Xesh funktsiyalardan amalda statistik tajribalar o'tkazishda, mantiqiy qurilmalarni tekshirishda, ma'lumotlar bazasida tez qidirib topish algoritmlarini yaratishda va ma'lumotlar bazasidagi ma'lumotlarning butunligini tekshirishda foydalaniladi. Kriptografiyada xesh funktsiyalardan quyidagi muammolarni hal qilishda foydalaniladi: -ma'lumotni uzatishda yoki saqlashda uning to'laligini nazorat qilish uchun; -ma'lumotning manbaini autentifikatsiya qilish uchun. Ma'lumotlarni uzatishda yoki saqlashda ularning to'laligini nazoratlashda har bir ma'lumotning xesh qiymati (bu xesh qiymat ma'lumotni autentifikatsiya qilish kodi yoki “imitoqo'yish”-ma'lumot bloklari bilan bog’liq bo'lgan qo'shimcha kiritilgan belgi deyiladi) hisoblaniladi va bu qiymat ma'lumot bilan birga saqlaniladi yoki uzatiladi. Ma'lumotni qabul qilgan foydalanuvchi ma'lumotning xesh qiymatini qisoblaydi va uning xesh qiymati bilan solishtiradi. Agar taqqoslashda bu qiymatlar mos kelmasa, ma'lumot butunligi buzilganligini anglatadi. Kalitli xesh funktsiyalar yordamida hosil qilinadigan “imitoqo'yish”lar imitatsiya (impersonation) turidagi hujumlarda qalbaki ma'lumotlarni hosil qilishga (fabrication) va “o'zgartirish” (substitution) turidagi hujumlarda uzatiladigan ma'lumotni modifikatsiya (modification) qilishga yo'l qo'ymaslikda foydalaniladi 15.Elektron raqamli imzo. Raqamli imzoda asosiy protseduralar. Elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus o`zgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo`qligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo. (qonun)Qonunda talab etilgan shartlarga rioya etilgan taqdirda elektron raqamli imzo qog`oz hujjatga shaxsan qo`yilgan imzo bilan bir xil ahamiyatga egadir. Elektron ma’lumotlarni kriptografik o`zgartirish natijasida hosil qilingan belgilar ketma-ketligi. Elektron raqamli imzo ma’lumotlar blokiga qo`shib qo`yiladi va blokni qabul qiluvchiga, manbani va ma’lumotlarning butunligini tekshirish hamda soxtalashtirishdan muhofazalanish imkonini beradi. Hozirgi kunga kelib, ayrim mamlakatlar qonunchilik yo`li bilan raqamli imzodan foydalanishni layoqatliligini qonunlashtirib qo`yganlar. Elektron raqamli imzo kalitlari sertifikatlari ro`yxatga olish markazlari tomonidan beriladi elektron raqamli imzo – elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus o'zgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo'qligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo; elektron raqamli imzoning yopiq kaliti - elektron raqamli imzo vositalaridan foydalangan holda hosil qilingan, faqat imzo qo'yuvchi shaxsning o'ziga ma’lum bo'lgan va elektron hujjatda elektron raqamli imzoni yaratish uchun mo'ljallangan belgilar ketma-ketligi; elektron raqamli imzoning ochiq kaliti - elektron raqamli imzo vositalaridan foydalangan holda hosil qilingan, elektron raqamli imzoning yopiq kalitiga mos keluvchi, axborot tizimining har qanday foydalanuvchisi foydalana oladigan va elektron hujjatdagi elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlash uchun mo'ljallangan belgilar ketma-ketligi; electron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlash - elektron raqamli imzoning elektron hujjatda elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasiga tegishliligi va elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo'qligi tekshirilgandagi ijobiy natija. Uzoq masofadan televizion tasvirlarni qabul qilish, uzatish yoki dunyodagi barcha davlatlar bilan telefon aloqasini amalga oshirish uchun xizmat qiladigan Yer sun’iy yo'ldoshlarining ishlari ham kompyuter va maxsus dasturga asoslanganligi sir emas. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling