1. Mintaqaviy iqtisоdiyot faning prеdmеti va оb’еkti


Download 172.7 Kb.
bet18/23
Sana04.04.2023
Hajmi172.7 Kb.
#1326376
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
MAVZU TEST

Kombinatsiya yoki kombinatlash kooperatsiyaga o’xshab korxonalar birlashmasidan iborat. Ammo bu erda tarqoq holda joylashgan birlik emas, balki ularning hududiy umumiyligi, texnologik va tashkiliy birligi tushuniladi. SHu sababli kombinatsiyada, kooperatsiyadan farqli o’laroq, hududiylik xususiyati ko’proq namoyon bo’ladi. Binobarin, unda mujassamlashuv yaqqol ko’zga tashlanadi, sababi­ko’p hollarda kombinatlashuv muayyan xom ashyoni birgalikda, atroflicha qayta ishlash bilan bog’liq. Bu ikki, yuzaki qa­raganda bir­biriga o’xshash tushuncha o’rtasida boshqa farqlar ham bor. Xullas, bu shaklni qaerda «kombinat» so’zini uchratsak, uni o’sha sohada ko’ramiz, hatto aholiga xizmat ko’rsatuvchi tarmoqlarda ham (maishiy xizmat kombinatlari).
Sanoatda kombinatlar bir necha texnologik jihatdan bog’liq bo’lgan zavod yoki tsexlardan tashkil topgan bo’ladi. CHunonchi, qora metallurgiya kombinatlari, aniqrog’i to’liq tsiklli kombinatlar cho’yan, po’lat va prokat ishlab chiqaruvchi zavodlar birlashmasidir. Agar ularning bittasi bo’lmasa, u holda kombinat to’liq tsiklga ega emas (Bekoboddagi O’zbek metallurgiya kombinati xuddi shunday korxonalardandir). To’qimachilik kombinatlari yigiruv, bo’yoqlash, tayyorlash tsexlaridan iborat, xom ashyo bitta­paxta tolasi yoki pilla mahsuloti. Go’sht kombinatida ham yagona xom ashyo asosida bir necha mahsulot: go’sht, konserva, kolbasa kabi boshqa mahsulotlar olinadi. Uning chiqindisidan, masalan, suyak va qondan qishloq xo’jaligi va tibbiyot sohasida foydalanish mumkin, terisi esa oshlagandan so’ng charm­poyafzal sa­noatida ishlatiladi. O’rmon, tsement­shifer, kimyo kombi­natlarining tuzilishi ham xuddi shunday. Qolaversa, markazlashgan issiqlik elektr stantsiyalari ham kombinat xususiyatiga ega, chunki ular ayni paytda elektr energiyasi va par (bug’) beradi.
SHunday qilib, kombinatsiya sanoat tarmoqlarining ko’pchiligiga xosdir. Faqat mashinasozikda «kombinat» so’zini uchratmaymiz, ammo mohiyatan bu erda ham u mavjud, zotan metalldan asosiy mahsulot bilan bir qatorda xalq iste’mol mollari ham ishlab chiqariladi. Masalan, Toshkentdagi CHkalov nomli aviatsiya birlashmasi samolyotdan tashqari avtomobil uchun ba’zi bir ehtiyot qismlar, bolalar aravachasi (kolyaska) va shunga o’xshash turli xil xalq iste’mol mollarini ham ishlab chiqaradi.
Umuman olganda, ishlab chiqarishning barcha ijtimoiy shakllari o’zaro bog’liq. Jumladan, ixtisoslashgan korxo­nalar yoki kooperatsiya va kombinatsiya doirasidagi ishlab chiqarish bo’g’inlari ham u yoki bu ko’rinishda mujassamla­shuvni anglatadi. Biroq, bu erda ularning bir joyda to’p­langanligi, yig’ilganlik darajasi boshqa joylarga nisbatan yuqori bo’lishi lozim, aks holda tom ma’nodagi mujassamlashuv bo’lmaydi.
So’nggi yillarda ixtisoslashuvda uning detal va texnologik ixtisoslashuv shakli qisqarib borish hollari kuzatilmoqda. Ayni vaqtda tayyor mahsulot ishlab chiqarish, ya’ni predmet ixtisoslashuvi keng rivojlanadi, ayniqsa detal va texnologik ixtisoslashuv kooperatsiya va kombi­natlashuvda ko’proq ishtirok etadi. Bunday vaziyat qisman o’tish davrining o’ziga xos qiyinchiliklaridan ham kelib chiqadi.
Ixtisoslashuv ishlab chiqarish jarayonini ajratadi, yakkalaydi, kooperatsiya esa uni umumiylashtiradi, kombi­natlashuv­birlashtiradi. Ularning barchasi ayni vaqtda u yoki bu darajadagi korxonada tashkil etiladi, mujassam­lanadi. Masalan, har qanday kombinat yuqori darajadagi mujassamlashuv, yirik korxona demakdir.
Ishlab chiqarishning ijtimoiy shakllari bozor iqti­sodiyoti sharoitida o’ziga xos xususiyatga ega bo’ladi. Eng muhimi shundaki, korxonalarning katta­kichikligi, ularning ixtisoslashuvi va o’zaro uyg’unlashuvi endi ko’p jihatdan davlatga, yagona markaz va rejalashtirishga bog’liq emas. Korxonalar, ishlab chiqaruvchilar, tadbirkorlar bir­birla­ri bilan to’g’ridan­to’g’ri aloqa, sheriklik qiladilar. Dav­latning vazifasi esa bu jarayonni turli mexanizmlar or­qali tartibga solish va boshqarib borishdan iborat bo’ladi.






Zarafshon

Dastlab O’zbekiston hududi nechta iqtisodiy mintaqaga ajratilgan?




Ответ:






41.67% ввели это.

1983 yil


O’zbekiston hududida mintaqalar nechiga ajratiladi?




Ответ:






50% ввели это.



1929 yilgacha

Никто не выбрал этот ответ.


1928 yilgacha







Dastlab hududiy mehnat taqsimoti ta’limotini yaratgan olimlar kimlar?




Ответ:





Veber, A.Izard

Никто не выбрал этот ответ.


Rikardo va O.Kant

100% Выбрали этот ответ.


Smi, D.Rikardo

Никто не выбрал этот ответ.

Отзыв:
Это неправильный ответ




Полученные баллы: 0








Download 172.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling